Savanna va siyrak o'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o'rmonlar tuproqlari Reja


Qora va kashtan tuproqli о‘rmon – dasht hamda dasht oblasti



Download 1,63 Mb.
bet42/152
Sana29.05.2022
Hajmi1,63 Mb.
#615429
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152
Bog'liq
Savanna va siyrak o\'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o\'rmonlar tuproqlari

3. Qora va kashtan tuproqli о‘rmon – dasht hamda dasht oblasti
О‘rmon – dasht zonasi Yevrosiyoda Karpat tog‘ligidan Yenisey daryosigacha yaxlit hudud hosil qilib joylashgan. Yeniseydan sharqda sur – о‘rmon tuproqlari va о‘rmon – dasht qora tuproqlari О‘rta Sibir past tog‘lari yonbag‘irlari va tog‘ oralig‘i botiqlarida alohida orollar tarzida uchraydi.
О‘rmon – dasht zonasi о‘rmon zonasining nam iqlimidan dashtlarning qurg‘oqchil iqlimiga о‘tuvchi – oraliq zonani tashkil etadi. Iqlimning о‘ziga xosligi yillik yog‘in va bug‘lanish miqdorining nisbatan bir-biriga yaqinligidir.
Rus tekisligining о‘rmon – dasht zonasi relyefi eroziya tufayli kuchli va chuqur parchalanganligi bilan xarakterlansa, Uralorti о‘rmon – dasht zonasi G‘arbiy Sibir pasttekisligining janubiy qismi va Oltoy hamda Sayan tog‘oldi qirsimon tekisliklarini egallaydi.
О‘rmon – dasht zonasi о‘simliklari g‘arbda (Yevropa) keng bargli о‘rmonlar va о‘tloq dashtlar, G‘arbiy Sibirda mayda – igna bargli о‘rmonlardan iborat bо‘lib, keng barglilar orasida eman (dub) ustuvor, Uraloldida mayda – keng bargli va oqqayin о‘rmonlari keng tarqalgan.
О‘rmon – dasht zonasining avtomorf sharoitlarida sur – о‘rmon va о‘rmon – dasht qora tuproqlari asosiy tuproqlar hisoblanadi.
Sur – о‘rmon tuproqlarining vujudga kelishida asosan keng bargli о‘rmonlar, aynan eman о‘rmonzorlari ostidagi tuproq hosil qiluvchi jarayonlar hal qiluvchi ahamiyatga ega va ushbu holat tuproqning genetik xususiyatlarini ham belgilaydi. Chunki bu о‘rmonlar yiliga 35-50 s/ga opadni beradi hamda u bilan 300 kg/ga dan ortiq azot va boshqa elementlar ham yer yuzasiga tushadi.
Sur – о‘rmon tuproq tipi gumuslashuvining jadalligi va kesmasining elyuvial – illyuvial differensiyalanish belgilari kо‘rinishi bо‘yicha uchta kichik tiplarga: och- sur, sur va tо‘q – sur о‘rmon tuproqlariga ajratiladi.
О‘rmon ostidagi sur – о‘rmon tuproqlarning yuqorigi qatlamida gumus miqdori 4,9-5,5 % ni tashkil etadi. Bu kо‘rsatkiya och – sur о‘rmon tuproqlarda kamroq, tо‘q – sur о‘rmon tuproqlarda kо‘proq bо‘ladi. Shu tufayli gumus zaxirasi och – sur tuproqlarda 150 t/ga dan tо‘q – sur tuproqlarda 380 t/ga gacha о‘zgaradi. Ushbu yо‘nalishda tuproqning yuqori qatlamida nordonlik ham о‘zgaradi (och – sur о‘rmon tuproqlar – nordon, sur – kam nordon, tо‘q – sur о‘rmon tuproqlarda – xolisga yaqin).
Umuman och – sur о‘rmon tuproqlar о‘zining xossalari majmuasi jihatidan chimli – podzol tuproqlarga, tо‘q – sur о‘rmon tuproqlari esa qora tuproqlarga yaqin turadi. Ushbu jihatlar sur – о‘rmon tuproqlarning geografik tarqalishida ham yaqqol namoyon bо‘ladi. Masalan, och – sur о‘rmon tuproqlar shimoliy о‘rmon – dashtlarga, tо‘q – sur о‘rmon tuproqlar janubiy о‘rmon – dashtlarga xosligi ma’lum.
Qora tuproqlar ham о‘rmon – dasht zonasida keng tarqalgan bо‘lib, podzollashishi bо‘yicha kichik tiplar ajratiladi. Tipik qora tuproqlarda vaqti – vaqti bilan suvning yuvish tartibi bо‘lganligidan tuzli qatlam bо‘lmaydi. Tipik qora tuproqlar gumus miqdori (5-12 %) va uning zahirasining (600-700 t/ga) yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi zamon tuproqlar geografiyasida о‘rmon – dasht va dasht qora tuproqlarining tо‘rtda (Yevrosiyoda) fatsial kichik guruhlari ajratiladi: janubiy Yevropa, sharqiy Yevropa, g‘arbiy va о‘rta Sibir, sharqiy Sibir.
О‘rmon – dasht zonasining yer usti suvlari oqimi tufayli vaqtincha nam tо‘plangan yoki grunt suvlarining sathi unchalik chuqur bо‘lmagan (3-7 m) sharoitlarda yarimgidromorf о‘tloq – qora tuproqlar vujudga keladi. Ular asosan mezorelyefning pastqamliklarida, yuzasi unchalik о‘yilmagan tekisliklarda mujassamlashgan, yassi suvayrig‘ichlarda esa juda katta hududlarni egallaydi.
Turli minerallashish darajasiga ega bо‘lgan gidromorf sharoitdagi tuproq-grunda yer osti suvlari 1-3 m chuqurlikda tebranuvchi о‘tloq о‘simliklari bilan qoplangan о‘rmon – dashtda о‘tloq tuproqlar shakllangan. Ular asosan chimlanish va gleyli jarayonlarning hamkorligi natijasida hosil bо‘lgan.
Dasht zonasi о‘rmon – dasht zonasining janubida joylashgan bо‘lib, Yevrosiyoning g‘arbida Prut va Dunay daryolaridan sharqda Oltoy tog‘larigacha yaxlit davom etsa, undan sharqda tog‘ oralig‘i botiqlarini ishg‘ol etgan holda Katta Xingan tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarigacha yetib boradi.
Dasht zonasining iqlimi о‘rmon – dashtnikiga nisbatan issiq va quruq. Yozgi harorat о‘rmon – dasht zonasinikiga о‘xshash, iyul oyining о‘rtacha harorati g‘arbda 20-24 0C, sharqda 17-21 0C. Yanvar oyining о‘rtacha harorati g‘arbda – 2 0C dan –10 0C gacha (qish yumshoq) va sharqda –24 0C dan –27 0C (sovuq va juda sovuq)ni tashkil etadi.
Dasht zonasi uchun har-xil о‘tli – tipchoq – kovilli dasht zonachasining oddiy va tipchoq – kovilli dasht zonachasining janubiy qora tuproqlari xosdir.
Oddiy qora tuproq Sharqiy Yevropada keng tarqalgan, gumus miqdori 5-8 % bо‘lib, gumus qatlam yaxshi namoyon bо‘lgan. Janubiy qora tuproqlar oddiy qora tuproqlarning janubiy areallarida tarqalgan, atmosferadagi namlik sharoitining yanada keskinligi bilan farqlanadi. Shunga bog‘liq tarzda gumusga unchalik boy emas (3-6 % yoki odatda 4 % bо‘ladi.).
Quruq dasht zonasi ham keng mintaqa tarzida sharqiy Kavkaz oldidan Oltoygacha boradi. Bundan tashqari kashtan tuproqli hudular Sharqiy Sibirning tog‘ oralig‘i botiqlarida orollar kо‘rinishida ham uchraydi. Kashtan tuproqlar atmosfera namgarchiligining beqarorligi va yetishmasligi hamda shu bilan bog‘liq tarzda biomassasining ozligi, gumus miqdorining kamligi, gumus qatlamining yupqaligi kabi jihatlar bilan qora tuproqlardan farqlanadi.
Kashtan tuproqlarning loyli, og‘ir – va о‘rta loyqali granulometrik tarkibli yuqori qatlamida gumus miqdori haydaladigan yerlarda 2,2-3,2 %, qо‘riq hudularda 4 % ni tashkil etadi. Quruq dashtlarning shimoliy qismlarida, qaysiki yog‘in kо‘proq tushadigan hududlarda tо‘q – kashtan (о‘zining tuzilishi va xossalari bо‘yicha janubiy qora tuproqlarga yaqin turuvchi) tuproqlar tarqalgan. Ular chimlashish jarayonining jadalligi va gumus qatlamining qalinligi (35-50 sm) hamda gumus miqdorining foiz hisobida nisbatan kо‘pligi bilan (5 %) xarakterlanadi.
Shimoliy Amerikaning qora va kashtan tuproqlari zonalarining dasht oblasti meridional yо‘nalishda joylashgan bо‘lib, shimolda 540 sh.k. dan 320 sh.k. gacha davom etadi hamda ular preriyalar deb ataladi. Amerika qora va kashtan tuproqlari kesmasining tuzilishi hamda xossalari bilan Yevrosiyonikiga ancha yaqin turadi9.
Janubiy Amerika dashtlarida kashtan tuproqlar kengroq tarqalgan (Patagoniya, Argentina va Urugvayda), qora tuproqlar unchalik katta hududlarni egallamaydi (asosan And tog‘lar etaklarida). Janubiy Amerika dashtlari pampalar yoki pampaslar deyiladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish