ga tadbiq etish uchun rejalashtirish kerak. So‘ng uni ijrochilar hukmiga
havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul qilish va ijrosini nazorat
qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda boshqarishning
maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati, mas'ul
shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish
demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivo-
jlantirish maqsadini va bunga erishish vosita, yoMlarini belgilashdir.
Bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar ketma-ketligi, bajarish
muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish lozim bo‘lgan
sohalarni m a’lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida
amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog‘liq ha-
rakatlar o‘zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish
mumkin. Bu esa o ‘z navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat
va munosabatlami ongli va qat’iy tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda
yagona maqsadga erishish mumkin btvladi.
Rejalilik - bu ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham pedagogik faoliyat sohasini
boshqarishning asosidir. Rejaviylik - asosiy tamoyil. Rejali topshiriqlar
barcha xizmatning natijaviyligini aniqlash uchun xizmat qiladi. ’
Rejalashtirishning mohiyati faoliyatning asosiy turlari va aniq ijrochi-
lari va rejalashtirish muddati bilan bog‘liq chora-tadbirlarni aniqlashga
xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rejalashtirishning maq-
sadi bir tomondan m a’ muriy va pedagogik jamoaning, ikkinchi tomondan,
tarbiyalanuvchilar jamoasi harakatlari birligini ishlab chiqishda namo-
yon bo‘ladi. Rejalashtirishning maqsadi vazifalari bilan aniqlashtiriladi.
Aynan vazifalar aniq maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida amaliy
va “ko‘ngilli” maqsadni qo‘yadi.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarda k o ‘rinadi:
1) tarbiya masalalari va o‘sib kelayotgan avlodni o ‘qitish ishlari
bo'yicha davlat organlari qarorlari ijrosini ta'minlashda;
2) pedagogik jamoa faoliyatidagi asosiy masalalarni ajratib ko‘r-
satishda;
3) aniq chora-tadbirlar, ularni ijro etish muddatlari va mas'ullarini
aniqlashda;
4) alohida ijrochilami ularning faoliyatini ilmiy asoslangan reglament-
lash
yoMi bilan tartiblashtirishda;
248
5) jamoa a’zolarida mas’uliyatlilikni tarbiyalashda.
Rejalashtirishga kirishish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mu
diri butun ta’lim muassasasi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga imkon
beruvchi asosiy qoidalarga tayanishi zarur. Rejalashtirish tamoyillariga
quyidagilami kiritish mumkin:
1. Rejalashtirining
ilm iyligi
rejalami boshqaruvning ilmiy uslubologik
nuqtayi nazariga asoslangan holda tuzishni talab etadi. Bu erda rejadagi
asosiy nuqtayi nazaming aniqligi, uning hayotiyligi, rejalashtirilayotgan
chora-tadbirlarni o ‘tkazishning pedagogik maqsadga muvofiqligi va
zarurligi muhimdir;
2.
IstiqbGlliUk
rej alashtirish g ‘ oyasining o‘zida aks ettirib, ya’ni nafaqat
yaqin va olis kelajak, balki aniq maqsad va vazifalarga yo‘naltirilganlikni
hisobga olib, maqsadga qaratilgan tarzda ishlashni talab etadi. Istiqbolli va
oraliq rejalashtirishni uyg'unlashtirish ta’limiy vazifalami bir necha yilga
m o‘ljallab qo‘yish, ulardan qanchasini bir yilda hal qilib bo‘lmasligini
aniqlashni talab qiladi;
3. Ishni real rejalashtirish sharoitida aniq
Do'stlaringiz bilan baham: