4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Burchak deb nimaga aytiladi?
2.Burchak bissektrisasi deb nimaga aytiladi?
3. Burchaklarni qanday taqqoslaymiz?
4. Burchaklarni qanday o`lchaymiz?
5. Transportirdan qanday foydalanamiz?
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Burchaklarning gradus o‘lchovi transportir deb ataladigan asbob yordamida o‘lchanadi. Transportir bilan quyi sinflarda tanishgansiz.
Uning shkalali yuqori qismi chiziqchalar bilan 180 ta teng bo‘lakka bo‘lingan bo`lib, har bir bo‘lak bir gradusni anglatadi. AOB burchakning kattaligi 60 gradusga teng va bu AOB=60° tarzda yoziladi. Ravshanki, bir xil gradus o‘lchoviga ega burchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |