42
Bunday krossvordlar o'quvchilarni ruhiy toliqtirmaydi, aksincha ularni
qiziqtiradi. Bundan tashqari mavzularni o'tganda mavzuga doir «Tez aytish»
o'yinlarini ham qo'llash mumkin, ya‘ni: Biriz bu shahar emas, u nima? Aysberg bu
vulkan emas, u nima? Jungli bu xalq emas, u kim? Savanna bu daryo emas, u
nima? Bu kabi o'yinlar bolalarni chaqqonlikka, o'z fikrini tez va aniq bayon qila
olish, ko'z oldiga o'sha ob‘yektlarni gavdalantirish qobiliyatlarini tarbiyalaydi.
Bundan tashqari topishmoqlardan ham dars davomida foydalanish mumkin.
Masalan, odamsiz mamlakat, uysiz shahar, daraxtsiz o'rmon, suvsiz daryo qayerda
bo'lishi mumkin?
Bunday topishmoqlar, o'quvchilarni fikrlash, mantiqan o'ylab javob berishga
o'rgatadi. Faqatgina topishmoqlarning javobini emas, umuman har bir gapining
mazmuniga, mohiyatiga yetib javob berishga undaydi, geografiya faniga bo'lgan
e‘tiborini kuchaytiradi, o'quvchilar ham o'zlari topishmoqlar tuzish, bir-biriga
aytishi, hatto o'qituvchiga ham topishmoqlar berib fanga bo'lgan qiziqishi ortadi va
erkin ijod qilishga zamin yaratadi.
Geografiya darsida qo'llanadigan o'yinlardan biri «To'g'ri top» o'yini bo'lib,
bu o'yin juda ham qiziqarli. O'quvchilar charchaganda ruhiy toliqishni oladi. Bu
o'yinning texnologiyasi juda ham qiziqarli bo'lib, bunda o'qituvchi dars mavzusiga
mos ravishda o'quvchilarga 15-20 ta tasviriy rasm yoki chizma tarqatadi. Deylik,
biz 5-sinf tabiiy geografiyasida bulutlar mavzusini o'tishimizda bu o'yindan
foydalanib o'tsak, dars juda ham qiziqarli bo'ladi. Bunda o'quvchilarga bulutlarni
1
2
3
4
43
rasmini yoki chizmasini tarqatamiz. O'quvchilar 10 daqiqa davomida rasmni
izohlab, yozma javob beradilar. Bu o'yinni olib borish jarayonida hamma
o'quvchilar faqatgina o'zlari bilgan narsalarni kitob, daftarlaridan foydalanmay,
chizma yoki rasmlarga izoh beradilar. O'yin belgilangan vaqtdan so'ng yakunlanib,
o'yin natijasi e‘lon qilinadi. Kimning javobi puxta va aniq bo'lsa, u g'olib bo'ladi.
Geografik o'yinlarni VI sinf Materiklar va okeanlar geografiyasi kursini
o'qitishda ham geografik o'yinlardan foydalanib o'tish dars samaradorligini
oshiradi, o'quvchilarni bilim saviyasini, fanga bo'lgan e‘tiborini, geografiyani bu
kursini bilimlarni puxta egallashda katta ahamiyatga ega. VI sinf Materiklar va
okeanlar geografiyasini o'rganish kursida ko'proq sayru-sayohat shaklidagi
o'yinlardan foydalanib dars o'tsak, mavzularga mos keladi.
5-sinf "Tabiiy geografiya boshlang'ich kursi"dan olgan bilim, ko'nikma va
malakalarini mustahkamlash maqsadida 6-sinf o'quvchilarining "Geografiya" va
"Eratosfen" jamoalari 5ta shart bo'yicha bellashadilar. Har bir shartda 5 tadan
topshiriq mavjud bo'lib, jamoalardan bir nafardan ishtirokchi qatnashadi.
Marhamat, shartlarimiz bilan tanishing:
Do'stlaringiz bilan baham: