T. Malikov O. Olimjonov moliya


-bob. Davlat byudjeti daromadlari



Download 1,07 Mb.
bet143/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

17-bob. Davlat byudjeti daromadlari


    1. Davlat byudjeti daromadlarining mazmuni va ularni shakllantirish printsiplari

Davlat byudjeti daromadlari davlat markazlashti-rilgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, ular davlat funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Davlat byudjeti daromadlari pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi.

Yuqorida qayd etilgan fikrlarni inobatga olgan holda unga davlat byudjeti daromadlarining mazmunini ifoda-lovchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi davlat byudjeti daromadlari deyiladi.

Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti daromadlari quyidagicha farqlanadi:



  1. markaziy (davlat) byudjet(i) daromadlari;

  2. unitar (yagona, yaxlit) davlatlardagi mahalliy byudjetlar daromadlari.

Federativ (ittifoqchilik) tuzilish(i)ga ega bo’lgan dav-latlarda davlat byudjeti daromadlarining bu ikki ko’rinishidan tashqari federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlari ham alohida bo’ladi. Davlat byudjeti daromadlari davlat daromadlariga nisbatan torroq darajadagi tushunchadir. Chunki davlat daromadlari hokimiyatning barcha darajadagi byudjetla-rining moliyaviy mablag’lari bilan birgalikda yana o’zining tarkibiga davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar va barcha davlat sektoriga tegishli bo’lgan boshqa

resurslarni ham qamrab oladi.

Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyoj-larini qondirish uchun milliy daromad etarli bo’lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Bu yerda milliy boylik deyilganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo’lgan, hozirgi va o’tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmui nazarda tuti-layapti.

Milliy daromadni davlat ixtiyoriga o’tkazish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyati organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish uchun foydala-nilayotgan usullarning asosiylari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlar o’rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning kuchlilik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli kabi omillar ta’sirida aniqlanadi.

Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi ta’minlanadi. Turli mamla-katlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 90%ni tashkil etadi. Federatsiya a’zo-lari va mahalliy byudjetlar daromadlarida soliq- larning salmog’i nisbatan pastroqdir. Bu byudjetlar biriktirilgan (tegishli byudjetlarning o’z daromadlari) va tartibga keltiruvchi (davlat byudjeti tizimining yuqori bo’g’inidan quyi bo’g’iniga beriladigan ajratmalar) daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zining moliyaviy ahamiyatiga ko’ra davlat kreditlari ham davlat byudjeti daromadlari hisoblanadi. Kelgusi yil uchun davlat byudjeti tuzilayotgan paytda davlat byudjeti defitsiti mavjud bo’lsa (vujudga kelsa), davlat ana shu usuldan foydalanadi. Davlat mamlakatda moliyaviy ahvolning murakkablashishi va davlat byudjeti defitsiti hajmining oshishiga muvofiq ravishda davlat kreditiga murojaat qiladi. Bunday kreditlarni olishning ikki yo’li mavjud:


  1. davlat nomidan qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan jismoniy va yuridik shaxslardan davlat qarzlarini olish;

  2. Markaziy bank va boshqa kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar.

Davlat kredit operatsiyalari hajmining oshishi davlat qarzining oshishiga olib keladi. O‘z navbatida, davlat qarzlari soliqlar bilan chambarchas bog’liq. Uni qaytarish va foizlarini to’lash, asosan, soliq to’lovlari yoki davlatning yangi kredit operatsiyalari hisobidan amalga oshiriladi.

Favqulodda holatlarda, soliq to’lovlari va davlat kreditlarini olish murakkablashganda davlat qog’oz pullar emissiyasiga murojaat qiladi. Bu davlat byudjeti daro-madlarini to’ldirishning eng noqulay metodidir. Chunki bu metodning qo’llanilishi tegishli tartibda tovar bilan ta’minlanmagan pul massasining o’sishiga va inflyatsion jarayonlarning kuchayishiga, pirovardida esa, og’ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Davlat byudjeti daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.

Miqdoriy jihatdan davlat byudjetiningdaromadlari yaratilgan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetga mablag’larni to’plash (yig’ish) miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi.



Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayoni-ning quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvo-fiqdir:

  • sub’yektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga rioya etish (sharoit yaratish). Buning ma’nosi shundaki, sub’yekt-larga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini byudjetga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Bu chegaradan oshib ketish sub’yektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash holla-rining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’-minlashga intilishning susayishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojla-nishiga olib keladi;

    • sub’yektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan barcha daromadlar sub’yektlarning ixtiyoriga qoldirilmasdan davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri ostiga sub’yektlar ma’muriyatining noto’g’ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim;

    • ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda qo’llanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi

va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda dav-latning manfaatlarini ta’minlaydi;

  • davlat byudjeti mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Sub’ektlar ixtiyoridan mablag’larning byudjetga olinishi ularning samarali faoliyat ko’rsatishini rag’batlan-tirishi kerak. Bu yerda qo’yilgan vazifa faqatgina davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining sifat ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir;

  • davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu printsip aholi mablag’lari hisobidan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga bog’liq ravishda byudjetga o’tkaziladi.

Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida undirilishi tufayli bu jarayonda quyidagi printsiplardan foydalaniladi:

  • soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;

  • soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli) taqsimlanmog’i lozim;

  • soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko’rsatmasligi;

  • soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

  • davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim;

  • soliqlarning undirilish jarayoniishlab chiqarishdan xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak.




    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish