Soliqqa tortish – qonuniy ravishda o’rnatilgan soliq undirish (olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo’jalik kon’yunkturasining xolatiga ta’sir ko’rsatadi va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag’larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir- biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proportsional va regressiv turlari mavjud.
Soliqqa tortish manbai - soliqlarni to’lash uchun foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to’lovchining daromadi va kapitali. Eng umumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo’lib soliqqa tortish ob’yektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul
daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |