Tadqiqotlari


-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

6.1-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi
1
 
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, axborotga bo‘lgan ehtiyoj va axborotni 
natijaviy  taqdim  etish  uchun,  marketing  bo‘yicha  mutaxassis  maqsadga  erishish 
uchun  avvalo  rejalashtirish  jarayoni  va  to‘plangan  ma’lumotlarni  tahlil  qilib 
bo‘lganidan so‘ng uni taqdim etadi. 
                                                
1
 Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012 с.24 
Маркетинг ахборот тизими 
 
Tashkilot 
ichki 
hisoboti 
tizimi 
Marketing 
tashqi 
xabarnoma 
axborot 
тизими 
Axborotga 
boʻlgan 
ehtiyojni 
belgilash 
Axborotni 
taqdim etish 
Qaror qabul 
qilishni 
quvvatlovchi 
tizim 
Marketing 
tadqiqot 
tizimi 
Marketing 
boʻyicha 
menejer 
Tahlil qilish 
Rejalash-
tirish 
Amalga 
oshirish 
 
Nazorat 
qilish 
 
Marketing 
muhiti 
Maqsadli 
bozor 
 
Marketing 
kanallari 
 
Raqobatchilar 
Ichki va 
tashqi 
ishtiyoqli 
guruhlar 
 
Makro-muhit 
omillari 


 
125 
 
Zamonaviy  tadbirkorlik  davri  o‘zining  bir  qancha  xususiyatlariga  ko‘ra 
dastlabki  davrlardan  ajralib  turadi.  Bu  birinchi  navbatda  marketing  faoliyatining 
nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida 
tobora  namoyon  bo‘layotganligida  ko‘rinmoqda.  Marketing  xususida  to‘plangan 
axborotni  o‘z  vaqtida  ishlatish,  undan  zaruriy  yo‘nalishlarni  aniqlashda  foydalanish 
natijasida,  ko‘pgina  firmalar  mashxurlikka  erishdilar,  doimiy  xaridorlar  ko‘lamiga, 
ular  e’tiboriga  sazovor  buldilar.  Bunday  firmalar  jumlasiga,  «Maykrosoft»,  «Nayk», 
«Ribok»,  «Simens»  kabi  bir  kator  firmalarni  kiritish  mumkin.  Marketing  faoliyatini 
tashkil  etish  va  marketing  axborotiga  bo‘lgan  ommaviy  zaruriyat  quyidagi 
o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. 
Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor 
xaridor  ehtiyojini  qondirishga  qaratilgan  bo‘lsa,  hozirgi  paytda  asosiy  e’tibor 
xaridorlar  istaklarini  qondirishga  qaratilgan.  Ehtiyoj  –  inson  tomonidan  his  etilgan 
moddiy  va  ma’naviy  ne’matlarga  nisbatan  yetishmovchilik  demakdir.  Ehtiyoj 
umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi 
– alohida insonning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga 
bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish borasida zaruratidir.  
Lekin,  xaridor  istagi  tushunchasi  to‘la  ma’noda  xaridorning  muayyan  tovarni 
sotib  olishga,  foydalanishga  qodir  va  tayyor  ekanligini  anglatmaydi.  Shu  sababli,  bu 
o‘rinda  xaridorlik  talabi  tushunchasini  keltirish  lozim.  Xaridorlik  talabi  –  muayyan 
tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining 
aniqlashtirilgan  shaklidir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  xaridorning  xarid  qilishda 
to‘lovga  qodirlik    darajasi  va  imkoniyatida  bo‘lgan  qismigina  xaridor  talabi 
chegarasini ifodalaydi. 
Demak,  zamonaviy  tadbirkorlik  va  marketing  faoliyati  birinchi  o‘ringa 
xaridorlarning  umumlashgan  tarzdagi  ehtiyojini  emas,  balki  individual  xaridorning 
istagi,  didi,  xoxishi  va  o‘zlashtirish  xususiyatlari  bilan  farqlanuvchi  –  xaridorlar 
ishtiyoqini  qondirishga  talab  etadi.  Shunday  qilib  turar  joyga,  ovqatlanishga,  dam 
olishga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishdan,  muayyan  tarzdagi  xaridorlar  istagini 
qondirishga,  ya’ni  ularning  salmog‘i,  turmush  tarzi,  odatlari,  mavqelari  va  boshqa 


 
126 
 
xususiyatlarni  nazarda  tutib,  uni  qondirish  sari  yul  tutilishi  hozirgi  paytdagi 
tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir. 
Ikkinchidan,  mahalliy  mikyosdagi  marketingdan,  umumdavlat  va  undan 
xalqaro  marketing  faoliyati  sari  o‘tilishi  oqibatida,  firmalar  o‘z  imkoniyatlarini 
samarali  jihatlarini  internatsionalizatsiya  jarayonida  qurmoqdalar.  Mahalliy  bozor 
talablarini  qondirish  uchun  kurashda  geografik  cheklanishlarning  yo‘qolishi,  yangi 
tovarlar  va  xizmatlar  bilan  yangi  bozorlarni  o‘zlashtirish  samarali  ekanligini  ushbu 
xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi. 
Ushbu  nuqtai  nazardan,  marketing  axborotiga  bo‘lgan  zarurat  tobora  ortib 
bormoqda. Marketing  jarayonini samarali tashkil etishda  marketing tadqiqoti  muhim 
ahamiyat  kasb  etmoqda.  Amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan  marketing  tadqiqoti 
jarayoni uchun to‘rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim. 
1.
 
Tovarlar  va  xizmatlarni  xaridorlarga  yetkazishning  firma  va  xaridor 
o‘rtasidagi  o‘zaro  manfaatli  va  samarali  shaklini  axtarish.  Xaridor  uchun  o‘ta 
manfaatli savdo va xizmat ko‘rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, 
fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim haqdir» 
tamoyili asosida firma o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim. 
2.
 
Xaridor  uchun  manfaatli  va  foydali  bo‘lgan  manzildagi  tovarlar  va 
xizmatlarni  taklif  etishga  intilish.  Xaridor  geografik  jihatdan  cheklanish  va 
xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim. 
3.
 
Xarid  etish  vaqti  xaridor  uchun  qulay  va  ko‘p  jihatdan  manfaatli  bo‘lishini 
ta’minlash  yoxud  kerakli  va  zaruriy  vaqtda  sotuvchining  xaridorga  tegishli  tovarlar 
va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish. 
4.
 
Xarid qilish  va foydalanishdan xaridorning mamnunligi  va  manfaatdorligini 
ta’minlash.  Ko‘pgina  xollarda, xaridor o‘zi  uchun zarur tovarlarni sezmay qoladi  va 
e’tibor  bermaydi.  Ana  shu  vaziyatda  sotuvchi  xaridor  ishtiyoqini  seza  bilishi,  uni 
ushbu  bozorda  kerakli  tovarlar  bilan  ishtiroki  muhim  ekanligini  anglashi  zarur 
bo‘ladi. 
Ushbu  manfaatdorlikka  erishish  uchun  zaruriy  shart  –  sharoitni  marketing 
tadqiqoti  amalga  oshiradi.  Yetarli  axborotni  to‘plash  kelgusi  o‘zgarishlarni  belgilash 


 
127 
 
uchun  ushbu  tadqiqotning  ahamiyati  beqiyosdir.  Jumladan,  yuqorida  qayd  etilgan 
manfaatdorlikni  ta’minlash  marketingning  tarkibiy  elementlarida  o‘z  aksini  topadi, 
ya’ni  «Marketing  –  Miks»  dasturi  tarzida:  boshqacha  qilib  aytganda  turt  «P».,  ingl. 
«R» tovar, baho,  manzil  va tovarlarni talabga  moslashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy 
tadbirlarda  oydinlashtiriladi.  Demak,  marketing  faoliyatiga  xos  bo‘lgan  barcha 
axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. 
Tovar  ishlab  chiqaruvchi  istalgan  korxona  rahbariyati  bozordagi  holat, 
qo‘yilgan  maqsadlar  va  bajariluvchi  vazifalar  xarakteri  hamda  belgilangan 
strategiyadan  kelib  chiqqan  holda  qaysi  marketing  tadqiqotlarini  va  qanday  ketma-
ketlikda o‘tkazish, qanday inson va moliya resurslarini ishga solish, nimani o‘z kuchi 
bilan  qilish,  qaysi  tadqiqotlarni  chetdan  bajaruvchilarga  buyurtma  qilish  foydali 
ekanligini  hal  qilishga  majbur.  Inson  va  moliya  resurslarini  tejash  va  bunda 
marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazishda  katta  natijaga  erishish  uchun  ushbu  muammoni 
istiqbolda qanday bo‘lishini konseptual jihatdan ko‘rish zarur.  
Ushbu 
konsepsiyani 
ishlab 
chiqish 
marketing 
tadqiqotlarini 
butun 
murakkabliklarini  bilan  ko‘rishdan  tashqari  uni  yanada  oqilona  usullari  bilan  hal 
qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Bu esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.  
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish