Tadqiqotlari


 Respublika iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida marketing



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
1.3. Respublika iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida marketing 
tadqiqotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati 
 
Marketing  faoliyatining  oqibat  natijasi  milliy  iqtisodiyotning  barcha 
tarmoqlarini,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  va  umuman,  xar  qanday,  xar  bir 
xaridorni  barcha  turdagi  tovarlar  bilan  to‘liq  va  ratsional  ravishda  bozor  orqali 
ta’minlab  turishlariga  erishishdir.  Bu  ishlarning  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi 
marketingning  tashkil  etilishi  darajasi  bilan  umuiqtisodiy  rivojlanish  darajasi 
o‘rtasidagi  bog‘lanishdan,  ularning  o‘zaro  asoslanganligidan  kelib  chiqadi. 
Iste’molchi –xaridorlar jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar  va resurslarning barcha 
turlarini  xarid  qilishlari  mumkin.  Binobarin,  ijtimoiy  mahsulotning  umumiy  xajmi, 
shu  jumladan,  ishlab  chiqarish  vositalarini  ishlab  chiqarish  marketingning  asosiy, 
aniqlovchi omili hisoblanadi. 
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  marketing  tadqiqotlari  bozor  jarayonlari  va 
hodisalari  xaqida  axborot  to‘plash  va  qayta  ishlash,  shuningdek,  izlab  topish  va 
saqlashdan  iborat.  U  to‘plangan  materiallarni  sistematik  tahlil  qilish,  amaliyotga 
to‘g‘ri keladigan  nazariy jihatdan asoslangan xulosalar olish va nihoyat, kelajakdagi 
rivojlanish  bashoratini  o‘z  ichiga  oladi.  Marketing  tadqiqoti  jarayonida  raqobat 
sharoitlarida marketing qarorlari qabul qilish uchun axborot-tahliliy asoslar yaratiladi. 
Marketing  firma  faoliyatini,  uning  ichki  va  tashqi  muhit  elementlarini, 
kommunikatsiya kanallar tizimini bog‘laydi. 
Marketing tadqiqoti firma va uning faoliyatini tashqi muhit bilan bog‘laydigan 
kommunikatsiya kanalini ifodalaydi. 
Marketing  bozor  manfaatlariga  yo‘naltiriladi,  u  iste’molchilarning  xohish-
istaklari  ustuvorligidan  kelib  chiqadi.  Boshqaruv  funksiyalarini  bajarish  uchun 
yetarlicha bilim zarur. Ushbu bilimda, xaridorlar talabi va motivatsiyasi xaqida, tovar 


 
34 
 
bozorining  salohiyati  xaqida  tasavvurga  ega  bo‘lish  lozim.  Har  bir  firma  tovar 
resurslari  hajmi,  strukturasi,  dinamikasi,  sotuv  hajmi  va  hokazolar  xaqida 
ma’lumotlarga  ehtiyoj  sezadi.  Bozor  yuzaga  kelgan  vaziyatni  baholash,  bozorda 
iste’molchilarning  xohish-istaklari  va  imkoniyatlarini,  kuchlarni,  raqobatchilarning 
rejalari va harakatlarini joylashtirishga ehtiyoj sezadi. Bozor  mexanizmining faoliyat 
ko‘rsatish  qonuniyatlari  va  tendensiyalarini  aniqlamasdan  turib,  bozor  jarayonlarini 
tartibga  solish  va  bozor  mexanizmi  harakatlariga  moslashtirishni  tasavvur  qilish 
qiyin. Mohirona  marketing tadqiqotlari, bozorni  va  uning  rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish tijorat tavakkalchilik darajasini pasaytiradi. 
Bozorning tomir urishini his qilib turish – marketing tadqiqotining shiori. 
Marketing  tadqiqotlarida  asosan  bozorning  holati  va  tendensiyasini  baholash, 
haridorlar va ularning talablarini tadqiq etish, mol-etkazib beruvchilar va vositachilar 
faoliyatini  tahlil  qilish,  raqobatchilar  va  ularning  marketing  strategiyasini,  tovar 
turlari  va  assortimentini,  narx  tashkil  topishi  va  narx  strategiyasini  ishlab  chiqish, 
mahsulotni sotish kanallarini o‘rgangan holda marketing tadqiqotlarini tashkil etish. 
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlarning  natijalari olinganidan keyin  va korxona 
ularni  marketing  konsepsiyasini  asoslash  uchun  qabul  qilingandan  so‘ng  tovarni 
sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, korxonaning 
bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir. 
Bizning  fikrimizcha  iqtisodiyot  tarmog‘idagi  barcha  korxonalar  faoliyatini 
rivojlanishi  uchun  doimiy  tarzda  marketing  tadqiqotlarini  samarali  tashkil  etish  va 
ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish