Iqtisodiy rivojlanish — ko'p qirrali jarayon bo'lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotida o'z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o'sish — YAIM, SMM, MD miqdorining mutlaq hajmi va aboli jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o'sish mezoni — iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlari — iqtisodiy o'sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko'rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o'sish — islilab chiqarishga qo'shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi.
Iqtisodiy o'sish omillari - iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy va ma'naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in'omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy — buyum ko'rinishga ega bo'lgan qismi.
Tabiiy boylik — milliy boylikning tabiatda mavjud bo'lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (yer, qazilma boyliklar, o'rmonlar, suv va boshqalar).
Ma'naviy boylik — ashyoviy-buyum ko'rinishiga ega bo'lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalari- dan iborat.
Takrorlash uchun savol va topshiriqiar
1. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o'sish tu- shunchalarining ta'rifmi bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko'rsating.
Iqtisodiy o'sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o'sish turlari uchramaydi?
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, ahohsining turmush darajasiga va islilab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o'sishning qanday ko'rsatkichlaridan foydalaniladi?
Iqtisodiy o'sishga ta'sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omil- larini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
O'zbekistonda nominal YAIM 2004-yil 12189,5 mlrd. so'mni; 2005- yil 15923,4; 2006-yil 20759,3 mlrd. so'mni; 2007-yil 28186,2 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Uning yillar bo'yicha o'sish sur'atlarini aniqlang. Res- publika aholisi 2004-yil: 26007; 2005-yil: 26167,0; 2006-yil: 26485,8; 2007-yil: 27100 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YAIM o'sish sur'ati qanday o'zgargan?
Milhy boylik tushunchasining ta'rifini bering va tarkibiy tuzi- lishini ko'rsating.
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o'ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi?
Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o'lchovida baholab, milhy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?
Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misoUar keltiring.
18-bob. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATI VA NISRATLARI
Muvozanatlik iqtisodiyot nazariyashiing muhim tadqiqot katego- riyalaridan biri bo'lib, u orqah makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni, ya'ni milliy daromad, iste'mol va jamg'arma, investitsiyalar, ishsizlik va band- lik kabilarni tahlil qilishda keng foydalaniladi. Milhy iqtisodiyot miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi muvozanat asosiy o'rin tutib, bu yalpi taklif va yalpi talab o'rtasidagi muvozanatning o'ziga xos namoyon bo'lishidir.Ushbu bobda iqtisodiy muvozanat tushunchasi va ishlab chiqarish muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli tomonlari, soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosibhklar tizimi, ularning ta'minlanish darajasi hamda tarmoq- lararo balansning mazmuni bayon qilinadi. Shuningdek, makroiqtisodiy muvozanatga erishishning davlat va bozor mexanizmlarini yoritib beriladi, eng muhimi iqtisodiyotda muvozanat lik va mutanosiblikni ta'minlash iqtisodiy itiqirozlarning oldini olishning muhim vositasi ekan- ligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |