401
institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib
turishni anglatadi. Shu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy printsiplar,
jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat
alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik
funksiyasi
(baholash) –yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat
u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-
yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar,
qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni
o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion
(bilish)
funktsiyasi-axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy printsiplar,
normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi
informatsiya manbai
hisoblanadi. Shu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang
holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni,
uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy
funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi –bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq
tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga
aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy
yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki
o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Shu erda, axloqning alohida funktsiyalarini
ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real hayotda ular
bir-biri bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi,
tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo. Axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy
voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi.
Bu baholashning asosiy
mezonikishilarning«nima yaxshi-yu nima yomonligi» haqidagi tasavvurlari
hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu tariqa
axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi. Shaxs
faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy hayotda faol ishtirok
etadi, uning dunyoqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa,
inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunyoqarashida
individualizm
printsipi ustun bo‘ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, printsip
va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Axloqiy tarbiya nazariyasi-axloqning
jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tadbiq
etishning vosita va uslublarini o‘rganadi. Etika‖ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy
bog‘liqlikda bo‘lib, bir-birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi. Etika‖ boshqa ijtimoiy-
falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. Etikaning Estetika‖ bilan munosabati
ayniqsa o‘ziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan
nuqtai nazar, yaxshilik yoki yomonlik (axloq) va go‘zallik yoki xunuklik (nafosat)
402
nuqtai nazaridan ish ko‘radi. Ya’ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga
e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’yektlaridan
hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan
g‘oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi.
Axloqiy talablar umumiy bo‘lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib
borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.
Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan,
insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘ uchun kurashishi kerak bo‘lsa, bunda o‘zini
ham ayamasligi lozim. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot
uchun muhim bo‘lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash,
genetik nazorat tajribalarini o‘tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan
kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng
ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog‘liqdir.
Hammamiz mijoz sifatida kichik do‘kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran
yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi
shaxslarning qanday munosabatda bo‘lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir
joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo‘pollik bilan
javob berishining guvohi bo‘lamiz.
Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimi quyidagi
axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lishi lozim:
- to‘g‘rilik, nazokat, vazminlik;
- xushmuomalalik, xushfe’llik;
- iltifoq;
- g‘amxo‘rlik;
- rostgo‘ylik, to‘g‘rilik va h.k.
To‘g‘rilik- odamlar bilan odob - axloq
asosiga qurilgan munosabatni,
xushfe’llikni, to‘g‘rilik esa har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq - atvorning kundalik xususiyati bo‘lib, odamlarni hurmat
qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik - bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr
- oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga
muhtoj bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zish, nazokat doirasida ko‘zga
tashlanadigan
xislatlardir.
Xushmuomalalik - mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat
beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik - yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo‘lish, vazminlikni
bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o‘ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi.
403
Iste’dodli odam o‘z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko‘rinib turadi.
Kamtarlik
tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o‘zini yetarli darajada baholay olmaydi.
Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o‘ziga bo‘lgan
ishonchini oshiradi.
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizning
azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni
aniqlab
berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.
Ishbilarmon
odamlarning
etik
tamoyillari
va
me’yorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: