Davlat byudjeti daromadlarining davlat byudjeti kategoriya- larining ko’rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniq-langan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’yektiv bo’lib, ular davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’yektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funksiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’yekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daro-madlari) bo’lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’yekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish va moliya- lashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti kategoriyasi bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko’rinishlarini (qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad solig’i va boshqalar) davlat byudjeti kategoriyalarining navbatdagi ko’rinish-lari sifatida talqin qilish uchun asoslar etarli emas. Chunki mazmuniga ko’ra iqtisodiy kategoriyalar ob’yektiv bo’lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo’lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’yektiv bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko’rinishiga tegishli bo’lgan xususiyatlar ob’yektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – davlat byudjeti daromadlarining namoyon bo’lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to’g’riligini ko’p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to’lovlar ham mavjud bo’ladi. Lekin byudjetga to’lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga to’lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o’ynashi, vaqt o’tishi bilan esa ular o’z ahamiyatini yo’qotib, boshqa to’lovlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, davlat byudjeti daromadlari katego-riyasining namoyon bo’lish shakllarining o’zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini angla-tadi. Demak, byudjetga to’lovlar ko’rinishining o’zgarishi, bir to’lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyu-tsiyasidir. Biroq bundan moliyaviy va davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan ob’yektiv, ularning namoyon bo’lish shakllari esa sub’yektivdir, degan xulosa chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining etukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, davlat byudjeti daromad-larining shakllarini ham belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy taraqqiyotga erishish, uning samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlikka erishish hisoblansa, bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga to’lovlarning shakllari ham o’zining sezilarli hissasini qo’shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’min-labgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag’batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o’rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan byudjetga to’lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o’z ifodasini topgan ob’yektiv omillarga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’yektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo’l- jallangan fondlarning) umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida
ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetiningxarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati paydo bo’ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag’larini hududlararo taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo’g’inlari o’rta-sidagi munosabatlardek ko’rinadi. Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o’z daromadlari hisobidan quyi bo’g’inlarning davlat byudjeti munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo’linmasi amalda bu munosabatlarning tar-kibiga yuqorida ko’rsatilgan balanslashtirish sodir bo’layotgan ko’plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular esa, o’z navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish-da xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholidan tushgan mablag’larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli sub’yektlar o’rtasida murakkab va ko’p tomonlama taqsimlash munosabatlari vujudga keladi.
Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti va uning barcha bo’linma- larida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondi-rishga yo’naltirilgan maqsadli fondlar tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo’linmalari va hokazolar o’rtasida mablag’larni qayta taqsimlash sodir bo’ladi.
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir. Ular davlat byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat byudjeti fondlari nisbatan tor doiralarga mo’ljallangan boshqa fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tar-moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha fondlarga bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko’p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu fond ko’p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to’ldirilib boriladi.
Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetni taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida davlat byudjeti mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa – sub’yekt-larning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ik-kiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda davlat byudjeti fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar – sub’yektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o’laroq) davlat va aholi o’rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari vujudga kelmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajra-tilgan barcha davlat byudjeti resurslari tegishli sub’yektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakl-lantirishga yo’naltiriladi.
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’yektiv iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetni taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’yektlarga pul mablag’larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha bo’lin-malariga xos bo’lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo’ladi: pul fond-larini shakllantirish ulardan foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi.
Davlat byudjeti mablag’larini olgandan keyin sub’yektlar o’zlari-ning pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o’z navbatida, ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan kichik fond-larga bo’linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bo’lib, ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb bo’lmaydi. Davlat byudjeti bu xara-jatlarning o’lchamini limitlashtiradi (biroq to’liq dara-jada emas), xarajatlar esa sub’yektlarning o’zi tomonidan amalga oshiriladiki,
bunda byudjetdan moliyalashtirish tartibida pul mablag’lari yo’naltiriladi va shu erning o’zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas, balki amalda (haqiqatda) byudjetdan assignovaniyalari ajratiladigan mablag’larni tushunila-digan davlat byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb bo’lmaydi.
Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o’zining turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z daromadlariga ega bo’lmasdan davlat byudjetining mablag’lari hisobidan to’liq moliyalashtiriladi)64;
davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
dotatsiya va subventsiyalar (bunda davlat byudjeti rejali- zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar.
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining ayrim shakllariga o’xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-larning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada o’rnatilib, sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish” tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng bo’lgan tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari davlat byudjeti kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda sub’yektlarga aloqador barcha tadbirlar bilan mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakl- lantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub’yektlarga mab-lag’lar berilganidan so’ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, sub’yektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxo-nalar va boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida bayon etilgan usullarning
64 Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday sub’yektlarga ham o’zining asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmagan holda daromad ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi sharoitdagi davlat va biznes hamkorligi ham, o’z navbatida, shuni taqozo etadi.
birortasini mustaqil davlat byudjeti kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri davlat byudjeti kategoriyasi hisoblangan davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo’lish shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’-larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’yektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kom-pleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyum-lashgan tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyum-lashgan qatlami yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning ta’siri ostida bo’lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mahsulot harakatining asosiy yo’na-lishlarida namoyon bo’ladi. Aynan davlat byudjeti iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishiga, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’-ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’ri-nishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fond-larini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjetiga uning faqat amaliy ahamiyatini tavsiflovchi quyidagicha ta’rif berish ham mumkin: “O‘zbe-kiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byud-jeti) – davlatning davlat vazifalari va funksiyala-rini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”65.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bo’lin-malari bilan o’zaro aloqalari muhim rol o’ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va bosh-qalar) va moliya tizimining bo’linmalari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik davlat byudjetining
65 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va o’rnidan kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taq-simlash mexanizmi sifatida foydalanadi, u ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi nisbat (proportsiya)larni tartibga solishga yordam beradi.
Davlat byudjetining baho bilan o’zaro bog’liqligi ikki yoqlamalik xarakterga ega. Bir tomondan, davlat byudjeti baho mexa-nizmidan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun foyda-lanadi. Masalan, davlat byudjeti daromadlarning bir qismi qo’shilgan qiymat solig’i shaklida bo’lib, bu soliq bahoning, aniqrog’i, sof daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Bu baho ko’rinishida davlat byudjeti tomonidan sof daro-madning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida mexanizm rolini o’ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti mol etkazib beruvchilarning yo’qotganlarini qop-lash (kompensatsiya qilish) yo’li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi. Masalan, mamla-katimizda agrar soha uchun qishloq xo’jaligi texnikalari va mineral o’g’itlar etkazib berish bu sohada faoliyat ko’r- satuvchi sub’yektlarga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshirilib, baholar o’rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bunday hollarda davlat byudjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tarmog’ini bilvosita qo’shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham xuddi shu mexanizmga asoslangan.
Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o’zaro bog’liqligi ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, amaliyotda davlat byudjeti va kredit resurslarining o’zaro almashuvchanligi tarkib topganligini e’tirof etish kerak. Mablag’larning kredit va davlat byudjeti manbalari bir-birini to’ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday o’zaro ta’sirchanlik (bog’liqlik) ob’yektiv ravishda o’zining chegara-siga ega bo’lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalashtirish ob’ektlari mavjudki, unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijorat turlarida, asosan, kredit hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.
Davlat byudjeti va kreditning o’zaro bog’liqligi bank-larning kredit resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning qat’iy passivlarini shakllantirish-ning muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, o’z navbatida, uzoq muddatli kreditlashtirish (ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to’ldirish uchun ajratiladigan davlat
byudjeti mablag’lari va boshqalar) uchun zarur. Bundan tashqari, davlat byudjeti hisobvaraqlarida va davlat byudjeti tashkilotlarining hisobvaraqlarida bo’lgan davlat byud-jetining vaqtincha bo’sh mablag’lari qisqa muddatli kredit-lashtirish yo’li bilan banklarning kredit resurslarini to’ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni shakllantirib, bu ularning daromadining bir qismini byudjetga olishda manba bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan uzviy bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rin egallab, uning barcha bo’linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yo’nalish – byudjetga to’lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:
taqsimlash;
nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmu-nida yaqqol ko’rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida davlat byudjeti mablag’lari (byudjetga to’lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Aholining byudjetga to’lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega. Ularning byudjetga turli soliqlar ko’rinishida kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar tomonidan turli ko’rinishdagi soliqlarning byudjetga to’lanishi ham bu mablag’larning ko’p sonli taqsimlash bosqichlaridan o’tishini taqozo etadi. Chunki juda ko’p hollarda bu mablag’lar ancha oldinroq davlat byudjeti yordamida
taqsimlanish bosqichidan o’tib, ijtimoiy sohaga davlat byudjeti mablag’lari shaklida etib borgan bo’ladi.
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko’lamining, pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining ikkinchi xususiyati bo’lib hisoblanadi. Davlat byudjeti yalpi ichki (milliy) mahsulotning kattagina qismini taqsimlab, turli maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarni shakl- lantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy ob’yekti bo’lib jamiyatning sof daromadi (qo’shilgan qiymat solig’i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Davlat byudjeti orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, davlat byudjeti mexanizmi orqali xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasida ham mablag’-lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Davlat byudjeti kanallari bo’yicha qiymatning jamg’arish va iste’mol fondlari tomon harakati sodir bo’ladi. Iqtiso-diyotga xarajatlarning ma’lum bir qismi, markazlash-tirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog’liq bo’lgan xa- rajatlarning asosiy qismi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlatning moddiy rezervlari o’sgan qismining hammasi ham byudjetdan to’liq moliyalash-tiriladi. Davlat byudjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi.
Davlat byudjeti orqali taqsimlash jarayoni ko’p bosqichda amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohala-rida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bo’ladi. Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot va ijtimoiy soha-larning bo’linmalarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning
ayrim elementlari davlat byudjeti orqali ko’p martalab ham taqsimlani-shi mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug’urta fondiga to’lovlari byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalash- tirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan o’tib, ular yana ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar shaklida byudjetga kelib tushadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko’p martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bo’ladi. Jamiyat iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi. Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash-ning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari namoyon bo’ladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’lin-malarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan mablag’larning yo’nalishi va ulardan foyda-lanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’mol-dagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklarning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo’layotgan taqsimlash jarayon-larining to’g’riligi va o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar to’g’risida go’yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarga – soliqlarga, to’lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajm-lariga va hokazolarga ta’sir ko’rsatadi. Demak, davlat byudjeti orqali rejadan og’ish tufayli tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproportsiyalar, jamg’arma-larning hajmi, mablag’larni o’zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinib turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o’z navbatida, milliy iqtisodiyotni boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabat-larning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishi-ni, ma’lum ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Davlat byudjeti davlatniki bo’lganligi uchun uning nazorat funk-tsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi. Nazorat funksiyasining ob’yektiv ravishda byudjetga xosligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlatning huquqiy asosga egaligini taqozo etadi. Shuning uchun ham davlat byudjeti nazorati o’ta ta’sirchan va samarali hisoblanadi. Davlat bunday nazoratni amalga oshira borib, sub’yektlarning moliyaviy faoliyatiga tezkor ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qo’llashi mumkin. Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bo’lgan nazorat funk-tsiyasi faoliyatning barcha sohalarida davlat tomonidan keng qo’llaniladi. Byudjetni rejalashtirish jarayonlarida va uni ijro etishda sub’yektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni ko’zda
tutadi:
davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish;
mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
moliyaviy (byudjet) mexanizm orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mohi-yatini ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o’zini namoyon etadi.
Davlat byudjetiningtaqsimlash va nazorat funksiyalari o’z harakatlari davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning hajmini ifodalashi bilan xarakterlanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari va ularning miqdoriy para-metrlarini to’g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar davlat byudjetiningtaqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan uni ko’zlangan darajaga etkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana
shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni davlat byudjeti tomonidan sub’yektlar faoliyatiga har tomonlama faol ta’sir ko’r-satadi va o’zida chuqur aloqalarni ifodalaydi. Byudjetdan moliyalashtirishdan to’g’ri foydalangan holda fondlarning shakllantirilishi davlat byudjeti mablag’larini iqtisod qilib, ulardan samarali foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, sub’yektning barcha bo’linmalarida samara-dorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bunga davlat byudjetiningtaqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo’ysun- dirilganda emas, balki u sifat ko’rsatkichlariga ham bog’langandagina erishilishi mumkin. Bu holatda davlat byudjetiningnazorat funksiyasi ham o’z yo’nalishini biroz o’zgartiradi: u faqat fondlarning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi to’g’risida emas, balki ana shu nomuvofiq-liklar sifat ko’rsatkichlariga ham ta’sir ko’rsatganligi to’g’risida signal beradi.
Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida davlat byudjeti mexanizmi vujudga keladi. Davlat byudjeti mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qo’lida to’plash (akkumulyatsiya qilish) va ularni davlat byudjeti kanallari bo’yicha taqsimlashning amaldagi tizi-migina nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarish-ning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda ko’p: soliqlar va byudjetga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular jumlasidandir. Davlat byudjeti mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bo’lgan detal-larning o’zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liq-ligi bilan belgilanadi.
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o’rin egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakl-lantirish orqali davlatning qo’lida katta hajmdagi moliya-viy resurslar to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo’nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojla-nishini ta’minlash maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning hajmi oshiriladi. Boshqa hollarda esa,
o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtiso-diyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalash-tirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Faoliyat ko’rsatayotgan sub’yektlarning moliyaviy barqa-rorligini ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’yektiv va sub’yektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’yektlarning o’z moliyaviy resurslari ularning sog’lom faoliyat ko’rsatishi uchun etarli bo’lmay qolganda chetdan mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarning o’z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foyda-laniladi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat byudjeti yilida davlat byudjetiningxarajatlari tarkibiga kiritish;
moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti kredit-larini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi;
qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xara-jatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, mada-niyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim aha-miyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |