Kooperativ tarzda (birgalikda) qaror qabul qilish avvalgi barcha qarashlardan farq qiladi. Ularda sub’ektlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda, mustaqil ravishda o’zlarining individual faoliyatini maksimallashtirish uchun maqsad strategiyasini tanlagan bo’lsa, ushbu oxirgi qarashda ishtirokchilar birdamligi birinchi o’ringa chiqadi. Ishtirokchilar o’zaro moddiy va axborot resurslarini almashib, olingan daromadni o’rtada bo’ladilar. Yangi koalitsiyaning daromadi ikki sub’ektlar daromadining oddiy yig’indisi bo’lib qolmaydi, balki yangi birlashmaning xususiyatlari hisobiga yanada katta bo’ladi. Bu esa emerjent samarasi deyiladi.
Mazkur optimallik printsipida daromadni taqsimlashda bir qator shartlarga rioya qilish talab qilinadi:
har bir ishtirokchi daromad taqsimotida mustaqil faoliyat yuritganda oladigan daromadidan kam ulush olmasligi kerak;
birlashma daromadlari ishtirokchilar orasida qoldiqsiz taqsimlanadi (Paretoga ko’ra optimallik).
Bu talablarning mohiyati shundaki, biron-bir sub’ekt uchun individual ratsionallik printsipi bajarilmasa, uning bunday taqsimotda ishtirok etishiga hojat qolmaydi. Agar Paretoga ko’ra optimallik bajarilmasa, u qandaydir yashirin imkoniyatlar borligidan dalolat beradi.
Shuni aytib o’tish kerakki, amalda, ko’pincha, taqsimotga keng ma’noda qarash kerak ya’ni taqsimotning konkret variantini tanlash uchun qo’shimcha tahlillarga e’tibor qaratish lozim.
Birgalikda qaror qabul qilish bundan avvalgi printsiplarga qaraganda ancha yuqori darajadagi printsipdir. Markaz hududlar bilan axborot, moliyaviy va boshqa resurslarni hamda hamkorlikda qaror qabul qilishni muvofiqlashtirolsa, emerjent samarasini olish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Afsuski, ko’pincha xudbinlik va separatistik tendentsiyalar oqilona fikr yuritishdan ustun turadi, bunda hududiy boshqarishning ijtimoiy texnologiyalari muhim rol o’ynashi kerak.
Xulosa qilib aytganda, ko’rib chiqilayotgan muammo aspektida ijtimoiy texnologiya deganda, barcha hududlar manfaatlarini hisobga olgan holda federal dasturni amalga oshirishga qaratilgan usullar va marosimlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy munosabatlar sohasida ijtimoiy texnologiyaga federal, hududiy va mahalliy byudjet tomonidan yig’ilgan soliqlarni taqsimlashni misol qilishimiz mumkin. Ma’lumki, hududiy va mahalliy byudjet hisobiga katta foizda mablag’ ajratilishi soliq yig’ishni rag’batlantiradi, aksincha, markazning tushumni o’zlashtirishi hududlarning daromadni yashirishiga, oqibatda, federal byudjetdagi kamomadga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |