Tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
1.3-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari
1
 
 
Marketing  tadqiqoti  o‘z  oldiga  yechilishi  lozim  bo‘lgan  vazifalar  to‘plamini 
qo‘yadi. Marketing tadqiqoti vazifalari ro‘yxati, doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatni, 
turli  omillar  to‘plamining  ta’siri,  turli  firmalar  salohiyatini  hisobga  olib,  firmaning 
marketing xizmati oldiga qo‘yiladigan muayyan tadqiqot vazifalari rang-barangligiga 
olib keladi. 
Tadqiqotlarning  asosiy  yo‘nalishlarini  ajratib  orqali,  marketing  tadqiqotlari 
oldida quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
 
 
- axborot to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish va saqlash; 
-  marketing  makromuhiti  omillari  va  global  kuchlarning  firma  faoliyati  va 
uning natijalariga ta’sirini tahlil qilish; 
-bozor  kon’yunkturasini  baholash  va  tahlil  qilish,  bozor  sig‘imini  hisob-kitob 
qilish, talabni tavsiflash va bashorat qilish, uning moslashuvchanligini tahlil qilish; 
                                                
1
 Qosimova M.S., Abduhalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2012. - 189 b. 
Marketing tadqiqotlarining  vazifalari 
Bozor konyunkturasi tavsifi
Bozor xususiyatlari va dinamikasi  tahlili
Bozor subyektlarining  faoliyati va 
imkoniyatlari tahlili
Bozor istiqboli  rivojlanishi  aniqlash
bozor dinamikasi  qonuniyatlarini   aniqlash
Faoliyatning uslubiy taʼminoti
Tadqiqot obyekti  va predmetini  aniqlash
Tahlil uchun maʼlumotlarni toʻplash
Tadqiqot oʻtkazish uchun uslubni 
tanlash


 
26 
 
-  firmaning  o‘z  imkoniyatlarini,  uning  salohiyati  va  raqobatbardoshligini 
baholash; 
- raqobatchilarning xulq-atvori va imkoniyatlarini baholash; 
- marketing makromuhiti ta’sirini tahlil qilish; 
-  sotuv  bozorini,  firma  egallab  turgan  ulushni  tahlil  qilish,  sotuv  bozorini 
hududiy tahlil qilish; 
-  tovar  sifati  va  uning  raqobatbardoshligini  sinovdan  o‘tkazish  va 
sertifikatsiyalash,  iste’molchilarning  yangi  yoki  modifikatsiyalangan  tovarga 
reaksiyasini o‘rganish; 
-  tovar  nomenklaturasi  va  assortimentini,  ular  strukturasidagi  o‘zgarishlarni 
o‘rganish; 
-  bozor  segmentatsiyasining  axborot-tahliliy  asoslanishi  (iste’molchilarni 
guruhlash va strukturalash); 
- tovar ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti va uning hayotiylik davrini 
tartibga solish; 
- marketing strategiyasini ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti; 
-  strategik  va  tezkor  marketing  rejalashtirishni  ta’minlashning  axborot-tahliliy 
ta’minoti; 
- kontrolling axborot-tahliliy ta’minoti; 
- narx shakllanishi va narxlarni tartibga solishning axborot-tahliliy ta’minoti; 
- tovaraylanmasi, tovar zahiralari, muomala xarajatlari va foydani hisobga olish 
va tahlil qilish; 
-  marketing  tadqiqoti  va  marketing  samaradorligini  tavsiflash,  firmaning 
ekologik muammolarni hal qilishga hissasini baholash. 
Undan  tashqari  yuqorida  ta’kidlanganidek,  marketing  tadqiqotlarining  asosiy 
maqsadi,  uning  vujudga  kelish,  shakllanish  va  rivojlanishning  ob’ektiv  sabablari, 
zarurati  bilan  belgilandi,  hamda  uning  maqsadi  nixoyatda  keng  va  murakkab 
masalalarni  xal  qilishga  qaratilgandir.  U  ishlab  chiqarishni  xaridor  ehtiyojiga 
moslashtirib,  talab  va  taklifni  muvozanatiga  erishgan  xolda,  uni  tashkil  etgan 


 
27 
 
korxona,  tashkilotlarga  yuqori  foyda  keltirishdir.  Bunga  erishish  uchun  marketing 
quyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim: 

 
xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish;
 
 

 
tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish; 

 
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

 
talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotl
 
ar asosida bozorni o‘rganish; 

 
tovarlar  reklamasini  tashkil  etish,  xaridorlarni  tovarlarni  sotib  olishga 
qiziqishini oshirish; 

 
tovar  yaratuvchi  yoki  uni  sotuvchi  korxona  tadqiqotlarini  amalga  oshirish 
uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish; 

 
tovarni  bozorga  chiqarishdagi  barcha  xizmatlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar 
olish; 

 
to‘ldiruvchi  tovarlar  va  o‘rnini  bosuvchi  tovarlar  to‘g‘risida  axborotlar 
yig‘ish; 

 
tovarlarga  bo‘lgan  talabni  istiqbollash,  ularni  amalga  oshirishni  nazorat 
qilishdan iboratdir.  
Shuningdek, marketing tadqiqotlari maqsadga erishishda, marketing xizmatlari 
va  korxona  rahbariyati  uchun  ularning  buyurtmalari  bo‘yicha  bajariladigan  baholash 
va bashorat hisob-kitoblarni ham inobatga olish zarur.  
Bozorni  tadqiq  etish  -  marketing  tadqiqotlarining  ma’lum  bir  qismidir,  xolos. 
Faqatgina  shartli  ravishdagina  ularni  marketing  tadqiqotlarining  asosi  deb  qabul 
qilish  mumkin.  Bozorni  tadqiq  qilish  jarayonida  mahsulotlarning  sotish  mumkin 
bo‘lgan  miqdori,  tovarlar  xarakteristikasi,  iste’molchilar  guruhi,  korxona 
raqobatbardoshligi  va  bozordagi  o‘rni,  reklamani  tashkil  qilish  va  xaridorlar  istagi 
aniqlanadi. 
 
Bozor  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  miqdori  katta  va  turli  xarakterga  ega. 
Shuning  uchun  bozorni  tadqiq  qilishda  turli  bilim  sohalarining  mutaxassislari 
qatnashadilar  va  bu  tadqiqotlar  ancha  qimmatga  tushadi,  lekin  firmalar  bozorni  iloji 
boricha  tezroq  o‘zlashtirish  maqsadida  xarajatlardan  qochmaydilar,  chunki 
raqobatchilar  bozorda  yangi  raqobatchi  paydo  bo‘lishini  oldini  olish  uchun  qarshi 


 
28 
 
choralar  ko‘radilar.  Shuning  uchun  tadqiqotlar  jarayoni,  ayniqsa,  uning  natijalari 
olinganidan  keyin  va  firma  ularni  marketing  konsepsiyasini  asoslash  uchun  qabul 
qilingandan  so‘ng  tovarni  sinovli  sotishni  tashkil  qilish  boshlanadi.  Bu  jarayonning 
asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni 
o‘rganishdir.
  
Qo‘yilgan  maqsadlarni  amalga  oshirish  yuzaga  kelgan  vaziyat  sabablarini 
aniqlash  va  tushuntirib  berish  bo‘yicha  harakatlar  keng  doirasini  hal  qilish, 
shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini
 
 ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi. 
Bozorni  marketing  nuqtai  nazaridan  o‘rganish  o‘z  oldiga  kompaniyalar,  firma 
(korxona)  tovarlarini  samarali  sotish  imkonini,  uning  kengayish  uchun  yangi 
segmentlar,  sifatini  yaxshilash,  zahiralar  va  yangi  tovarlar  yaratishni,  iste’molchilar 
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni amalga 
oshirish  uchun  chuqur  marketing  tadqiqotlari  amalga  oshiriladi.  Bozorni  marketing 
nuqtai  nazaridan  tadqiq  qilishning  vazifasi,  ishlab  chiqarish  va  unda  chiqadigan 
tovarlarning bozor va iste’molchining  yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu 
narsa  firmaning  yuqori  rentabelli,  raqobatga  bardoshli  faoliyati  asosida  amalga 
oshirish kerak. 
Korxonalar  tomonidan  marketing  tadqiqotlarini  amalga  oshirish  jarayonida 
qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va 
tushuntirib  berish  bo‘yicha  harakatlar  keng  doirasini  hal  qilish,  shuningdek, 
firmaning raqobat  ustunliklarini ta’minlashga  yo‘naltirilgan  muayyan chora-tadbirlar 
taklif  qilishga  imkon  beradi.  Quyidagi  rasmda  marketing  tadqiqotlarining  oldiga 
qo‘yiladigan  va  o‘z  yechimini  topa  oladigan  vazifalarni  ko‘rishimiz  mumkin  (1.4- 
rasm). 
Korxonalarda  marketing  tadqiqotlarining  asosiy  maqsadi,  uning  vujudga 
kelish,  shakllanish  va  rivojlanishning  ob’ektiv  sabablari,  zarurati  bilan  belgilandi, 
hamda  uning  maqsadi  nixoyatda  keng  va  murakkab  masalalarni  xal  qilishga 
qaratilgandir.  U  ishlab  chiqarishni  xaridor  ehtiyojiga  moslashtirib,  talab  va  taklifni 
muvozanatiga  erishgan  holda,  uni  tashkil  etgan  korxona,  tashkilotlarga  yuqori  foyda 


 
29 
 
keltirishdir. 
 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish