Savanna va siyrak o'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o'rmonlar tuproqlari Reja



Download 1,63 Mb.
bet4/152
Sana29.05.2022
Hajmi1,63 Mb.
#615429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
Savanna va siyrak o\'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o\'rmonlar tuproqlari

Kartografik usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib kelinsada, tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli sabablarning bisyorligi bu murakkab jarayonlarni kartografik tadqiq qilishni zarurligi hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu tufayli tuproqlarni xaritalashtirishda tuproqlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bо‘yicha yangi yо‘nalishlarni rivojlantirish lozim.
Tayanch iboralar: Tabiiy geografiya, tuproq qoplami, landshaft qobig‘i, biosfera, landshaftshunoslik, meliorativ geografiya, iqlim, tog£ vodiylari, ekvator, tog‘ jinsi, landshaft komponenti, tabiat zonalari, geomorfologiy.
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Tabiiy geografik bilim va tadqiqotlar uchun tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining ahamiyati. V.V.Dokuchaev–tuproq va tuproqlar geografiyasi to‘g‘risidagi fanning asoschisi ekanligini o’rganish.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Tabiiy geografiya Yerning turli tabbiy hodisalar va organik hayotga makon bо‘lgan tashqi qobig‘i – geografik qobiqni о‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bо‘lgan, о‘zaro ta’sir va aloqadorlikda rivojlanuvchi: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgan.
Geografik qobiqni tashkil etuvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning о‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular о‘rtasida muttasil tarzda rо‘y beradigan modda va energiya almashinuvi natijasi bо‘lib, bu almashinuv moddalarning aylanishi va energiya oqimi shaklida bо‘ladi. Ushbu harakat geografik qobiqning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligi – yaxlitligini ta’minlaydi. Demak, geografik qobiq tarkibidagi biosferaning turg‘unligini saqlanishi va uning mavjudligi tuproq qoplami bilan chambarchas bog‘liq. Agar tuproq bо‘lmaganda biosfera tо‘g‘risida gap ham bо‘lishi mumkin emas edi. Tuproq bor – biosfera mavjud.
Geografik qobiqning evolyusion taraqqiyotida landshaft qobig‘i (F.N.Milkov) vujudga keldi. U unchalik qalin bо‘lmagan yuza – nurash pо‘sti, tuproq, о‘simlik, hayvonot olami, havoning yer yuzasiga yaqin qismi, quruqlikdagi yer usti va yer osti suvlarini о‘ziga qamragan bо‘lib, о‘zaro faol ta’sirda bо‘ladi. Aynan mana shu landshaft qobig‘ida hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit tarkib topgan. Ana shu landshaft barcha tabiiy – antropogen jarayonlarning natijalarini о‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning markazidan joy olgan deyilsa, mubolag‘a bо‘lmaydi.
V.V.Dokuchayev tuproqning paydo bо‘lishi joyning iqlimi, о‘simlik va hayvonlari, tuproq osti tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibi va tuzilishi, joyning relyefi va о‘lkaning geologik yoshi, shuningdek inson faoliyatining murakkab о‘zaro ta’siri natijasi ekanligini isbotladi. Bundan xulosa shuki, tuproq mazkur hududning barcha tabiiy sharoitlari majmuasini bir butun-yaxlitlikga birlashtiradi. Shu ma’noda tuproqni landshaftning ,,kо‘zgusi” deb ataydi. V.S.Jekulin ta’biri bilan aytganda esa: tuproq – bu landshaftning ,,xotirasi”, qaysiki u insonning tabiatga nisbatan barcha ijobiy va salbiy ta’sirlarini о‘zida muhrlaydi.
Vohalarda tuproqning shо‘rlanishi grunt (zamin) – grunt suvi – tuproq tizimidagi о‘zaro aloqadorlikning mustahkamligidan dalolatdir, bu esa butun agromajmuaning transformatsiyalanishiga qodir holatdir. Kо‘rinib turibdiki, tuproq tabiiy geografiya (meliorativ geografiyada ham) fanlari tizimida muhim tabiiy komponent hisoblanib, boshqa komponentlar bilan о‘zaro aloqa va ta’sirda asosiy bо‘g‘in hisoblanadi hamda ularning barqarorligini ta’minlashda о‘z о‘rniga egadir.
V.V.Dokuchayev 1846 yil 1 martda Smolensk Gubernasining Milyukovo Sichevek qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi uni 11 yoshida Vyazma diniy bilim yurtiga о‘qishga bergan. О‘qishni muvaffaqiyatli davom ettira borib, Vyazmadan Smolenskka kо‘chadilar. 1861 yilda diniy bilim yurtini tamomlab, diniy seminariyaga о‘qishga kiradi. Keyinchalik butunlay boshqa yо‘lni tanlab, Peterburg universitetiga о‘qishga qabul qilinadi. G‘oyat kambag‘alligidan, о‘zining iborasi bilan aytganda, uchinchi kursgacha ,,hatto paypoq kiyish nimaligini ham bilmagan” ekan.
Vasiliy Vasil’evich о‘qishning oxirgi yilida о‘ziga diplom ishi mavzusini tanlashi hamda shu bilan birga geologiyadan professor P.A.Puzirevskiyga imtihon topshirishi kerak edi. Olim V.V.Dokuchayevga geologiya bilan shug‘ullanishni taklif etadi.
Uning dala tadqiqotlarining geologiyaga oid natijalari hamda bajarilgan ishining mavqeyi jihatidan fan nomzodi ilmiy darajasiga loyiq topiladi va u Universitet kengashining 1871 yil 20 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlanadi.
1872 yilning kuzida V.V.Dokuchayevning olim sifatida obrо‘yi orta boradi, 1873 yilda Peterburg minerologiya jamiyatining haqiqiy a’zosi, keyingi yili esa Peterburg tabiatshunoslar jamiyatining geologiya va minerologiya bо‘limi kotibligiga saylanadi. 1874 yil oxirida о‘zining ,,Smolensk gubernasi podzoli tо‘g‘risida”gi tuproqlarga oid birinchi ilmiy axborotini bajaradi.1879 yil V.V.Dokuchayev Peterburg universiteti minerologiya kafedrasi mudirligiga tayinlanadi, avval dotsent, 1883 yilda esa unga professor lavozimi beriladi.
V.V.Dokuchayev fan bilan shug‘ullanishning dastlabki о‘n yilliklarida geolog, mineralog, kristallograf, botqoqshunos, arxeolog sifatida namoyon bо‘lgan bо‘lsada, u keyinchalik hammasidan kо‘ra kо‘proq tuproqlarni о‘rganishga qiziqib qoladi.
1877 yili Vasiliy Vasil’evich qora tuproqlarni о‘rganish maqsadida Tula gubernasi, Ukraina va Moldoviyani kezadi. 1878 yilda qora tuproq zonasining janubi – sharqiy qismlarida, Qrim va Shimoliy Kavkazga tashrif buyuradi. Ushbu ekspeditsiyalar mahsuli sifatida 1883 yilda tuproqshunoslikning asosiy nazariy jihatlari yoritilgan fundamental asar ,,Rus qora tuprog‘i” chop etildi. Bu asarda qora tuproqlar zonasining tabiiy sharoiti, uning paydo bо‘lishi, tarkibi, morfologik tuzilishi va boshqa bir qancha xususiyatlari ochib beriladi. Olim tadqiqotlari natijasiga tayangan holda tuproqlarning paydo bо‘lishida iqlim sharoitining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi tо‘g‘risidagi xulosaga keladi. Bir sо‘z bilan aytganda V.V.Dokuchayev genetik tuproqshunoslikning va tuproq tо‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi sifatida tan olindi. V.I.Vernadskiyning oqilona fikricha: ,,kalsiy kristallografiyada, qurbaqa fiziologiyada va benzol organik kimyoda qanday rol о‘ynagan bо‘lsa, qora tuproq tuproqshunoslikning rivojlanishida shunchalik rol о‘ynagan”.
V.V.Dokuchayev 1880 yilning bahoridayoq kelajakda rо‘y beradigan qurg‘oqchilikka tayyorgarlik kо‘rish lozimligi tо‘g‘risida ogohlantirgan edi. 1891 yilda rо‘y bergan qurg‘oqchilikning sabablarini aniqlash va uni bartaraf etishga oid fikrlari bayon etilgan ,,Dashtlarimizning о‘tmishi va hozirgi ahvoli” (1892) nomli asarini chop etadi. Unda qurg‘oqchilikka qarshi kurashda dasht hududlarining iqlimini о‘zgartirish, tuproqning suv tartibini yaxshilash va dasht dehqonchiligini qurog‘oqchilikka bardoshli tarzda tashkil etishga oid tadbirlar kо‘rib chiqilgan.
V.V.Dokuchayev 1895 yilda kasallikka chalinadi, 1896 yilda turmush о‘rtog‘i Anna Yegorovna og‘ir dardga uchraydi va 1896 yilning 2 fevralida vafot etadi. Shularga qaramasdan salomatligi biroz yaxshilanishi bilan V.V.Dokuchayev tabiat zonalari tо‘g‘risidagi ilmiy g‘oyalarini boyitish va asoslashga kirishadi. Bu davrga kelib fanda Yer sharining iqlim va о‘simliklar zonalari, qaysiki sayyora ekvatoridan qutblarga va tog‘ vodiylaridan chо‘qqilar tomon qonuniyatli almashinishi tо‘g‘risida tasavvurlar mavjud edi. Bu tо‘g‘risida XX asr boshlarida A.Gumboldt ham yozgan.
Biroq, hech kim tabiiy sharoitning barcha majmualarini gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik) bо‘yicha о‘zgarishiga e’tibor bermagan, jumladan tuproqlarga ham. A.Gumboldt esa tuproqlarning zonal tarqalishini umuman tan olmagan. V.V.Dokuchayev tuproqlarning hamda boshqa tabiat komponentlarining zonal tarqalishi tо‘g‘risidagi noyob materiallarini umumlashtirishi natijasida. ,,Tabiat zonalari tо‘g‘risidagi ta’limotga” (1899) asarini nashr ettiradi. 1900 yilning oxiriga kelib V.V.Dokuchayevning dardi og‘irlashib, ishga yaroqsiz holga tushadi va 1903 yilning 23 oktabrida bu dunyoni tark etadi.
Bundan о‘n ming yillar oldin dunyoning turli qismlari (Yaqin Sharq, О‘rta Osiyo, Xitoy, Qadimgi Misr, Eron va Yevropaning ayrim mamlakatlari)da kishilar yerga ishlov berishni boshlaboq, о‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda yerning ishlov beriladigan ushbu yuqori-yuza qatlami turlicha bо‘lishi, uning unumdorlik kuchi qator sharoitlarga bog‘liqligiga iqror bо‘lganlar. Shunday bо‘lsada tadqiqot obyekti ajratilgan (tuproq), biroq ilmiy tadqiqot usullari bо‘lmagan. Bundan 2-2,5 ming yillar oldin ham tuproqqa faqat dehqonchilik obyekti – manbai sifatida qaralgan, unga ishlov berish, foydalanish, о‘g‘itlash tо‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ilgan va umumlashtirilgan. О‘rta asrda ham shu holat yuz bergan, dehqonchilik tо‘g‘risidagi fan – agronomiya rivojlangan.
Tuproq tо‘g‘risidagi ilk qadimiy, dastlabki ma’lumotlarni qadimgi xitoyliklar, grek va rimliklar yozib qoldirgan manbalarda ham uchratish mumkin1.
О‘rta asrlarda yashab ijod etgan alloma Abu Rayhon Beruniy (973-1048) о‘zining ,,Kitobul jamohir fi ma’rifatil javohir” (,,Javohirni bilishga oid ma’lumotlar tо‘plami”) nomli asari ona jins va tuproq mineral qismining fizik xossalarini о‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Undagi tog‘ jinslarini yemirilishining ahamiyati, nurashi tо‘g‘risidagi xulosalar tuproqlar geografiyasi uchun katta ahamiyatga egadir – bu fikrlar davr uchun ilmiy kashfiyot edi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o'zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy fanlarga bag'ishlagan. Ibn Sinoning “Kitob-ash-shifo” (“Tib qonunlari”) asarida bауоп etilgan tog' jinslari va уег yuzasida kechadigan nurash jarayonlari to'g'risidagi qarashlari tuproqshunoslikda katta aharniyatga ega. Uning ko'rsatishicha, “уег yuzasi suv va sharnol ta’sirida yemiriladi va bu jarayon joyning relefiga bog’liq. Уег jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat. Suv yumshoq jinslami yuvadi va yoki shamol ularni yalab, uchirib ketadi” deb ko’rsatadi. Olimning bu fikrlari tuproq eroziyasiga doir masalalami o’rganishda hozirgacha o’z mohiyatini yo’qotmagan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish