T. Malikov O. Olimjonov moliya


Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar



Download 1,07 Mb.
bet185/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab- quvvatlash jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo’jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi va boshqalardan iborat.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari huquqiy maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular federativ siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo’linadi. Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar quyidagilardan iborat:

  1. Federal boshqaruv mulkida bo’lgan Davlat jamg’armalari;

  2. Federatsiya tarkibida bo’lgan shtat, respublika, er, kantonlar va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg’armalar;

  3. Mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo’lgan mahalliy ahamiyat kasb etuvchi jamg’armalar.

Unitar siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda esa bu jamg’armalar:

  1. respublika tasarrufida bo’lgan jamg’armalardan va

  2. mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo’lgan jamg’armadan tashkil topadi.

Bundan tashqari dunyoning juda ko’p davlatlarida idoralar, vazirliklar va yirik xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyorida ham ko’plab jamg’armalar tashkil etilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish va ularni davr talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002 moliya yiliga qadar Bunday jamg’armalarning alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo’nalishlarda foy-dalanish keng qo’llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari jamg’armalarda o’z vaqtida va to’liq moliyaviy resurslarni shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi. Buning oldini olish maqsadida 2002 yildan boshlab umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo’lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, ularning muxtoriyatliligi to’liq saqlanib qolindi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi.;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;

  4. O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi;

  5. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi).;

  7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 yildan boshlab o’z faoliyatini tugatdi).

  8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 yildan boshlab o’z faoliyatini tugatdi).

  9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi va boshqalar

Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish