O'zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respubli- kamulkidan vama'muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo'ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qafrashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag'lari, oltin zaxirasi, valuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
.
Jainoa mulki — muayyan maqsad yo'lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o'zlash- tirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to'lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo'llar orqali paydo bo'ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shun- daki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma'lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga ko- operativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari, xo jalik jamiyatlari va shirkatiarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashki- lotlarning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk — bu fuqarolar mulki bo'lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan - sliaxsning yoki uning oila a'zolarining mehnati asosida ko'payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqa- rishda ishtirokidan, o'z xo'jaligini yuritishdan tushgan mehnat daro- madlari hisobiga vujudga keladi va ko'payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy so- hibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk obyektlari — bu turar joylar, bog'-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg'armalari, uy-ro'zg'or va shaxsiy iste'mol buyumlari, yakka tartib- da va boshqa xo'jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo'lishi mumkin. «0'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi qonunda ko'rsatilganidek, sav- do, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fiiqaro va uning oila a'zolarining mulki bo'lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo'lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli bo'lib, yollanma meh- natga asoslangan holda foydalaniladigan mulkdir.
O'zbekiston Respublikasining mulkchihk to'g'risidagi qonunida (7- modda) xususiy mulk o'z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko'rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta'kidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o'zirting ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so'zsiz, tashab- buskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga mas'uliyatlilik munosabatlarini rag'batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug'diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo'llash foydali bo'lgan bo'g'inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexa- nizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog'liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo'jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, osh- xona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boiadi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o'zlashtirilishini bildiradi.
O'zbekistonda mulkchilikning turli-tuman shakllari rivojlanib bor- moqda. Jumladan, bujarayonni 2009-yilning I yanvar holatiga mamlakatimizda ro'yxatga olingan korxonalarning mulkcliilik shakllari bo'yicha tarkibi orqali ham kuzatish mumkin (3.1-diagramma).
3. J-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: