Statik biokimyо



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

OQSILLAR  ALMASHINUVI

  

Nazariy tushuncha:

 

 



Tabiiy  ovqat  mahsulotlari  tarkibida  erkin  aminokislotalar  miqdori  juda  oz  miqdorda 

bo’lganligi  uchun  hayvon  va  odam  organizmida  oqsillar  fermentlar  ta‘sirida  gidrolizlanib, 

aminokislotalarga aylanadi. 

 

Oqsilli  ovqatlar  og’iz  bo’shlig’ida  maydalanib,  so’lak  bilan  aralashib,  hech  qanday 



kimyoviy  o’zgarishga  uchramasdan  ovqat  luqmasi  shaklida  me‘daga  tushadi.  Bu  yerda 

oqsillarning  hazm  bo’lishiga  ta‘sir  ko’rsatuvchi  asosiy  omil  me‘da  shirasi  tarkibidagi  pepsin 

fermenti  hamda  xlorid  kislotadir.  Me‘da  shirasi  tarkibidagi  xlorid  kislota  ovqat  bilan  tushgan 

oqsil moddalarni shishirib, fermentlar ta‘sir etishi uchun qulay holatga keltiriladi. Odatda me‘da 

shirasida  pepsin  fermenti  nofaol  pepsinogen  holida  ajralib,  uning  pepsinga  aylanishida  ham 

me‘da  shirasining  kislotali  reaktsiyasi  muhim  rol  o’ynaydi.  Me‘da  shirasi  uning  devoridagi 

shilimshiq pardada joylashgan asosiy va chegaraviy hujayralardan ajralib chiqadi.  

 

Ovqat  bilan  tushgan  oqsillar  me‘da  shilimshiq  pardasidan  yana  gastrin  gormonining 



ajralishini rag’batlantiradi. Gastrin esa o’z navbatida me‘da shirasi ajralishini qo’zg’atadi. Xlorid 

kislotaning  hosil  bo’lishida  me‘da  shilimshiq  pardasining  hujayralari  qondagi  ishqoriy  muhitni 

kislotali tomonga burish qobiliyatiga ega (pH 7,4 dan 1-2 gacha). Me‘da hujayralari tomonidan 

xlorid kislotaning ishlab chiqarilishi energiya talab qiladigan jarayondir. 

 

Nofaol pepsinogenning pepsinga aylanishida H



+

 ionlari muhim ahamiyatga ega. Shu yo’l 

bilan  hosil  bo’lgan  pepsinning  o’zi  ham  pepsinogenni  pepsinga  aylantirishda  ishtirok  etadi. 

Pepsinning  oqsillarga  ta‘sir  etish  uchun  muhit  reaktsiyasi  1,5  dan  2,5  gacha  bo’lgani  ma‘qul. 

Bunday  muhitni  me‘da  shirasi  tarkibidagi  erkin  xlorid  kislota  ta‘minlaydi.  Odatda  pepsin  oqsil 

molekulasining  ichida,  o’rtalarida  joylashgan  peptid  bog’larini  uzadi,  natijada  kattaligi  bir-

biridan farq qilmaydigan peptid bo’lakchalari hosil bo’ladi.  

 

Me‘da  shilliq  qavatidan  yana  sutning  ivishiga  olib  keladigan  ximozin  nomli  proteolitik 



ferment ishlab chiqariladi. Uning ta‘sirida sutdagi kazeinogen kazeinga aylanadi. Bu oqsil kaltsiy 

tuzlari  ta‘sirida  cho’kadi.  Pepsin  ham  sutni  ivitishi  mumkin.  Lekin  uning  bu  boradagi  ta‘siri 

pepsinga  nisbatan  ancha  kuchsiz.  Yosh  organizmlarda  ximozin  miqdori  kattalardagiga  nisbatan 

ancha-muncha  ko’p  bo’ladi.  Ingichka  ichakka  kelib  oqsillar  va  ularning  chala  parchalanish 

mahsulotlari  peptonlar  va  proteozlar tripsin,  ximotripsin,  karboksipeptidaza, aminopeptidaza  va 

dipeptidazalar  ta‘sirida  aminokislotalargacha  parchalanadi.  Ma‘lumki,  me‘da  osti  bezidan  o’n 

ikki  barmoq  ichakka  hazm  shirasi  ajralib,  uning  tarkibida  tripsinogen,  ximotripsinogen  A, 

ximotripsinogen 

B, 

prokarboksipeptidaza 



A, 

prokarboksipeptidaza 

B, 

ribonukleaza, 



dezoksiribonukleaza  va  amilazalar  bo’ladi.  Barcha  sut  emizuvchilarning  oshqozon  osti  bezidan 

yana elastaza nomli proteolitik ferment ajralishi aniqlangan. Odatda me‘da osti bezidan o’n ikki 

barmoq  ichakka  tushadigan  fermentlar  shu  jumladan,  oqsillarni  parchalovchi  fermentlar  ham 

nofaol  bo’lib,  uning  faollanishi  o’n  ikki  barmoq  ichak  devoridan  ajralib  chiqadigan  sekretin 

moddasi bilan amalga oshiriladi (1902 yildagi Beylis va Starling tajribasi). Keyingi yillarga kelib 

o’n ikki barmoq ichak devoridan yana me‘da osti bezi fermentlarini faollaydigan pankreozimin 

gormoni ham topilgan. 

 

Tripsinogenning  tripsinga  aylanishida  ingichka  ichak  shirasidagi  enterokinaza 



fermentining muhim rol o’ynashini I.P.Pavlov labaratoriyasida aniqlashgan. Me‘da osti bezidan 

ajraladigan  peptidazalarning  nofaol  holda  bo’lishi  muhim  biologik  ahamiyat  kasb  etadi.  Ya‘ni, 

agar bu fermentlar faol holda ajralganida ichak devoridagi ekzokrin hujayralar ularning ta‘sirida 

hazmlanib ketgan bo’lar edi. 

 

Oshqozon shirasi ta‘sirida o’zgarmagan yoki ularning chala parchalanishi natijasida hosil 



bo’lgan polipeptidlar tarkibidagi peptid bog’lari tripsin ta‘sirida gidrolitik yo’l bilan parchalanib 

erkin  karboksil  va  aminogruppalar  ko’plab  hosil  bo’ladi.  Pepsin  fermenti  ham  tripsin  singari 

oqsillar va peptidlardagi peptid bog’larini uzib, ularni parchalanishiga olib keladi. Lekin pepsin 

va  tripsin  bir-biri  bilan  bog’langan  har  xil  aminokislotalar  zanjirini  uzadi.  Oshqozon  osti  bezi 

tarkibidagi  nofaol  holdagi  ximotripsinogendan  har  xil  sharoitlarda  tripsin  yoki  ximotripsin 

ta‘sirida 

-, 


-, 


-  va 


  ximotripsinlar  hosil  bo’ladi.  Agar  oqsil  molekulasi  tripsin  bilan 




gidrolizlanganidan  keyin  ximotripsin  ta‘sir  etsa  parchalanish  yana  davom  etadi.  Demak, 

ximotripsin  tripsin  parchalaydigan  bog’lardan  boshqalarini  uzadi.  Ximotripsinning  eng  osonlik 

bilan  ta‘sir  etishi  tirozin,  fenilalanin  va  triptofanlarning  karboksil  gruppalari  ishtirokida  hosil 

bo’lgan  bog’larga  qaratilgan  bo’ladi.  Ximotripsin  ta‘sirida  ichaklarda  oqsil  va  peptonlarga 

nisbatan ancha kichik molekulali peptidlar hosil bo’ladi.  

 

Xulosa  qilib  aytganda,  oshqozonda  pepsin,  ichaklarda  tripsin  va  ximotripsin 



fermentlarining  ketma-ket  ta‘sir  etishi  natijasida  ovqat  tarkibidagi  oqsillar  turli  darajadagi 

murakkab peptidlarga parchalanar ekan. 

 

Oqsillar parchalanib peptidlarga aylanganigan keyin peptidaza fermenti ta‘sirida keyingi 



gidrolitik  jarayonlar  ro’y  beradi.  Oqibatda  erkin  aminokislotalar  hosil  bo’ladi.  Bu  funktsiyani 

oshqozon osti bezi shirasidagi karboksipeptidaza, ingichka ichak shirasidagi aminopeptidaza va 

qator dipeptidazalar bajaradi.  

 

Shunday  qilib,  oshqozon  ichak  yo’lida  proteolitik  fermentlarning  birgalashib  o’zaro 



kelishgan  holda  ta‘sir  etishi  natijasida  oqsillar  aminokislotalarga  to’liq  parchalanadi.  Oqsillar 

qonga faqat aminokislotalarga parchalanganidan keyingina so’riladi, xolos. Oqsilli ovqat ko’proq 

yeyilganida  qon tarkibida aminokislotalar miqdori ancha ko’payib ketadi. Shu munosabat bilan 

hayvonlarni va odamni sof aminokislotalar aralashmasi bilan boqish mumkin. Demak, organizm 

oxir  oqibatda  oqsillarga  emas  sof  aminokislotalarga  muhtoj  ekan.  Ichaklardan  qonga  so’rilgan 

aminokislotalar qopqa vena orqali jigarga boradi va undan umumiy qon aylanish yo’liga tushadi. 

Oqsillarning  aminokislotalarga  parchalanib,  ingichka  ichakdan  qonga  so’rilmay  qolgan  qismi 

boshqa  so’rilmay  qolgan  moddalarga  qo’shilib  yo’g’on  ichakka  o’tadi.  Ushbu  aralashma 

tarkibidagi  suv  qonga  so’rilib,  qolgan  massa  najas  shaklida  tashqariga  chiqariladi.  Uning 

tarkibida  suv,  hazm  bo’lmagan  ovqat  qoldiqlari,  o’t  pigmentlari,  shilimshiq  moddalar,  chirish 

mahsulotlari,  gazlar,  yog’  kislotalari,  ichak  devorining  epiteliy  hujayralari  va  ko’plab 

mikroorganizmlar  bo’ladi.  Yo’g’on  ichakka  tushgan  har  qanday  modda  u  yerdagi 

mikroorganizmlar faoliyati tufayli parchalanadi. Bu  holat o’txo’r hayvonlarda muhim ahamiyat 

kasb etadi. Chunki ularda ovqatning asosiy qismi shu yo’l bilan hazmlanadi.  

 

Ingichka  ichakda  so’rilmay  qolgan  aminokislotalar  yo’g’on  ichakka  kelib  u  yerdagi 



mikroblar  uchun  oziq  modda  sifatida  xizmat  qiladi.  Mikroblar  yordamida  aminokislotalarning 

parchalanishidan  vodorod,  uglerod-IV-oksidi,  ammiak,  gidrosulfid,  metan  kabi  gazlar,  spirtlar, 

yog’ kislotalari, aminlar va indol, skatol, fenol kabi zaharli moddalar hosil bo’ladi. Bu jarayonni 

ichaklardagi chirish jarayoni deb ataladi. Oqsillar aminokislotalargacha parchalanganidan keyin 

(mikroorganizmlar  ta‘sirida)  dezaminlanish  va  dekarboksillanish  holatlari  ro’y  beradi.  Shundan 

dezaminlanish  jarayonida  aminokislotalarning  amin  gruppasi  ammiak  ko’rinishida  ajralib  turli 

to’yingan  va  to’yinmagan  yog’  kislotalari,  ketokislotalar  va  oksikislotalar  paydo  bo’ladi. 

Dekarboksillanish  natijasida  esa  aminokislotalarning  karboksil  gruppasi  СO

2

  shaklida  ajralib 



turli  aminlar  paydo  bo’ladi,  ularni  proteinogen  aminlar  deb  ataladi  (mikroblar  ta‘sirida 

aminokislotalardan  hosil  bo’ladigan  aminlar).  Bunday  aminlarga  kadaverin,  gistamin  hamda 

tiraminlar  kiradi.  Bu  moddalar  organizmga  zahar  sifatida  ta‘sir  etishi  mumkin.  Proteinogen 

aminlardan  tiramin  qon  bosimini  oshirish  xususuyatiga  ega.  Triptofanning  dezaminlanishi 

natijasida hosil bo’ladigan indol va skatonlar najasga o’ziga xos bo’lgan hid beradi. 

 

Oqsillarda  uchraydigan  aminokislotalar  tarkibi  har  xil  bo’lib,  oqsil  tarkibida 



aminokislotalarning  qay  biri  bo’lishiga  qarab  to’la  qiymatli  va  to’la  qiymatsiz  oqsillarga 

farqlanadi.  Tajribalar  natijasida  shu  narsa  aniqlanganki,  oqsil  tarkibida  uchrovchi  20  xil 

aminokislotalarning  12  tasi  tanada  mustaqil  ravishda  sintezlanishi  mumkin.  Shuning  uchun 

ularni  almashtirib  bo’ladigan  aminokislotalar  deyiladi.  Bular  glittsin,  alanin,  tsistein,  glutamat 

kislota,  glutamin,  aspartat  kislota,  asparagin,  tirozin,  prolin,  serin,  tsitrullin,  arginin  va  gistidin 

(faqat  o’sayotgan  yosh  hayvonlar  uchun  almashinmaydigan  aminokislotalar).  Qolgan  8  tasi  esa 

organizmda  mustaqil  ravishda  sintezlanmaydi  va  shu  bois  ularni  almashtirib  bo’lmaydigan 

aminokislotalar  deyiladi.  Bular:  triptofan,  fenilalanin,  lizin,  treonin,  valin,  metionin,  leytsin, 

izoleytsin.  Barcha  almashtirib  bo’lmaydigan  aminokislotalarga  ega  bo’lgan  oqsillarni  to’la 

qiymatli  oqsillar  deyilib,  ulardan  ayrimlari  bo’lmaydigan  oqsillarni  to’la  qiymatsiz  oqsillar 




deyiladi. To’la qiymatsiz oqsillarga misol qilib jelatina ya‘ni yelimshakni olish mumkin. Uning 

tarkibida tsistin nihoyatda kam miqdorda bo’lishi mumkin. Triptofan va tirozinlar esa butunlay 

bo’lmaydi.  Yana  bu  guruh  oqsillarga  makkajo’xori  tarkibidagi  zein  oqsilini,  bug’doyda 

uchraydigan gliadin oqsilini, arpada bo’ladigan gordein oqsilini va boshqalarni kiritish mumkin. 

To’la 

qiymatli  oqsillar  tarkibidagi  almashtirib  bo’lmaydigan  aminokislotalar 



organizmning  me‘yoriy  o’sish  va  rivojlanishi  uchun  zarur.  Shuning  uchun  o’sayotgan 

organizmlarga  har  kuni  ma‘lum  miqdorda  to’la  qiymatli  oqsil  qabul  qilib  turish  zarur.  To’la 

qiymatli oqsillar asosan go’sht, sut, tuxum, baliq, pishloq tarkibida bo’lib, o’simlik oqsillari esa 

masalan, donlarning tarkibidagi oqsillar to’la qiymatsiz oqsillar deyiladi. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish