Sho’r suvlarni chiqarish avtomatik klapanlari; 10-diafragmali aralashtirgich; 12-tindirgich; 15-ko’rish oynasi



Download 2,04 Mb.
bet8/19
Sana03.02.2023
Hajmi2,04 Mb.
#907414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
курилмалар технологик баёни ва схемалари

Harakatchan qatlamli riforming teхnologik tizimi (CCR-riforming)
1-3-reaktorlar, 4-katalizator regeneratori; 5,6-yuqori va past bosimli separatorlar; 7-barqarorlashtiruvchi kolonna; 8-ko’p seksiyali pech; 9-12 nasoslar; 13,14-issiqliq almashtirgichlar; 15,16- sovutgichlar; 17-idish; 18-pech; 19,20-kompressorlar; 21-havoli sovutish apparati; I-хom ashyo (benzin 85-1800 S); II-regenerasiyalanishga yuborilgan katalizator; III-regenerasiyalangan katalizator; IV-gaz хom ashyoli aralashma; V-gaz mahsulotli aralashma; VI- aylanib turadigan vodorod saqlangan gaz; VII-ortiqcha vodorod saqlangan gaz; VIII-quruq gaz; IX-suyuq gaz va yengil riformat aralashmasi; X-barqaror riformat; XI-kondensat.


Pentan va geksanlarni katalitik izomerlash jarayoni tavsifi


Katalitik izomerlash jarayoni yuqori oktanli benzin komponentlari hamda neftkimyo sanoati uchun xom ashyo olishga mo’ljallangan. Jarayon xom ashyosi sifatida n-butan, boshlang’ich qaynash temperaturasi – 520C bo’lgan yengil tug’ridan-to’g’ri haydashdan olingan fraksiyalar, katalitik riforming rifinatlari, n-pentan va n-geksan yoki ularni gazlarni fraksiyalash vaqtida ajratilgan aralashmalari ishlatiladi.
Asosiy katalizatorlar sifatida Fridel-Kraft katalizatori, vol’fram sulfidli, bifunkcional, nodir metalli ceolit tarkibli va kompleks katalizatorlar qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda platina yoki palladiyli bifunksional katalizatorlardan foydalanish keng tarqalgan. Izomerlash jarayoni rejimi qo’llaniladigan katalizatorga bog’liq holda har hil intervallarga o’zgarishi mumkin:
Temperatura , 0C 0 - 480
Bosim, MPa 1,4- 10,5 Homshyoni hajmiy uzatish tezligi, soat-……………………..1,0 -6,0
Vodorodni xom ashyoga mol nisbati -------------------(2- 6) : 1
Jarayonda izomerizatning chiqishi 93-97% (mass.), oktan soni esa 88- 92(tadqiqot usulida) teng. Yonaki mahsulot quruq gaz bo’lib, yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Izomerlash qurilmasi rektifikatsiya va izomerlash bloklaridan tuzilgan: rektifikciyalash blokida izomerlashga yuboriladigan xom ashyo oldindan pentan va geksan fraksiyalariga ajratiladi, shundan so’ng olingan mahsulotni barqarorlashtish orqali undan tayyor izopentan va izogeksanlar ajratiladi. Izomerlash blokida izomerizatlar olinadi.
Quyidagi 18-rasmda tarkibi – 27,5% (mass.) izopentan, 44% (mass.) n- pentan va 26,2% (mass.) izogeksanni ftor bilan promotorlangan alyumoplatinali katalizotor orqali olishdagi izomerlash qurilmasi texnologik sxemasi keltirilgan (xom ashyo boshlang’ich qaynashi – 620C dagi fraksiya).
Xom ashyo (boshlang’ich fraksiya va resirkulyatsiyalanuvchi pentan izomerizati aralashmasi) 17-absorberdan to’yingan absorbent bilan birgalikda 8- rektifikatsion kolonnaga ajratishga kiritiladi. Izopentan fraksiyasi 8-kolonna yuqorisidan ajratiladi va keyingi rektifikatsiya uchun 5-butan kolonnasiga o’tkaziladi, 8-kolonna pastki mahsuloti 9-pentan rektifikatsiya kolonnasiga kiritiladi. 9-kolonna yuqorisidan olinuvchi tarkibi 91% (mass.) atrofidagi n- pentndan iborat pentan fraksiyasi vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirilib, 6- issiklik alamashtirgichda isitiladi va so’ngra 12-quvurli pechda qizdirilib, 11- izomerlash reaktoriga tushadi. Pentan kolonnasi pastki mahsuloti 10-izogeksan kolonnasiga ajratishga yuboriladi.
Reaksiya mahsulotlari 6-issiqlik almashtirgichda 7 va 3-sovitkichlarda sovitiladi so’ngra 2-separatorga tushadi. Separatordan sirkulyatsiyalanuvchi gaz 14-adsorberga yuboriladi, izomerizat esa 16- kolonnada barqarorlashtirishdan so’ng xom ashyo aralashmasi bilan aralashgan holda 8-rektifikatsion kolonnaga jo’natiladi.
Katalizatorni kislotalik funktsiyasini saqlash uchun toza vodorod va sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz oldindan 14-adsorberda NaA tipdagi seolitlarda quritishdan o’tkaziladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gazdagi vodorod kontsentratsiyasi 80-85% (hajm) ni tashkil etadi. Jarayonda vodorodni sarfi xom ashyoga nisbatan 0,1-0,3% (mass.) ni tashkil etadi. Katalizator yuza qavatida hosil bo’lgan koksni har 3-4 oyda kuydirish yo’li bilan qayta tiklanadi.
Izopentan 17-absorberda barqarorlashtirish gazlaridan ajratiladi, bunda absorber yuqorisidan geksan fraksiyasi «to’yintirish» hosil qilish uchun beriladi.
Qurilma asosiy mahsuloti 95% (mass.) tozalikdagi izopentan hisoblanadi. Pentan fraksiyasini izomerlashdan so’ng boshlang’ich distillyat oktan soni 79 dan 90 gacha (tadqiqot usulida ) ko’tariladi. Umumiy holda yengil fraksiyalar oktan sonini izomerlash yordamida 15-20 birlikka oshirish mumkin.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish