Davlat byudjeti jarayoni tushunchasining ma’nosi nima?
Davlat byudjeti jarayonining mazmuni qanday omillar bilan belgilanadi va ularning eng muhimlari qaysilar?
Davlat byudjeti jarayoni davlat byudjeti faoliya-tining qanday bosqichlarini qamrab oladi?
Davlat byudjeti jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar qo’yiladi?
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirokchilari kimlar (qanday sub’yektlar) hisoblanadi?
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda qanday printsiplarga rioya qilinadi?
Davlat byudjeti so’rovining tarkibini aytib bering.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida qanday masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi?
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi?
Davlat byudjeti loyihasini tuzishdan oldin O‘zbe-kiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga qanday organlarga davlat byudjeti so’rovini yuborishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi byudjet loyihasini tayyorlashning qanday muddatlarini belgi-laydi?
Kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan davlat byudje-tining loyihasini kim tayyorlaydi va u qaysi muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak?
Kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan davlat davlat byudjeti loyihasi o’z ichiga qanday ko’rsatkichlarni oladi?
Byudjetnoma loyihasini kim ishlab chiqadi va unda nimalar aks ettiriladi?
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday holatlar hisobga olinadi?
Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqishda qanday metodlardan foydalaniladi?
Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qanday organga taqdim etiladi?
Davlat byudjeti kim tomonidan qabul qilinadi?
Davlat byudjetiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respub-likasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlari qanday organlar tomonidan qabul qilinadi?
Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’ oluvchilarga qanday tartibda va muddatlarda etkazilishi kerak?
Byudjetni ijro etish qachondan boshlanadi?
Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi qanday vazifalarning bajarilishini qamrab oladi?
Byudjetni ijro etishning muhim vazifasi ikki-yoqlamalik xarakteriga egaligi qanday holatlarda namoyon bo’ladi?
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda qanday masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim?
Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar qanday organlar tomonidan amalga oshiriladi?
Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha qanday vazifalarni amalga oshiradi?
Davlat byudjetiningdaromadlar bo’yicha ijro etilishining mazmuni nimada?
Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi davomida sanktsiyalashtirishning asosiy bosqichlarini aytib bering.
Tayinlash sertifikati nima?
Davlat byudjeti qabul qilinmagan davr ichida davlat xarajatlari qanday shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin?
Davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish tartib-lari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishi davomida qanday ishlarni amalga oshiradilar?
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot o’zida qanday ko’rsatkich va xulosalarni ifoda etadi?
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetdan ajratila-digan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni qachon taqdim etishi kerak?
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetdan ajratila-digan mablag’lardan hisobot davrida
foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etmoqlari lozim?
Respublika (Qoraqalpog’iston), viloyat bo’ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davridagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etishi kerak?
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari tegishli byudjetlarning hisobot davridagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni kimlarga va qaysi organ belgilagan muddatlarda taqdim etmog’i lozim?
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlarning davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari to’g’risidagi hisobotni qanday muddatda va kimga taqdim etishlari shart?
Byudjetdan tashqari davlat maxsus jamg’armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg’armalariga mablag’lar tushumi va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarni kimga va qanday organ belgilagan muddatlarda taqdim etishi lozim?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qachondan kechiktirmay taqdim etishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaysi muddatgacha taqdim etishi mumkin?
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot kim (qanday organ) tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi?
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlar kimlar tomoni-dan (qanday organ) ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi?