Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
61 
Inson ko’nikkan va to’g’ri deb bilgan narsalariga tajovuz qilinsa, u darhol himoyaga 
o’tadi. Shunday qilib, oilada kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Bu holat yosh oilalarga 
ko’proq aloqador. Vaqt o’tib, umr yo’ldoshlar bir-birlariga ko’nikadilar va o’zaro 
umumiy qadriyatlar va odatlar hosil bo’ladi. Bungacha bo’lgan “moslashish muddati”da 
ikki tomon ham bir-biriga hurmat saqlasa, keyinchalik bundan o’zlari mamnun bo’ladilar. 
Men sizga avvalgi bayonda baxtli turmush sirini aytgandim: 
siz umr 
yo’ldoshingizni baxtli qila olmaysiz – siz uning baxtli bo’lishiga halal bermasangiz 
bo’ldi
. Uni rashk qilib yoki uni o’zgartirishga intilib, siz uning ko’ngliga qarshi ish qilasiz 
va u baxtsiz bo’ladi. Siz o’zingiz qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qolishga haqlisiz 
– turmush o’rtog’ingizni ham ana shunday huquqidan mahrum qilmang. Birga baxtli 
yashash uchun talab va shartlar bajarilishi emas – ikki odam bir-birining ko’nglini bilishi 
darkor. 
Farzandingizga odamlarga mehribon bo’lishni o’rgatishni eng yaxshi yo’li – umr 
yo’ldoshingizga mehr ko’rsatib namuna bo’lish. Ikkingiz bir-biringizni shartsiz seving – 
umr yo’ldishingiz qadri uning topgan puli, kiygan kiyimi, tayyorlagan ovqati, pardozi, 
aytgan shirin gaplari, sizni rashk qilish-qilmasligi yoki boshqa tashqi belgilar bilan 
o’lchanmaydi. Uning qadri – uning mukammal shaxsiyatida, uning beg’ubor qalbida. 
Qadrni o’lchash, chamalash, himoya qilish, tushirish yoki oshirish emas – uni, shunchaki, 
bilish kerak. 
Bo’ldi. Endi kitobni yopib, bir soat dam oling. Oldinda bizni muhabbat va do’stlik 
haqidagi suhbatlar kutyapti. Ularni eshitishga shijoat to’plab qayting. 


 
62 
Sevgi – bu sevilish emas 
Sevmoq – bu osmonga uchmoq demakdir 
Har gal qayta yerga qulamoq uchun 
Sevgi – bu urishdan tongan yurakdir 
Sevish – bu afyundir, sevilish – afsun 
Sevgi – juda oddiy tushuncha. 
Ammo, odamlar, nimagadir, uni doim murakkablashtirib ko’rsatishga, undan 
muammo yasashga harakat qiladilar. 
Bilasizmi, nimaga sevgi atrofida buncha ko’p tashvish mujassam? Chunki 
muhabbat – eng shartsiz bo’lishi kerak bo’lgan tuyg’u, lekin biz unga doim shart 
yuklaymiz. Aslida sevgi shoirlar uni ta’riflagandek azobli, zolim, hijronli, olovli, otashin 
va yana qandaydir og’riqli emas. Odamlar bu tuyg’u bilan taqdirlanishganda uni tobelik 
munosabatiga aylantirishga urinib, undan o’zlari anduh yasab oladilar. 
Sevgi – ikki qalb muomalaga kirishgan holat. Qalbingiz uncha-munchaga o’z 
sarhadlarini boshqa qalbga ochib bermaydi. Ammo u o’z hamrohini topib, unga ochilsa 
– unda tamoman hech bir cheklanish va himoyasiz ochiladi. Chindan sevgan odam 
mutlaqo ojiz bo’lib qolishi ana shundan – o’zini qo’rqmasdan boshqa qalb egasiga ishonib 
topshiradi. 
Sevgi – aqlning hukmidan tashqari tuyg’u. Aql qiziqish, ishtiyoq, masrurlik kabi 
hissiyotlarni uyg’otishi mumkin – biroq uning ishq ustidan hokimiyati yo’q. Sevgi aqlni 
yengib, odamni uning izmidan olib chiqib ketishga qodir bo’lgan kuch. Shuning uchun 
ham aql unga qarshi astoydil kurashadi. 
Biz ana shu talvasaga tushib qolgan aqlning gapiga kirib, o’z sevgimizni azobga 
to’ldirib tashlaymiz. U bizni rashk qilishga, javob sevgi talab qilishga, arazlashga va 
boshqa achinarli xatti-harakatlarga undaydi. 
Sevgining ko’zi ham ko’r emas. Sevgi boshqa odamning xato va kamchiliklarini 
hammadan ham yaqqol ko’rib, anglab turadi. Ammo u boshqa odamning qalbini sevadi 
– uning aqliga tegishli bo’lgan nuqsonlarga esa e’tibor bermaydi. Chunki sevgi inson 
qadri uning xatolardan holi qalbida mujassam ekanini biladi. 
Agar siz sevgan odamingiz kamchiliklarini ko’ra bilmayotgan bo’lsangiz – demak, 
siz sevmaysiz. Siz boshqa odamni 
ilohiylashtirasiz
, xolos. Bu esa sof holdagi tobelik 
munosabati. Agar sevgilingizni iloh darajasiga ko’tarib qo’ysangiz – siz endi unga tobesiz 
degani emasmi? 
Har kim umrida bir bora bo’lsa ham kimnidir sevadi. Buni u tan oladimi, anglab 
yetadimi yo’qmi – har holda sevgi har kimga beriladi. Ishqimiz tushgan odam bilan birga 
bo’lishga intilish – tabiiy holat. U bilan yonma-yon ko’ngil xotirjamligiga erishamiz. 
Ammo har doim ham bu maqsadga to’g’ri yo’ldan bormaymiz. Sevgini tobelik 
munosabatiga aylantirishga intilishimiz biz va sevgan odamimizga jabr yetkazishi 
mumkin. 
Boshqa odamni sizni sevishga majburlay olmaysiz. Majburlash yo’li bilan nafratga 
erishishingiz mumkin, xolos. Buni, anglashimcha, hamma biladi. Siz sevgan odamingizga 
unga 
erkinlik
beribgina erishishingiz mumkin. Sevgan odamingizga erishishning eng 
asosiy siri 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish