1.81- rasm.
68
Endi yuqoridan pastga tushuvchi qiya yo‘l gorizontal chiziqlarining yasash algoritmini ko‘ramiz. Bunda yo‘l qiyaligi
/= 1:4 va yo‘l yon nishab tekisligining qiyaligi /==1:1 bo‘lsin (1.82- a rasm). Qiya yo‘l intervali /=l:/= 4 m aniqlanib, III nuqtadan boshlab chiziqli masshtab bo‘yicha 4 m dan qo‘yilib II, I va 0 nuqtalar hosil qilinadi. Qiya yo‘lning III 3, II 2, I 1 va 00 gorizontallari chiziladi. So‘ngra 2, 1 va 0 nuqtalarni markaz qilib mos ravishda R1 = 1 m; R2 = 2 m va R3 = 3 m radiuslar bilan yoylar chiziladi. Tegishli yoylarga o‘tkazilgan urinmalar qiya yo‘l yon nishabining 3, 2, 1 va 0 gorizontal chiziqlari bo‘ladi. Bu
69
gorizontal chiziqlami yasashning yaqqol tasviri 1.82- b rasmda keltirilgan.
Qurilish va gidrotexnik inshootlarni qurishda inshoot nishab tekisliklarining shartli ravishdagi tekis yer sirti bilan kesishishidagi tuproq ishlarining chegara chizig‘ini aniqlashga to ‘g‘ri keladi. Buning uchun awal inshootning nishab tekisliklari berilgan qiyaliklar bo‘yicha yasaladi. So‘ngra yon tekisliklarning o‘zaro kesishish chiziqlari yasaladi. Inshootning har bir nishab tekisligining shartli tekis yer sirti bilan kesishgan chiziqlari tuproq ishlarining chegara chizig‘ini aniqlaydi.
1-misol. Son belgisi 8,0 m bo‘lgan maydoncha va unga chiqadigan konturi to ‘g‘ri chiziqli qiya yo‘l (apparel) (1.83-rasm) tasvirlangan. Maydoncha va qiya yo‘l nishab tekisliklarining o‘zaro hamda 5-shartli tekis yer bilan kesishishidagi tuproq ishlarining chegara chiziqlari aniqlangan. Maydoncha nishab tekisliklarining va apparelning tegishli qiyaliklari chizmada ko‘rsatilgan.
1.1-nishab tekislikning qiyaligi /=1:2 bo‘lgani uchun uning intervali /=2 m bo'ladi. Shuning uchun oraliqlari 2 metrga teng qilinib Tj qiyalik masshtabining 7-, 6- va 5- gorizontal chiziqlari yasaladi.
II va III nishab tekisliklarining qiyaligi /=1:1 bo‘lgani uchun ularning intervali 1=1 m bo‘ladi. Shuning uchun oraliqlari 1 metrga teng qilinib Mt va /V. qiyalik masshtablarining ham 7-, 6- va 5-gorizontal chiziqlari chiziladi.
IV va V nishab tekisliklarining qiyaligi /=1:1,5 bo'lgani uchun ularning intervali /=1,5 m bo‘ladi. Shuning uchun oraliqlari 1,5 m ga teng qilib Pj va Qj qiyalik masshtablarining 7-, 6- va 5-gorizontal chiziqlari o‘tkaziladi.
I va II, I va III, II va IV hamda III va V nishab tekisliklarining son belgilari bir xil bo‘lgan gorizontal chiziqlaming kesishish nuqtalari belgilanadi. Bu nuqtalarni birlashtirish bilan yondosh nishab tekisliklarning kesishish d , b', d va d chiziqlari yasaladi.
I,... V nishab tekisliklarning 5,0 m pastdagi shartli tekis yer sirti bilan kesishishgan chiziqlari tuproq ishlarining chegara ehizig‘ini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |