227
Inson ehtiyojlarini o‘rganish quyidagilarga imkon beradi:
➢
iste’mol strukturasini tuzish;
➢
ularning son ko‘rsatkichlari va dinamikasini aniqlash;
➢
ehtiyojlarni qondirish navbatini aniqlash;
➢
tovarlarning iste’mol xususiyatlarini tasniflash va o‘lchash;
➢
qondirilgan va qondirilmagan ehtiyojlar strukturasini belgilash.
Aholining
to‘lov layoqatiga ega ehtiyojlari
ikkita omilga – bir tomonidan
iste’molchilarning pul daromadlari darajasi va tovarlar narxiga, ikkinchi tomondan
esa tovar massasi hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli ular absolyut va haqiqiy
ehtiyojlarni qodirishning real darajasidan, demak, jamiyatning rivojlanish darajasidan
dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: