Soliq akademiyasi


Bunda: TK - tovarlar qoldig’i yil boshi va yil oxiriga



Download 1,17 Mb.
bet3/14
Sana23.03.2017
Hajmi1,17 Mb.
#5134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Bunda: TK - tovarlar qoldig’i yil boshi va yil oxiriga


MT - tovar mahsulot kirimi (ishlab chiqarilgan mahsulot)

ST - jami sotilgan va jo’natilgan tovarlar

INO – inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqchalilik

INK - inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad

(ST=TK) ST=TK yil bosh. + MT-TK yil oxiriga teng bo’ladi. Demak, balansli bog’lanish usulini qo’llashgina tovar mahsulot hajmini to’g’ri o’rganish imkonini beradi.

Xo’jalik faoliyati tahlili ini ayniqsa mehnat resurslari, yer fondi, daromad va xarajatlarni, moliyaviy holatni kabi mavzularni o’rganishda balansli bog’lanish usuli qo’llaniladi, mehnat resurslarini balans uslubi bilan o’rganishda korxonada mavjud bo’lgan mehnatga qobiliyatli yashovchilarni tarmoqlar bo’yicha, ya’ni dehqonchilik, chorvchachilik, yordamchi va sanoat ishlab chiqarishlariga taqsimlanishi balansini tuzush mumkin.

Yer fondi bo’yicha ham korxonalardagi jami qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni ekin turlariga taqsimlanganligi balansi tuzilib tahlil qilinadi. Korxonalarning moliyaviy hisobotining 1-shakli “Buxgalteriya balansi” ham ushbu uslubga asoslanib tuzilgan. Balans ma’lumotlariga asoslanib korxonalarni moliyaviy holati, to’lov qobiliyatga egaligi tahlil etiladi

Demak, balansli bog’lanish usulini qo’llab korxonalarning pul daromadlarini to’lov majburiyatlariga yetarli va yetmasligini tahlil qilish mumkin ekan. Balans usulini moliyaviy va boshqaruv tahlilida qo’llash o’rganiladigan ko’rsatkichlarning bir-biri bilan funksional bog’liqligi yaqin bo’lgandagina ijobiy va to’g’ri natijalar keltiradi.


6. Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli
Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli - ko’proq statistika fanida keng qo’llanilib, tahlilda ko’pgina o’rganiladigan ko’rsatkichlarni o’sish va o’zgarishini hisoblashda ishlatiladi. Mutloq o’zgarish tahlilda har bir o’rganiladigan ma’lumotlarni avvalgi davrlarga nisbatan farqlarini ko’rsatsa, nisbiy ko’rsatkichlar esa foiz, koeffitsiyent, indeksda hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash va o’rganish tartiblari statistika fanida yoritiladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarini qo’llanilishi mehnat haqi fondini sarflanishida o’rganishda ayniqsa ko’proq ishlatiladi.
7. Zanjirli bog’lanish usuli va uning tahlilda qo’llanilishi
Zanjirli bog’lanish usuli alohida omillarning umumiy ko’rsatkichga ta’sir darajasini aniqlashda qo’llaniladi. Xo’jalik faoliyati tahlili ning bu usuli shu paytda qo’llaniladiki, qachonki o’rganilayotgan ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanish funksional xarakterga, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri va takroriy aloqadorlikka ega bo’lsa. Bunda har bir ta’sir etuvchi omilning o’rganilayotgan umumiy ko’rsatkichga ta’sirini topish uslubiy ketma-ketlikka ega. Omillar ta’sirini aniqlashdagi uslubiy ketma-ketlik, qarab chiqilayotgan ko’rsatkichlarnitahlil etishda to’g’ri o’rinlashdan va u yoki bu omilning ta’sir darajasini topishda reja (yoki o’tgan yil) ko’rsatkichlarini haqiqiy (joriy davr) ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirishni to’g’ri belgilashdan iborat. Ko’rsatkichlarni to’g’ri o’rinlash yoki qatorlashda ularning miqdor va sifat jihatlariga ahamiyat beriladi. Ya’ni, analitik jadvallar tuzishda dastlab miqdor ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlar o’rganiladi.

Bazis (o’tgan yil)ko’rsatkichlarini haqiqiy (joriy davr) ko’rsatkichlari bilan navbatli almashtirishdagi uslubiy ketma-ketlik ham yuqoridagi belgilashga asoslanadi. Ya’ni, dastlabki hisob-kitob bo’yicha barcha ko’rsatkichlar bazis (ajasida olinadi. Hisob-kitobning har qaysi keyingi qatori bo’yicha ta’sir etuvchi birlik yangilanadi. Oxirgi hisob-kitob qatori bo’yicha barcha ko’rsatkichlar haqiqatda (joriy davr bo’yicha) olinadi. Oraliq har bir o’zgarish umumiy o’zgaruvchiga ta’sir etuvchi omilning ta’sir darajasini ifodalaydi. Buning uchun shartli aniqlangan ko’zidan oldingi ko’rsatkichdan farqlanadi va ularning qiymat ifodasi topiladi.

Masalan, dehqonchilik mahsulotlarining tannarxi, hosildorlik va bir gektar yerga sarflar normasini o’zgarishi bilan bog’liqdir yoki sarflangan materiallar qiymati sarf normasi va bir birlikning bahosining o’zgarish sabablari bilan bog’liqdir.


Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:


  • moliyaviy va boshqaruv tahlili fani metodining tushunchasi;

  • tahlil metodining o’ziga hos muhim xususiyatlari;

  • moliyaviy va boshqaruv tahlilining iqtisodiy-matematik usullari;

  • tahlilning oddiy-an’anaviy usullari;

  • taqqoslash usuli;

  • guruhlashtirish usuli;

  • mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli;

  • balansli bog’lanish usuli;

  • zanjirli bog’lanish usuli;

  • nazariy o’yin usuli;

  • integral usuli;

  • evrestik tahlil usuli;

  • chiziqli programmalashtirish usuli;

  • indeks usuli;

  • matritsalar usuli;

  • logorifmlar usuli.




Takrorlash uchun savollar




  1. “Metod” so’zining lug’aviy ma’nosi nimadan iborat?

  2. Tahlil fanining metodiga iqtisodchi olimlar qanday ta’rif berishgan?

  3. Moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining metodining o’ziga hos muhim xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Tahlilda qo’llaniladigan usullar qanday guruhlarga ajratib o’rganiladi?

  5. Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli va uning mohiyati haqida tushuncha bering?

  6. Guruhlashtirish usuli to’g’risida ma’lumot bering?

  7. Taqqoslash usuli va uni qo’llash shartlarini tushuntirib bering?

  8. Zanjirli bog’lanish usulining asosiy xususiyati nimadan iborat?

  9. Balansli bog’lanish usulini tahlil jarayonlarida qo’llashning afzalliklarini ko’rsatib bering?

  10. Iqtisodiy matematik usullarga qisqacha izoh bering?


4-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING MARKETING FAOLIYATI TAHLILI
O’rganiladigan savollar:


  1. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab va taklifni o’rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari

  2. Talab va taklifni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

  3. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili

4. Raqobat darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili


  1. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab va taklifni o’rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari

Mustaqillik davrida o’tayotgan har bir kun jamiyatimizning mazmun jihatidan yangilanayotganligidan dalolat berib kelmoqda. Iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok qilish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish, metodologik muammolarini hal qilishga ulgurish qiyin bo’lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy tushunchalardan biri – korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni o’rgangan holda "qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun ishlab chiqarish kerak va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur" tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishligi lozim. Buning uchun ular bozorni chuqur o’rganishlari, marketing sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ega bo’lishlari talab qilinadi. Bozor to’g’risida qanchalik ko’p ma’lumotga ega bo’lishlik, raqobatchilar, iste’molchilarning xarid qobiliyati, o’xshash tovarlar hajmining o’zgarib turishi hamda shu kabi boshqa muammolarni batafsil axborotlar to’plash va ularni atroflicha tahlil etib turish muvaffaqqiyatlar garovi, foyda ko’rib ishlashning muhim shartlaridan sanaladi.

Korxona bozor mexanizmi va konyukturasini batafsil hamda tahlil qilgan holda o’z imkoniyatlarini yo’lga qo’yishning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy shartlarini tuzib chiqadi. Bu esa yaqin va uzoq davriylikda faoliyat yuritishning yo’lnalishlarini belgilash hamda uning rejasini tuzib chiqishni xarakterlaydi. Rejali asosda ishlab chiqarishni boshqarish ham bevosita bozor regulyatori elementlari ta’sirida yo’lga qo’yiladi. Tahlilda asosiy e’tibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Bozordagi ahvol va uning o’zgaruvchanligi, talab va taklif darajalari, bozor sohiblari va ularning mavqei, faoliyatni yo’lga qo’yishning imkoniyatlari keng qamrovda o’rganiladi.

Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar bilan to’yinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oraliqda o’zgaruvchanlik ehtimollari, tovarlar narxining o’zgaruvchanligi, eng yuqori foydaliligi, muvozanatlashgan ko’rsatkichlar va ularning o’zgarishlariga baho beriladi.

Bozor sharoitida iste’mol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash va uning pul-tovar muomalasi tufayli ro’yobga chiqadi. Buning uchun oldi-sotdi, xaridor-sotuvchi pog’onalaridan o’tib, bir qator shakllarni boshdan kechirmoYoi zarur, ya’ni, ehtiyoj-talab- iste’mol. Demak, bozorni talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi.



Talab deb, - bu eng avvalo biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo’lishi va uni pul bilan ta’minlashidir.

Taklif esa, - bu muayyan paytda bozorda bo’lgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bo’lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.

"Ekonomiks" mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Chunki iste’molchilar o’z pul daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan tarzda sotib olishlari va shular bilan o’z iste’mollarini ixtiYoriy qondirish imkoniga ega bo’lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal qiluvchi kuch beradi.

Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan xizmatlarga bo’lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga qaratilgandir.

Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni o’rgangan holda unga to’g’ri baho berishlari kerak. Buning uchun bozorlarda tekshiruv ishlarini yoki bo’lmasam ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o’rganish lozimdir.



Bozorni o’rganishda moliyaviy va boshqaruv tahlili fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Qanday mahsulot ishlab chiqarish lozimligini belgilaydi;

  • Qancha miqdorda ishlab chiqarish kerakligini ko’rsatadi;

  • Korxonaning kelajakda yaratish kerak bo’lgan mahsuloti to’g’risida ma’lumot beradi;

  • Foyda olish va uni hajmini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatadi va hakozolar.

Hukumatimiz tomonidan qabo’l qilingan va amalda qo’llanilayotgan qonunlarimiz Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan turli mulk shaklidagi korxonalarni to’liq erkin holda ish yuritishni ta’minlamoqda. Bu esa ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish yo’nalishlarini o’zlari belgilab olishlariga imkoniyat yaratadi. Demak, erkin bozor iqtisodiyotida korxonalarning katta daromad olishlari o’z harakatlariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, belgilangan muddatlarda sotib, pul tushumlari barcha xarajatlarni qoplab mo’maygina foyda ko’rish bosh maqsad bo’lib qolmog’i lozim.

Ushbu ijobiy taraflarni e’tiborga olib korxonalarning bozordagi talab va taklifni o’rganib ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi muhim axamiyatga egadir.

Marketing konsepsiyasiga ko’ra har bir faoliyat yurituvchi korxona muvafaqqiyatga erishish uchun eng avvalo iste’molchilarning tilaklarini nazarda tutishi kerak. Bu esa ularga mos tushadigan tovarlar ishlab chiqarishni taqozo etib, quyidagi qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi:


  1. Xaridorlarni tushunish va ularni qiziqtirgan doirani aniqlash;

  2. Tovar va xizmatlarning mulkchiligini ta’minlash;

  3. Tovarlar haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazib berish.

Yuqorida keltirilgan qoidalar marketingning to’rt aksiomasiga asoslanadi:

  • "Qiziqtirish muvaffaqiyat garovi"

  • "Raqobat tanlashni rag’batlantiradi"

  • "Tanlov qiyinchilik tug’diradi"

  • "Tanlovdagi raqobat tovarni takomillashtiradi"

Talabni o’rganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko’ra turlarga ajratish usullarini ishlab chiqgan. Shu bilan birga ularni psixologik taraflarini e’tiborga olib tahlil qilish keng rivojlanmoqda.

2. Talab va taklifni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish