Sohaviy atamalarning va so'zlarning


«O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI



Download 25,68 Kb.
bet5/7
Sana02.03.2022
Hajmi25,68 Kb.
#478149
1   2   3   4   5   6   7
«O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»
«O`zbek tilining zid ma’noli so`zlar o`quv izohli lug`ati» maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at U.To`rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so`zlarni strukturasiga ko`ra quyidagicha tasniflashgan:

  1. har xil o`zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

  2. bir xil o`zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug`atda zid ma’noli so`zlar juftlashtirib berilgan:
aniq-noaniq axloqli-axloqsiz bahorgi-kuzgi kabi. Bunda bir so`zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so`z zidlanishi mumkin:

abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og`zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.
Agar so`z ko`p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so`zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:
ajraldi – qo`shildi; yarashdi kabi.
«O`ZBEK TILINING O`QUV TOPONIMIK LUG`ATI»
«O`zbek tilining o`quv toponimik lug`ati» joy nomlari bo`yicha tuzilgan va o`qish-o`rganish jarayoni uchun ko`proq foydali lug`at sanaladi. O`quv toponimik lug`at respublika, viloyat, shahar, tuman, vodiy yo voha, qishloq yo bir necha qishloqlar guruhi bo`yicha tuzilishi mumkin. Respublika yoki voha, bir necha viloyatlar toponimlarining izohli lug`atini tuzish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu lug`at namunasi T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1500 dan ortiq so`zni o`z ichiga oladi.
O`quv toponimik lug`ati uchun, eng avvalo, joy nomlari so`zligi tuzilgan. Eng muhim oykonim, gidronim, oronim tanlangan. Har bir toponimning hozirgi davrda qanday jo`g`rofiy obyektning nomi ekanligi aniqlangan. Nomning sarhadlari belgilangan. Yangiqishloq, Yangiobod, Jartepa, Kattaqishloq, O`rtaqo`rg`on, Uchtepa, Oqtepa, Qoratepa kabi nomlar har bir viloyatda, tumanda bo`lishi tabiiy. Lug`atda bu tur va ko`p uchraydigan nomlarning tarqalish hududi (viloyat, tuman)ni ko`rsatish shart qilib qo`yilmagan, lekin qanday obyektning nomi ekanligini zikrlash lozim topilgan: Qiziltepa qishloq; Amudaryo daryo, tuman; Oyqor tog`.
O`quv toponimik lug`ati ilmiy, amaliy, ma’naviy, tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan narsa nomining izohini jamlagan. Til umumxalq leksikasining izohli, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nolilik, birikuvchanlik va boshqa tur lug`atlarda so`zning hozirgi davrdagi ma’nolari, nutqda qo`llanilishi bilan bog`liq lisoniy-nutqiy holatlar, ma’noviy xususiyatlar bayon qilinadi. Toponimik izohda esa nima uchun shu obyekt shu nom bilan atalgan degan savolga javob berilishi lozim. Bu savolga yaqinda yo yaqin o`tmishda yuzaga kelgan toponimlar misolida aniqroq, ma’qulroq, tushunarliroq, ishonchliroq javob berish, topish mumkin: Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq, Yangibozor nomlaridagi yangi so`zining ma’nosi yangi ko`ylak, yangi ro`mol kabi birikmalar tarkibidagi yangi so`zi ma’nosi bilan teng emas. Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq nomlari XX asrning 50–60-yillarida yuzaga kelgan. Yangibozor nomi o`tgan asrning oxirida yaraldi. Bu nomlarda yangi so`zining ma’nosi yo`qolgan, undan keyin yaralgan qishloq, ariq, bozorlar boshqa nomlar bilan atalganligi ma’lum. Yoki Navkat, Novqat, Denov, Shahrinav, Yangikent nomlari bundan bir necha yuz yillar oldin paydo bo`lgan. Bu nomlarda yangi, nav (tojikcha, yangi) so`zlarining ma’nosi nisbiy, yaralgan vaqtda “yangi” ma’nosida bo`lgan, hozir bu ma’no yo`qolgan, lekin nom tarkibida bu so`zlar qotib qolgan.

Download 25,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish