Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Ta’limning amaliy 
Ta'limning amaliy uslubi tarbiyachiga bola- 
uslublari 
laming turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil
etish,  yangi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  egallab  olishiga  yordam 
beradi.  Ta’limning  amaliy  uslublari  orqali  bolalar  narsa-buyumlarning 
o'ziga tanish bo'lmagan xususiyatlarini bilib oladilar. Amaliy uslublar ona 
tili vachettili, rasm chizish, raqsga tushish, konstruksiyalash, qoT mehnati, 
matematikani  o‘rgatishda  keng  foydalaniladi.  Masalan,  bolada  elemental" 
matematik  tasavvurlar  narsa-buyumlar  guruhi  bilan  amaliy  faoliyatni 
tashkil  etish asosida shakllanadi. Asosiy amaliy uslublarga mashq,  tajriba, 
modellashtirish kiradi.
Mashq  -
  bolaning  belgilangan  mazmundagi  aqliy  yoki  amaliy 
harakatlami  ko'p  marta  takrorlashidir.  Mashqni  bajarish  tufayli  bolalar 
turli  aqliy  faoliyat  usullarini  egallaydi,  ularda  xilma-xil  o ‘quv  va  amaliy 
ko‘nikmalar shakllanadi.
Maktabgacha  ta’lim  mazmunining  katta  qismini  bola  bevosita  mashq 
yordamida  o'zlashtiradi.  Kuylash,  raqs  tushish,  asosiy  va  sportga  doir 
harakatlarni  bajarish,  to‘g‘ri  va  ravon  gapirish,  rasm  chizish  uchun  bola 
mazkur ko'nikmalarga muvofiq keluvchi harakat usullarini egallashi zarur.
218


Ko‘pgina  mashqlar  predmetli  tavsifga  ega  bo‘ladi,  y a’ni  ulami  bajarish 
narsa-buyumlar,  o‘yinchoqlar,  didaktik materiallardan foydalanishni talab 
etadi.
Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarni  o‘qitishda  xilma-xil  turdagi 
mashqlardan  foydalaniladi.  M a’lum  bir holatda  bolalar  pedagogga taqlid 
qilgan  holda  mashqni 
(taqlidga  doir  mashqlar
)  bajarishadi.  Bunday 
mashqlarga artikulyatsion apparatni rivoj-lantirish,  madaniy-gigienik ko‘- 
nikmalami  mustahkamlovchi  mashqlami  kiritish  mumkin. 
Konstruktiv
 
mashqlar
  orqali  bola  avval  o‘zlashtirgan  harakat  usullarini  yangi  maz- 
munga ko‘chirib o‘tkazadi. Masalan, bolalar dastlab doira chizishni mashq 
qilishadi,  so‘ngra  ularga  havo  sharini  chizish  taklif  etiladi.  Bola  aw al 
egallagan  bilim  va  ko'nikmalarini  birlashtirishini  talab  etuvchi  ijodiy 
mashqlarni bajaradi. Katta guruhlarda bolalar topishmoq. ertak va hikoyalar 
tuzishni, tabiiy materiallardan o‘yinchoqlar yasashni mashq qilishadi.
Mashq uslubini qo'llashda quyidagi  didaktik talablarga rioya qilinadi:
1) bolalarga ular bajarishi lozim bo‘lgan ishga doir o ‘quv vazifasi berish 
(gap tuzishni, vazifalarni hal etishni, ko‘chat o‘tqazishni o‘rganamiz);
2)  og‘zaki  tushuntirish  bilan  birga  harakatlami  bajarish  usullarini 
ko‘rsatish;
3)  bilim  va  ko‘nikmalami  o ‘zlashtirish  uchun  ko‘p  marotaba  mashq 
qilish,  biroq  yangi  ish  usullarini  kiritish  bilan  ketma-ketlikda  vazifalarni 
murakkablashtirib borish talab etiladi;
4) bolalarning mashqlarni bajarishi pedagog tomonidan nazorat qilishni 
talab etadi.
Tajriba
  maktabgacha  ta’limda  bolaga  m a’lum  bir narsa  haqida  yangi 
bilimlarni  egallashga  yordam  berishga  yo‘naltirilgan  amaliy  uslubdir. 
Tajriba  jarayonida  bola  uning  xususiyatlari,  aloqadorliklarini  anglash 
maqsadida obyektga ta ’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pgina  narsa-buyumlar,  moddalar  (suv,  qum,  tuproq  va  boshqalar) 
bevosita  sezgi  a’zolari  yordamida  idrok  qilinadigan  (rangi,  o‘lchami, 
shakli, hidi) va idrok qilinmaydigan (mo‘rtlik, suvda boshqa holatga o‘tish) 
belgilariga ega. Yashirin belgilami aniqlash elementar tajribalar yordamida 
amalga  oshiriladi.  Uni  tashkil  etishda  pedagog  bolalar  bilan  birgalikda 
maxsus  sharoitni  hosil  qiladi.  Bunday  tajribalarga  suvni  bug‘ga,  qomi 
suvga aylantirish;  qum va loy bilan tajribalar o‘tkazishni kiritish mumkin.
Tajribalar bolalarga atrof-muhitda sodir boTadigan hodisalarni chuqur- 
roq anglash, ular orasida aloqadorliklarni aniqlashga yordam beradi. Tajri-
219


balar o‘tkazish orqali boladakuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin 
qilish, xulosalar chiqara olish qobiliyati rivojlanadi.
Modellashtirish
  -  ta’limning  ko‘rgazmali-amaliy  uslubi.  Modellash- 
tirish  uslubi  asosida  o ‘rin  almashish  tamoyili  yotadi:  bola  real  narsa- 
buyumning  o'm ini  o ‘sha  predmetning  tasviri,  qandaydir  shartli  belgi 
bilan almashtiradi.
Model  -   olamdagi  muayyan  hodisani  abstrakt  tasvirlashdan  iborat 
bo‘lib,  ushbu  hodisaning  ro‘y  berishini  nisbatan  ilgariroq  aytib  berish 
imkonini  beradi.  Masalan,  xonaning  deraza  va  eshiklari  yopiladi  va 
bir  necha  daqiqadan  so‘ng  tashqarida  bir  muddat  bo‘lgandan  keyin 
xonaga  qaytib  kiriladi  va xona havosi  bilan tashqaridagi  havoning  farqi 
aniqlanadi,  xonaning  havosi  deraza  va  eshiklar,  fortochkalar  yopib 
qo‘yilganligi uchun buzilgan degan xulosaga kelinadi. Yoki katta idishga 
ulanganjo‘mrakdantomchilab suv oqizib qo‘yiladi. M a’lum vaqt o‘tgach, 
idishdagi toza suv tugaydi.  Bundan jo'm rakdan tomchi tomib tursa,  toza 
suv isrofgarchiligiga olib keladi,  degan fikr kelib chiqadi.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish