Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet33/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

O'rtacha mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omil- larining bir birligiga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi.
So'nggi qo'shilgan mahsulot — eng so'nggi qo'shilgan omil (kapi­tal yoki ishchi kuchi) evaziga o'sgan mahsulot hajmi.
Mehnat unumdorligi - ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

    1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?

    2. Ishchi kuchi nima, uning mehnat tushunchasidan nima farqi bor?

    3. Kapital tushunchasiga ta'rif bering va uning tarkibiga nimalar kir- ishini tushuntirib bering.

    4. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.

    5. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati ni- mada?

    6. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.

    7. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?

    8. Zaruriy va qo'shimcha mahsulot nima, qo'shimcha mahsulot nor- masi va massasi formulasini yozib tushuntiring.

    9. Qo'shilgan mehnat, qo'shilgan kapital va qo'shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering.

So'nggi qo'shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib bo- rish qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amai qiladimi?
3-bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o'ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqti­sodiy munosabatlar bir joyda o'zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o'zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko'ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqti­sodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo'lgan turlicha yonda- shuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqti­sodiy tizim tushunclialari batafsil ko'rib chiqiladi. Tahlil davomida iqti­sodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko'rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mo­hiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o'zgartirish yo'llari va usullari kabi masalalarga alohida o'rin ajratiladi.
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga boigan turlicha yondashuvlar
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruv- chi kuchlarning o'zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o'ziga xos bo'lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo'lgan iqtisodiy tizimlarni o'rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o'zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • tarixiy-formatsion yondashuv;

  • madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;

  • texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

  • iqtisodiy tizimlar o'zgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yon- dashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qism- larini tahlil qilishga e'tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqa­rish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarish­ning shaxsiy va moddiy omillari, ya'ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqa­rish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tash­kil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o'rtasidagi bog'lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimi- dan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko'rsatkichidir.
Odamlar islilab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o'zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo'ladilar, ya'ni ishlab chiqarish munosabatlariga kiri- shadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy fnunosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqti- sodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o'rtasidagi aloqalar sifatida namoyon boiib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsif- laydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg'unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to'planishi va uyg'unlashtirilishidir. Ishlab chiqa­rish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo'ladi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari taslikil etadi.
Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo'lgan hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qi­lish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o'zaro ta'siri ishlab chiqa­rish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o'zaro aloqada bo'lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizi- miga xos bo'lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko'taradi. Ana shularning yig'indisi jamiyatning ustqurmasini tash­kil etadi. Siyosat, huquq, axloq va ustqurmanmg boshqa elementlari ham faol rol o'ynaydi, o'zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish rau- nosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta'sir ko'rsatadi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish