Davlat funksiyalari
Har bir davlat u yoki bu vazifani bajaradi.
Davlatning funksiyasi, uning vazifalari va maqsadlari
bilan mus tahkam bog‘liqdir. Davlatning maqsad va
vazifalari o‘zgarar ekan, uning funksiyalari mazmuni
ham o‘zgaradi. Davlatning asosiy funksiyalari davlat
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatning funksi-
yalari – doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, ular
o‘z navbatida ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Davlatning funksiyasi – bu davlat oldida turgan
vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoli-
yatining asosiy yo‘nalishlari harakatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |