7.2-jadval
STEP-tahlil o‘tkazish uchun jadval shakli
Omillar
guruhi
Hodisa/omillarnin
g ta’rifi
Xavf-
xatar/imko
niyat
Hodisa
yoki
omilning
namoyon
bo‘lish
ehtimolini
baholash
Hodisa yoki
omilning
muhimligin
i baholash
Kompaniy
aga
umumiy
ta’sir
Hatti-
harakatla
r dasturi
1
2
3
4
5
6
7
Sotsial
1
2
3...
Texnologik
1
2
3...
Iqtisodiy
1
2
3...
Siyosiy
1
2
3...
4.
STEP-tahlil shaklini to‘ldirish. Shakl har bir ekspert tomonidan mustaqil
quyidagicha to‘ldiriladi:
– Ustun 1 – omil mansub bo‘lgan guruh tanlanadi;
– Ustun 2 – ekspert nuqtai nazardan muhim makromuhit omillari, shuningdek
kompaniya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim hodisalar yoziladi.
179
– Ustun 3 – har bir omilning ta’siri aniqlanadi, uning korxona uchun xavf-xatar
yoki imkoniyat yaratishi aniqlanadi. Ayrim hollarda bitta omilning o‘zi bir vaqtda
ham xavf-xatar ham imkoniyat yaratishi mumkin, bunda ikkala variant ko‘rib
chiqiladi. Mazkur ustunda “+” (imkoniyat) yoki “–” (xavf-xatar) belgilari qo‘yiladi.
– Ustun 4 – tahlilga kiritilgan har bir omil yoki hodisa uning yuzaga kelish yoki
namoyon bo‘lish ehtimoli jihatdan baholanadi (miqdoriy shkala – 100%dan 1 gacha,
yoki sifat shkalasi: yuqori – o‘rta – past qo‘llanishi mumkin)
– Ustun 5 – 1 (eng past)dan 10 (eng yuqori)gacha shkala bo‘yicha omillarning
muhimligi baholanadi.
– Ustun 6 – har bir omilning kompaniyaga ta’siri 4- va 5-ustunlarni ko‘paytirish
va 3-ustundagi belgini qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi.
– Ustun 7 – tahlil asosida makromuhit ta’sirini hisobga olish bo‘yicha
korxonaning xatti-harakatlari taklif etiladi. Shunday qilib, yakuniy shakl ekspertlar
nuqtai nazardan korxonaning xatti-harakatlari dasturini o‘z ichiga oladi.
5.
Barcha ekspertlarning ish natijalarini umumlashtiruvchi makromuhit omillari
ta’sirini baholashning yagona yakuniy shaklini tayyorlash, va korxona mutaxassislari
tomonidan har bir omillar guruhi va alohida hodisalar va omillar bo‘yicha
korxonaning harakatlar dasturini ishlab chiqish.
6.
Strategik va taktik rejalashtirish jarayonida makromuhit tahlilining yakuniy
shakli natijalaridan foydalanish.
7.
Reja davri tugaganidan so‘ng rejalashtirilgan tadbirlarni baholashni o‘tkazish.
Bunda ushbu tadbirlar yordamida makromuhitning salbiy ta’sirini kamaytirishga va
ijobiy ta’sirini oshirishga qanchalik erishilgani aniqlanadi.
STEP-tahlil uslubiyoti makromuhit tahlilining ko‘rib chiqiladigan barcha
uslubiyotlari singari eng yuqori natija beradi, agar tahlil muntazam ravishda bir xil
shaklda o‘tkazilsa bu holda omillar dinamikasi va ularning korxonaga ta’siri qayd
etiladi.
Natijada aniq korxonaning makromuhit omillari yig‘indisiga munosabati
modelini olish mumkin. U korxona boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini
oshirishga yordam beruvchi o‘ziga xos tajriba modeli sifatida qaralishi mumkin.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |