Uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga oshirishga va jamg’arishga yo’naltiri-ladigan pul mablag’lari uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo’yicha tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi):
davriylik nuqtai-nazaridan;
xarajatlarning turlari bo’yicha;
xarajatlarning funktsional mo’ljallanganlikka bog’liq-ligiga ko’ra;
majburiylik darajasi bo’yicha;
to’lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko’ra;
iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari bo’yicha.
Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari quyidagilarga bo’linadi:
Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi:
joriy xarajatlar;
kapital xarajatlar.
Uy xo’jaliklarining xarajatlari funktsional mo’ljal-langanligiga ko’ra quyidagilardan iborat:
shaxsiy iste’mol xarajatlari;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
pul to’planmalari va jamg’armalar.
Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari ikkiga bo’linadi:
daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar;
daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastik xarajatlar.
Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiri-tiladi.
Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:
iste’molga yo’naltirilgan xarajatlar;
jamg’arishga yo’naltirilgan xarajatlar
Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq:
ega bo’lingan daromadga;
baholar darajasiga;
iste’molchilarning mol-mulklariga;
real foiz stavkalariga;
iste’mol bo’yicha qarzdorlikning miqdoriga;
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv omillarga ham ta’sirchan bo’lib, ularning orasi-dan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
iste’mol qilishga bo’lgan intilishning chegarasi;
baholarning o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;
pul daromadlari;
soliqlar;
tovarlarning mavjudligi;
va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doi-raviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xara-jatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;
ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va inve-stitsiyalar darajasini tartibga
solish orqali ta’sir etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |