«Servis» fakulteti «Servis» kafedrasi


Ikkinchi taomlar retsepturalari



Download 0,65 Mb.
bet3/5
Sana14.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#793642
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

Ikkinchi taomlar retsepturalari
Taomlar va kulinar mahsulotlar retsepturalarining to’plami joriy hujjat bo’lib, unda homashyo safi, yarimfabrikantlar va tayyor taomlar chiqishi va ularni tayyorlash jarayonari aks etadi. To’plamda retseplar ikki-uch ko’rinishda beriladi.Ular birbiridan xomashyo turi sarflash meyori va tayyor taomlar chiqishi bilan farqlanadi. Birinchi ko’rinishi homashyo isitish meyori yuqori bo’libluks,oliy, va I tabaqali korxonalarda va uchinchisi oliygohlar ,maktablar, korhonalar qoshidagi oshxonalarda qo’llaniladi. Shu bilan birgalikda xomashyo zahiralaridan unumli foydalanish maqsadida retsepturalarning bir necha ko’rinishidan bbir vaqtning o’zida foydalanish yoki mahsulotlar sarfini o’zgartirish mumkin emas. Mijozlar talabini yanada ko’proq qondirish uchun yuqori Malakal oshpazlar taomlarining yangi retseptlari ishlab chiqadilar. Yangi retseplar kulinar kengash tomonidan ko’rib chiqiladi va korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. To’plamning har bir hom ashyoning brutto va netto retseptida og’irligi bo’yicha ishlatilishi (gram hisobida), tayyor taom tarkibiy qismlarining alohida (qiyma, yarimfabrikant, makaron va boshqa) hamda taomning umumiy vazni (gramida ) ko’rsatiladi.

To’plamning har bir bolimi kirish qismiga ega bo’lib unda talabga ko’ra mijozlar yetkazib beradigan taomlarning ratsional me’yorlari ko’rsatiladi.
Gazaklar, sho’rvalar, garnirlar, ko’pgina Shirin taomlarninghisob kitoblari to’plmda tayyor holda 1kg yoki 1 litr chiqishiga hisoblanadi.
Burutto vazniga qarab mahsulot sarfi meyorlari quydagi mahsulotlarga berilgan I tabaqali mol va qo’y go’shti, cho’chqa go’shti muzlatilgan ichki go’shti mahsulotlari, II tabaqali yarim tozalangan parranda go’shti, muzlatilgan baliq.
Kartoshka uchun chiqit meyyorlari 31- okrabrgacha, sabzavot uchun esa 1-yanvargacha belgilangan; Retsepturalarda 12% quruq moddalarga ega tamat qaylas II tabaqalitovuq tuxumidan foydalanish ko’zda tutilgan.
Boshqa yo’l bilan ishlab chiqarilagan yoi boshqa ko’rinishga ega mahsulotlardan foydalanishda uarning meyori, ularga ishlov berilganda chiqit meyyorlarinin hisobga olish kerak. Bunday holatda hom ashyo sarfi to’plab jadvallarga asosan aniqlanadi.
Yangi hom ashyo sarfi meyorlari korxonada har bir kelib tushgan yangi hom ashyo uchun sarfi nazorat ishlov berish yo’li bilan aniqlanadi. Nazorat ishlov berish maxsus dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Taomlar retseplarida asosiy mahsulot aks ettirilgan bo’lib, ularning xilma xiligi to’plamiga ilova qilingan jadvallar asosida kengaytirilishi mumkun.

Sosiskali makaron – ochigʼi, juda zerikarli. Shunga oʼxshash boʼlgan, faqat tabiiy oʼramdagi mol goʼshtili kolbaskadan italyancha uslubdagi tez tayyor boʼladigan kechki ovqat tayyorlashni taklif etamiz.
– Spagetti – 500 g
– "Kulinar" kurka goʼshtli kolbaskalari – 1 ta oʼram
– Oq piyoz – 1 bosh
– Pomidor – 5 dona
– Qattiq pishloq – 100 gr
– Zaytun – 80 gr
– Sarimsoq – 1-2 boʼlak
– Tuz, qora murch, oregano – taʼbga koʼra.

1. Dastlab kolbaskalarni muzdan tushiring. Buni mikrotoʼlqinli pechda amalga oshirish mumkin, ammo biz kolbasa ustiga qaynoq suv quyib, 4-6 daqiqa ushlab turishni tavsiya yetamiz.


2. Piyozni arting va kubik shaklida toʼgʼrang. Pomidorlarni ham kub shaklida toʼgʼrab oling. Kolbaskalarni ingichka dumaloq boʼlaklarga boʼling. Zaytunni 2-3 qismga kesib oling. Sarimsoqni mayda qirgʼichdan yoki sarimsoq pressidan oʼtkazing.
3. Piyozni yumshoq va shaffof boʼlgunga qadar oʼrtacha olovda qovuring. Keyin pomidor qoʼshing va past olovda yana 2-3 daqiqa qovuring.
4. Kolbaskalarni qoʼshing va yana 5 daqiqa pishiring.
5. Tugʼralgan sarimsoq va zaytun qoʼshing. Tuz va murch hamda oregano qoʼshing. Yana 1-2 daqiqa davomida qovuring.
6. Agar sousning suyuqroq boʼlishini istasangiz, yarim stakan qaynoq suv yoki qaynab turgan bulondan qoʼshib yuboring. Aralashtiring, ustini qiya yopib, past olovda qaynatishga qoʼying.
7. Yendi spagettini pishirish qoldi. Idishga 2 litr suv soling va qaynatib oling. Tuzlab, 1 osh qoshiq oʼsimlik yogʼi qoʼshing. Spagettini solib, oʼramidagi koʼrsatmalariga muvofiq pishiring. Yopishib qolmasligi uchun aralashtirib turishni unutmang.
8. Spagetti tayyor boʼlgach, uni chuqur idishga soling, sous va maydalangan pishloq qoʼshing.
"Kulinar" chuchvaralarini qarsillama uslubda pishirishga urinib koʼring!
Аvvaliga chuchvaralarni qaynatish kerak boʼladi. Idishga suv solib, olovga qoʼying va qaynatib oling. 1 oʼram chuchvarani soling va tuz qoʼshing. 2-3 daqiqa davomida pishiring, ammo oʼta pishib ketmasin. Keyin idishning tag qismidan 5 mm.dan oshirmagan holda oʼsimlik moyini quying. Ustida ozgina tutun paydo boʼlgunicha qizdiring. Chuchvaralardagi ortiqcha namlikni qogʼoz sochiqqa shimdirib olganingizdan soʼng, tovaga ehtiyotkorlik bilan soling. Taxminan 10 daqiqa davomida qovurish kerak, hamma tomoni bir xilda qizarishi uchun chuchvaralar doimiy ravishda aralashtirib, agʼdarib turiladi. Barcha chuchvaralar bir hil oltin-qizgʼish tusga kirgach, tayyorligini tekshirib koʼrishingiz mumkin. Ularni tetiklantiruvchi dzaziki sousi bilan birga daturxonga tortish mumkin. 250 g qaymoqni ikkita maydalangan bodring (tuzlangan), bir dasta tugʼralgan petrushka, ukrop va bir sarimsoq boʼlakchasi bilan aralashtiring. Tuz va qalampir taʼbga koʼra qoʼshiladi. Tayyor!






Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish