Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

M aktabgacha ta’limda
 
qoilaniladigan  o ‘yinlar
 
va ularni tashkil etish
 
uslubikasi
Maktabgacha ta’limda qo'llaniladigan bolalar 
o'yini  o'zining  mazmuni,  xususiyati,  tash  kil 
etilishiga  ko'ra  xilma-xildir,  umumlashtirgan 
holda,  uni  ikki  guruhga tasniflash mumkin:  1) 
ijodiy o'yinlar; 2) qoidali o'yinlar.
223


Ijodiy o'yinlami  bolalar o'zlari  o’ylab topishadi.  Unda oldindan belgi­
langan qoidalar bo‘lmaydi. 0 ‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o ‘yin jarayonida 
belgilashadi.  Ijodiy  o‘yinlarga  syujetli-rolli  o'yinlar,  sahnalashtirilgan 
o‘yinlar,  qurilish-yasashga doir o'yinlar kiradi.
Syujetli-rolli  o'yin
  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra  aks  ettiruvchi  faoliyatdir. 
Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin 
mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o'yinlarningo'ziga 
xosligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. 
Buning uchun albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha 
tasavvurga  ega  boTishi  lozim.  Masalan,  bolalar  “parovoz”  o‘yinini 
o‘ynashmoqchi  bo‘lishadi.  Bunga  o‘yinning  qanday  borishi  to‘g‘risida 
syujet  (voqeaning  borishi)  kerak.  Syujet  bolalarning  bilimiga  bog‘liq 
bo‘ladi.  Bolada  aw al  g‘oya tug‘iladi,  keyin mazmuni  rivojlanadi.  Ba’zan 
bolalar  o‘yinning  qanday  borishini  oldindan  belgilab  oladilar.  Masalan, 
ular orasidan kim “parovoz” bo‘lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi, 
qayerga borganda navbat almashishlarini oldindan kelishib olishadi.
Syujetli-rolli  o‘yinlarda  tarbiyachi  yetakchi  rol  o‘ynaydi.  Tarbiyachi 
bolalarning qiziqishlarini  diqqat bilan kuzatib,  ularning ijobiy tomonlarini 
rivojlantirish  uchun  sharoit  yaratishi  va  bolalarni  kerakli  yo‘nalishda 
tarbiyalab  borishi  lozim.  Tarbiyachi  syujetli-rolli  o‘yinlarga  rahbarlik  qi- 
lishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
1) bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilish va har 
doim kuzatib borishi lozim;
2)  tarbiyachi  bolalarning  o‘yin  davomidagi  muloqotlari,  xatti-harakat- 
larini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning 
qiziqishlari,  xohish-istaklarini bilib  olib, ularni to‘g ‘ri yoTga solish,  ijobiy 
xususiyatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi;
3)
 syujetli-rolli o‘yinlami o ‘ynash uchun 
m a ’lum  jo y  
ajratish lozim;
4)  o‘yin jarayonida  kerak  bo‘ladigan  o ‘yinchoqlarni  bolalar  mustaqil 
o‘zlari  yasashlari  uchun  ularga  kichkina  yog‘och  bo‘laklari,  mix,  loy, 
qog'oz.  karton, bo‘yoq va kerakli  asboblar -  bolg'acha,  qo‘1  arra,  qaychi, 
pichoq  kabilami  berish  kerak.  Biroq  o‘yinchoqlar  yasash  ustida  ishlash 
faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi lozim;
5)  o‘yin  mavzusini  tanlashga  yordam  berish  bolalarni  o‘ynashga 
o‘rgatish  usullaridan  biridir.  Tarbiyachi  bolalarning  rolli  o‘yinlari  mav­
zusini  boyitibgina  qolmay,  balki  uning  syujetini,  mazmunini  boyitish
sto‘g ‘risida ham o‘ylashi kerak;
224


6) 
tarbiyachi  hamma  bolalarning  o'yinga qatnashishlari  ustida g‘am- 
xo‘rlik qilishi  kerak.  0 ‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari  bilan 
kelisha olmay qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy 
echishga o'rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan  о ‘yinlar
  bolalar  biror  ertak  yoki  hikoya  syujeti 
asosida m a’lum  bir rolni bajarishiga,  o‘yin jarayonidagi  personajlaming 
aytadigan  so‘zlarining  yod  olinishiga  asoslangan  bo"lib.  bolalarda  iro- 
da,  intizom,  o ‘z  harakatlarini  boshqalarning  harakatiga  muvofiq  amal­
ga  oshirish  kabi  sifatlarni  tarbiyalashda  samarali  vosita  sanaladi.  Sah­
nalashtirilgan  o‘yinlami  tashkil  etish  quyidagi  bosqichlarni  o ‘z  ichiga 
qamrab oladi:
I  bosqich.  Sahnalashtirish  uchun  badiiy  asarni  tanlash.  Badiiy  asami 
tanlashda  quyidagi  talablarga rioya  qilish kerak:  1)  ertak yoki  hikoyada 
qatnashuvchilar  soni  ko‘p  bo‘lishi  kerak;  2)  asaming  nafaqat mazmuni, 
balki unda harakatlarning ham turfa xil  bo'lishiga e’tibor qaratish lozim;
3)  asar ifodali  o'qishga mos  bo'lishi kerak;  4) asar mazmuni  qiziqarli va 
emotsional bo‘lishi zarur;  5)  asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II  bosqich.  Sahnalashtirish  uchun  tanlangan  ertak  yoki  hikoyaning 
mazmunini o ‘qib berish.
III  bosqich.  Asaming  bolalar  tomonidan  eslab  qolinishiga  erishish: 
qayta  o'qib  berish,  har  bir  bolaning  aytadigan  gaplari  ustida  individual 
ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich. 0 ‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga 
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to’g'ri  amalga 
oshirish.
Sahnalashtirilgan  o'yinlar  bolalarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga 
olgan  holda oddiydan  murakkabga  qarab  yo'naltirib  borilishi  maqsadga 
muvofiq.  Masalan,  o'rta  guruh  uchun  asosan  harakatni  aks  ettiruvchi 
asarlar  tanlansa,  katta  guruh  bolalari  uchun  esa  asar  qahramonlarining 
ancha  murakkab  munosabatlari,  ularning  kechinmalari,  qayg'ulari  aks 
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Bolalarning  qurilish,  buyum  yasash  o'yinlari  rollarga  bo'linib  o ‘y- 
naydigan  o'yinning  tarkibiy  qismidir.  Biror  narsani  qurish  bolalarning 
o 'z  fikrlarini  ro ‘yobga  chiqarish  usulidir. 

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish