132
Vazirlar Mahkamasining «O’zbekison Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2020 yil 10-iyuldagi 433-sonli
qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolar yig’inlariga «Turizm mahallasi» «Turizm qishlog‘i» va «Turizm
ovuli» maqomini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning ijrosini ta’minlash maqsadida yuqoridagi
maqomlarni olish tartibi joriy qilindi. Unga ko’ra:
fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20
ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 xil sifatli turistik xizmatlarni taqdim
etish ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
fuqarolar yig‘ini hududida turizmning quyidagi turlaridan
birini tashkillashtirish;
fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari
mahsulotlarini sotish shoxobchalarini tashkil etish;
fuqarolar yig‘ini hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash;
turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar,
velosipedlar, kvadratsikllar, qayiqlar, katomaranlar va boshqalar ijarasi);
zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa
vositalari,
ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi);
hududda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar va xavfli hududlar to‘g‘risida
ma’lumotlarning mavjudligi;
yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
zarur ko‘rsatkichlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi;
tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni
bron qilish va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish
imkoniyatining mavjudligi;
fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida barcha uchun qulay joyida ma’lumot
materiallari
(varaqalar, bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo turizm
xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham,
shunga
qaramay turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq.
Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi aholinig samimiyligi, tabiatning
tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy
turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z
qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z xalqining va
davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik
resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta olib kirishlari va shu daromadlaridan soliqlar to‘lab
xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish,
sanatoriy-kurort
zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatbaho
turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga
ega.
Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga
qaramay, oilasining an’analariga qarab amalga oshiriladi;
vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab;
tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadida;
ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanishi mumkinligi uchun;
qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real
imkoniyatlar borligi uchun;
133
boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning madaniyati, urf-odatlari
bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun.
Qishloq joylaridagi ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari
ekoturizmni muhim obekti bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo‘lgan obektlar, ya’ni
alohida muhofazaga olingan hududlar (milliy bog‘ va qo‘riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy
vujudga kelgan landshaftlar, o‘simlik hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat kompelkslari ,
tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Bu hududlarda tabiat
ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko‘rsatish sohasi (servis)ni yo‘lga qo‘yish, kompleks
rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani rivojida hamda qishloq joylarida
ko‘pgina yangi ish o‘rinlarini yaralishiga zamin bo‘ladi. Undan tashqari tog‘li
hududlardagi
xushmanzara joylar nafaqat mahalliy aholini, balki chet ellik sayyohlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Bu
imkoniyatlardan qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz
lozim:
ekoturizm obyekti sifatida mavjud tabiat go‘shalaridan tartibli foydalanish;
xududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash;
tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini
turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o‘rganib chiqish;
mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini
ekoturizm obyekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani
shakllantirish;
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash zarurki, qishloq joylarimiz turizmni rivojlantirish resurslariga
boy ekan, faqat undan samarali foydalanishda turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport
xizmatini ko‘rsatish, umuman olganda xizmat ko‘rsatish sohalarini
shakllantirish asosiy omil
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qishloq turizmini rivojlantirish uchun belgilangan topshiriqlarni o`z
vaqtida bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: