Tabiiy favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Reja


Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar



Download 208 Kb.
bet10/10
Sana06.12.2022
Hajmi208 Kb.
#880110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jobir 4 maruza

Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar.
Kimyoviy xavfli inshoot – iqtisodiyot ob’ekti bo‘lib, faoliyat ko‘rsatish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatadigan kimyoviy xavfli inshootlar. Hozirgi kunda respublikamizda kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga qarashli korxonalar bo‘lib, ular Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud - “O‘zgo‘shtsutsanoat”, “O‘zbeksavdo”, “O‘zqishloqxo‘jalik mahsulotlari” uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkent lok-bo‘yoq, To‘qimachilik korxonalari, “O‘zkommunxizmat” inshootlari (suvni tozalash) va boshqalar. Hammasi bo‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli inshootlar mavjud. Ularda ishlab chiqariladigan yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatdagi inson, hayvon sog‘lig‘i uchun zararli, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar turlari ko‘p.
Gidrotexnika inshootlaridagi avariya va halokatlar.
Gidrotexnika inshootlarining turlari:
suv – energetika inshootlari;
suv ta’minoti inshootlari;
sug‘orish inshootlari;
oqava suv chiqarish inshootlari;
suv – transport inshootlari;
baliq xo‘jalik inshootlari;
sport va bezak inshootlari va h.k;
Ogohlantirish chora-tadbirlari.
Agar siz gidrouzelga tutashgan hududda yashasangiz, hududni halokatli suv bosish maydoni ta’sir doirasiga tushish-tushmasligini aniqlang. Yashayotgan joyingiz yaqinida tepaliklar joylashganligini, ularga olib boruvchi qisqa yo‘llarni bilib oling.
Yorish to‘lqini ta’siri va joyning halokatli suv bosishida harakat qoidalarini, umumiy va qisman evakuatsiya tartibi qoidalarini o‘rganib, oila a’zolaringizni ham tanishtiring. Evakuatsiya qilinganlarni to‘plash joyini aniqlab oling. Evakuatsiya vaqtida olib ketiladigan hujjatlar va mulkingiz ro‘yxatini tuzing.
Qayiq, sol, boshqa suzuvchi vositalar va ularni yasash uchun qo‘l ostida mavjud materiallar turgan joylarni eslab qoling.
Gidrodinamik avariya xavfi bo‘lganda qanday harakat qilish kerak?
Halokatli suv bosishi xavfi va evakuatsiya to‘g‘risidagi xabarni olishingiz bilan belgilangan tartibda xavfli hududdan belgilangan xavfsiz joyga yoki turar joylardagi balandliklarga chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz, pul, birinchi navbatda zarur bo‘ladigan buyumlar va 2-3 kecha-kunduzlik oziq-ovqat zaxirasini oling. Mol-mulkingizning olib ketolmaydigan qismini binoning chordog‘i, baland qavati, daraxt usti va h.k. joylarga olib chiqib qo‘ying.
Uydan chiqib ketishdan oldin elektr chiroqlari va gazni o‘chiring, deraza, eshik, shamollatish va boshqa tuynuklarni mahkam yoping.
Gidrodinamik avariyalar vaqtidagi toshqinda qanday harakat qilish kerak?
To‘satdan suv bosishi xavfi paydo bo‘lganda yorish to‘lqini zarbidan saqlanish uchun zudlik bilan yaqin oradagi balandlikdan joy oling, kattaroq daraxtga yoki mustahkam binoning tepa qavatiga chiqib oling.
Suvda bo‘lgan vaqtingizda suzib yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida quruq joyga, yaxshisi suv bosmagan hududga etib olish mumkin bo‘lgan yo‘lga yoki damba ustiga chiqib oling.
Uyingizni suv bosgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib, uyda odamlar borligini bildirish uchun kunduzi bo‘lsa oynadan tashqariga yorqin rangdagi matodan bayroq ilib, kechqurun bo‘lsa fonar yordamida signal bering. Ma’lumot olish uchun radiopriyomnikni avtonom tarmoq yordamida ishlatib qo‘ying. Qimmatbaho buyumlaringizni yuqori qavatlarga va chordoqqa joylashtirib qo‘ying. Oziq-ovqat va ichimlik suvi hisobini, ularning kelayotgan suv ta’siridan muhofazasini tashkil eting hamda tejab ishlating.
Evakuatsiyaga tayyorlanayotib, hujjatlar, birinchi navbatda zarur narsalarni, kiyim-kechak, suv o‘tkazmaydigan poyabzal, qo‘l ostida mavjud qutqaruv vositalari (havo bilan shishiriladigan to‘shaklar, yostiqlar)ni oling.
O‘zingizcha mustaqil evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazmang. Bunday harakat faqat suv bosmagan hududni ko‘rganda, sharoitning og‘irlashishi xavfi tug‘ilganida, tibbiy yordam zarur bo‘lganida, oziq-ovqat mahsuloti tugaganida va atrofdan yordam olishning iloji bo‘lmagan hollardagina amalga oshirilishi mumkin.
Gidrodinamik avariyadan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Binoga kirishdan oldin to‘siq va devorlarning shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Xonalarni yig‘ilib qolgan gazdan xalos qilish uchun shamollating. Xonalarni to‘liq shamollatmaguncha ochiq olov manbalaridan foydalanmang, gaz ta’minoti tizimi sozligini tekshirib ko‘rishdan o‘zingizni tiying. Elektr simlari, gaz ta’minoti tizimi, ichimlik suv va maishiy chiqindi tarmoqlarining sozligini tekshiring. Ularning sozligi va ishga yaroqliligi to‘g‘risida mutaxassislar xulosa berganlaridan so‘nggina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish