Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi



Download 55,74 Kb.
bet2/2
Sana30.06.2022
Hajmi55,74 Kb.
#720479
1   2
Bog'liq
6utgj99L6eWGtlXwvOPL7sGMv4WmJQKPr5zfsrBy

Ta’lim tizimini boshqarish. Oʻzbekiston Respublikasi «Ta’limtogʻrisidagi qonunning 25-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish boʻyichaquyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

1.4. – rasm. Ta’lim tizimini boshqarish boʻyichaquyidagi vakolatlar.
Shuningdek, qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ham vakolatlari berilgan boʻlib, unga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida boʻlgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini roʻyxatga oladilar; oʻz hududlaridag ta’lim muassasalarini vakolat doirasid moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga boʻlgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy va oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 2004 yil 20 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillatirish togʻrisida”gi 341-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga koʻra Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlartayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasinin talab etiladigan darajasini ta’minlash, oʻqitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda talaba yoshlar oʻrtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish masalalaridagfaoliyati ustidan nazorat boʻshashtirib yuborilganligini, bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatayotganligini qayd etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlarni sifatli oʻqitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • oliy va oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va oʻrta masxus, professional ta’lim ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • oliy va oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida moʻljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;

  • idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning oliy va oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi muassasalariga oʻquv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatinmuvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning

  • kasbiy tayyorgarligi sifatiga qoʻyiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash;

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga boʻlgan talabni oʻrganish va uning qondirilishini ta’minlash;

  • oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • uzluksiz ta’lim tizimiuchun yangi avlod oʻquv adabiyoti yaratish kontseptsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

  • pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;

  • oliy oʻquv yurtlarid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

barcha manbalar, ayniqsa toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish.
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi markazi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy oʻquv yurtlari kiradi.
Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻziga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar orqali hal qiladi. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida oliy va oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarbajarishi majburiy boʻlgan, ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbarbosh kadrlar tayyorlashga, pedagog xodimlarning samarali ishini rag‘batlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’lim davlat boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi boʻlimlari hamda idoraviy mansub boshqa muassalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlang‘ich sinf oʻqituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;

  • umumiy oʻrta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan shaxsni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarn ta’minlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish;

  • oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish;

  • idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;

  • maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim uchun oʻquv va oʻquv metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;

  • idoraviy mansub ta’lim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanadamustahkamlanishini ta’minlaydigan normativ baza yaratish jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan ta’lim sifati va mazmunini oshirish;

  • tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • ta’lim muassasalarida bolalar sporti rivojlantirishini ta’minlash va ularning sport bazasini mautahkamlash.

Vazirlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshqaradi. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Vazirlikda tarkibida vazir (hay’at raisi), vazir oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) va vazirlikning boshqa rahbar xodimlari boʻladigan toʻqqiz kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’at vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, vazirlikning takibiy va hududiy boʻlinmalari, idoraviy mansub boshqa organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Download 55,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish