Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 0,75 Mb.
bet5/9
Sana21.11.2019
Hajmi0,75 Mb.
#26653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz


IV darsni mustahkamlash.

  1. O`zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari qaysi hujjatlarda belgilab qo`yilgan?

  2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga qanday ta`sir etmoqda?

  3. Tilimizni qadrlash, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun nima qilishimiz kerak?

  4. O`zbek tilining imkoniyatlari qaysi mumtoz asarlarda yaqqol namoyon bo`lgani to`g`risida gapiring.

  5. Til bilishning xosiyati haqida misollar asosida hikoya qiling.


V. Baholash

VI. Uyga vazifa berish.

O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.



Sana:

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Sinf: __9ABVG__

Mavzu: Milliy va umumbashariy qadriyatlar

Darsning maqsadi:O’quvchilarga Milliy qadriyatlar deganda nimalarni tushunishi,Milliy g`oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanishi,Milliy g`oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanishini,Umumbashariy qadriyatlar negizida turadigan asosiy g`oya nima ekanligi,Insonparvarlikni ulug`lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilatlardan qaysilarini bilishi,Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi maqollarimizda yaqqol aks etganligini tushuntirish

  1. Ta`limiy: Bolalarga milliy va umumbashariy qadriyatlar haqida ma`lumot berish. O’quvchilarga Milliy qadriyatlar deganda nimalarni tushunishi,Milliy g`oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanishi,Milliy g`oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanishini,Umumbashariy qadriyatlar negizida turadigan asosiy g`oya nima ekanligi,Insonparvarlikni ulug`lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilatlardan qaysilarini bilishi,Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi maqollarimizda yaqqol aks etganligini tushuntirish

  2. Tarbiyaviy: Bolalarga mavzuning salbiy va ijobiy xislatlarini tushuntirib berish. Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish. O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



DTS talablari: Bolalarga milliy va umumbashariy qadriyatlar haqida bilim, kunikma va malaka hosil qilish. O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 9sinf “MIG` va MA” darsligi

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska , bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.


  1. O`zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari qaysi hujjatlarda belgilab qo`yilgan?

  2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga qanday ta`sir etmoqda?

  3. Tilimizni qadrlash, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun nima qilishimiz kerak?

  4. O`zbek tilining imkoniyatlari qaysi mumtoz asarlarda yaqqol namoyon bo`lgani to`g`risida gapiring.

  5. Til bilishning xosiyati haqida misollar asosida hikoya qiling.


III. Yangi mavzuning bayoni.
MILLIY VA UMUMBASHARIY QADRIYATLAR UYG`UNLIGI

Aziz o`quvchi, milliy g`oyamiz nega aynan «milliy» degan so`z bilan boshlanishi haqida o`ylab ko`rganmisiz? Yurtimiz hududida yashayotgan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, barcha insonlarni yagona Vatan farzandlari sifatida birlashtirish, ularning ezgu orzu-intilish va manfaatlarini ifoda etish milliy g`oyamizning asosiy ma`no-mazmunini tashkil etgani uchun ham u «milliy» degan so`z bilan boshlanadi. Chunki «milliy» degan so`z faqat bir millatga cmas, balki bir hudud, bir mamlakatga mansublikni ham bildiradi. Shuning uchun ham ana shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg`unlashgan holda, bizning g`oyamizni yanada boyitib boradi.


Buni bilib oling!

Dunyoda o`ziga xos qadriyatlari bo`lmagan xalq yo`q. Milliy qadriyatlar ular mansub bo`lgan xalqning tarixi, yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma`naviyati hamda mada-niyati bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi.

Bizning milliy g`oyamiz milliy an`ana va qadriyatlarimizni o`zida aks ettiradi, rivojlanib, takomillashib boradigan tizim sifa-lida, hayot taqozosiga ko`ra, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda u jamiyatimizning pirovard maqsadla-rini inobatga oladi va quyidagi milliy xususiyatlami nazarda tutadi:


  • xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi;

  • jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

  • ota-ona, mahalla-ko`y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-e`tibor;

  • millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat;

  • kattaga hurmat va kichikka izzat;

  • mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom;

  • sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

  • halollik, mehr-oqibat va hokazo.

Buni bilib oling!

Yer yuzidagi barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan, insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keladigan, moddiy va madaniy hodisalar, an`ana va tamoyillar umumbashariy qadriyatlar sirasiga kiradi.

Bizning milliy g`oyamiz quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e`tirof etadi va ulardan oziqlanadi:


  • qonun ustuvorligi;

  • inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;

  • turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

  • diniy bag`rikenglik;

  • dunyoviy bilimlarga intilish, ma`rifatparvarlik;

  • o`zga xalqlarning ilg`or tajribasi va madaniyatini o`rganish va hokazo.

Qonun ustuvorligi jamiyat a`zolarining millati, tili va dinidan qat`i nazar, qonun oldida teng ekanini nazarda tutadi. Bu tamoyil biz barpo etayotgan huquqiy demokratik davlat hayotida, islohotlarimizni amalga oshirishda eng muhim taraqqiyot tamoyili bo`lib xizmat qilmoqda.

Inson haq-huquqlari daxlsizdir. Dunyodagi barcha xalqlar insonning haq-huquqlari to`la ta`minlanadigan, u erkin nafas ola-digan jamiyat barpo etishga harakat qiladi. Lekin bu maqsadga erishish oson emas. Chunki bu olamda boshqalarning huquqini poymol qilib, zulm va zo`ravonlik asosida ularni o`ziga qaram qilishni istaydigan yovuz kuchlar ham ko`p. Inson haq-huquqlarini ulardan himoya qilish - har qaysi ongli odamning muqaddas burchi. Shuning uchun ham inson haq-huquqlari umumbashariy qadriyat darajasiga ko`tarilgan. Bizning yurtimizda inson haq-huquqlari to`la ta`minlangan. Bu boradagi asosiy me`yorlar davlatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarimizda o`z aksini topgan.

Hurfikrlilik - insonning asosiy huquqlaridan biri bo`lib, shaxs erkinligining muhim shartidir. Unga ko`ra, har bir inson o`z fikrini erkin bildirish huquqiga ega. Chunki insonning fikri, ya`ni ma`naviy olami erkin bo`l-sa, hayoti ham erkin bo`ladi. Turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag`rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, ma`rifatparvarlik, o`zga xalqlarning ilg`or tajribasi va madaniyatini o`rganish kabi qadriyatlar ham bugungi k unda hayotimizdan chuqur joy olmoqda.

Milliy qadriyatlar zamirida bir xalqning tarixiy an`analari, turmush larzi va hayotiy qarashlari mujassam bo`lsa, umumbashariy qadriyatlar butun insoniyatga xos taraqqiyot tajribalarini, har bir odamning bashar farzandi ekani bilan bog`liq umumiy mohiyatni ifoda etadi.

Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda to`xtalib, quyidagi fikrlarni alohida ta`kidlagani bejiz emas: «Ma`lumki, biron-bir xalq ma`naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e`tirof xalqning g`urur va iftixori, milliy o`zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi»`.

Belgiyada Ibn Sino, Litvada Mirzo Ulug`bek, Rossiya poytaxti Moskva, Yaponiya poytaxti Tokio, Ozarboyjon poytaxti Boku shaharlarida Alisher Navoiy, Misr poytaxti Qohirada esa Ahmad Farg`oniy haykallari o`rnatilgani, 2007-yili Islom konferensiyasi tashkilotining ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha ixtisos-lashgan tuzilmasi - AYSESKO tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilingani, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Marg`ilon kabi qadimiy shaharlarimizning tarixiy sanalari xalqaro miqyosda keng nishonlangani xalqimizning umumbashariy qadriyatlar ravnaqiga qo`shgan hissasining yuksak e`tirofi bo`ldi.

Shuni yodda tutingki, xalqimizning buyuk madaniy merosi, uning ma`naviy qudrati, mustahkam irodasi xalqimizning hamisha milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib yashagani bilan izohlanadi.

Xalqimizning necha ming yillik tarixi davomida millatchilik, boshqalarni kamsitish, diniy va milliy nizolar hech qachon bo`lmaganining asosiy sabablaridan biri ham bizning faqat milliy qadriyatlar bilan cheklanib qolmasdan, doimo umumbashariy qadriyatlardan oziqlanib kelganimiz, el-yurtimizga xos insonparvarlik va bag`rikenglik fazilatlari bilan bog`liq.

Bizning milliy g`oyamizning kuch-qudrati shundaki, u milliy va umumbashariy qadriyatlardan oziqlanib, ularni rivojlantirishga hissa qo`shishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda ularni o`zining asosiy tushuncha va tamoyillari asosida uyg`unlashtirib, xalqimizning umumiy maqsadlariga xizmat qildiradi.

IV darsni mustahkamlash.


  1. Milliy qadriyatlar deganda nimalarni tushunasiz?

  2. Milliy g`oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanadi?

  3. Milliy g`oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanadi?

  4. Umumbashariy qadriyatlar negizida turadigan asosiy g`oya nima?

  5. Insonparvarlikni ulug`lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilatlardan qaysilarini bilasiz?

  6. Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi maqollarimizda yaqqol aks etgan?

V. Baholash

VI. Uyga vazifa berish.

O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.



Sana:

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Sinf: __9ABVG__

Mavzu: Taraqqiyotning o`zbek modeli va uning ahamiyati

Darsning maqsadi: O’quvchilarga Taraqqiyot yoii va modeli deb nimaga aytilishini,O`zbek modeli kim tomonidan ishlab chiqilganligi,Vatanimizning strategik yo`li qanday maqsadga qaratilganligini,«Shok terapiyasi» deganda nimani tushunishi,O`zbek modelining asosiy ma`no-mazmuni nimadan iborat ekanligi,O`zbek modelining asosini tashkil etadigan besh tamoyilni tushuntirib berish

  1. Ta`limiy: Bolalarga Taraqqiyotning o`zbek modeli va uning ahamiyati haqida ma`lumot berish. O’quvchilarga Taraqqiyot yoii va modeli deb nimaga aytilishini,O`zbek modeli kim tomonidan ishlab chiqilganligi,Vatanimizning strategik yo`li qanday maqsadga qaratilganligini,«Shok terapiyasi» deganda nimani tushunishi,O`zbek modelining asosiy ma`no-mazmuni nimadan iborat ekanligi,O`zbek modelining asosini tashkil etadigan besh tamoyilni tushuntirib berish

  2. Tarbiyaviy: Bolalarga mavzuning salbiy va ijobiy xislatlarini tushuntirib berish. Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish. O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



DTS talablari: Bolalarga taraqqiyotning o`zbek modeli va uning ahamiyati mavzusi haqida bilim, kunikma va malaka hosil qilish. O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 9sinf “MIG` va MA” darsligi

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska , bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.


  1. Milliy qadriyatlar deganda nimalarni tushunasiz?

  2. Milliy g`oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanadi?

  3. Milliy g`oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanadi?

  4. Umumbashariy qadriyatlar negizida turadigan asosiy g`oya nima?

  5. Insonparvarlikni ulug`lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilatlardan qaysilarini bilasiz?

  6. Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi maqollarimizda yaqqol aks etgan?


III. Yangi mavzuning bayoni.
TARAQQIYOTNING O`ZBEK MODELI VA UNING AHAMIYATI

Aziz o`quvchi, siz tarix fanidan yaxshi bilsangiz kerak, ozpdlik va mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash uchun o`ziga xos tiklanish yo`lini bosib o`tadi. Bu yo`l odatda o`sha davlatning milliy tiklanish yo`li yoki taraqqiyot yo`li deb ataladi. O`zbekiston ham davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng hayotning barcha sohalarida tiklanish va islohot jarayonlarini amalga oshirish o`tkir zaruratga aylandi. Chunki eski sovet tuzumi davrida hamma soha bir tomonlama, ya`ni faqat «qizil imperiya» deb atalgan sobiq SSSRning manfaatlariga moslab rivojlantirilgan edi. Masalan, bizning yurtimiz iqtisodiyotining vazifasi sobiq markaz uchun xomashyo yetkazib berishdan iborat edi. Xomashyo esa tayyor mahsulotga nisbatan bir necha barobar arzon. Xomashyoni suvte-kinga yetkazib berib, undan tayyorlangan mahsulotni bir necha barobar qimmatiga, yana qancha yo`l xarajatlari, har xil rasmiyat-chiliklar evaziga sotib olish milliy - iqtisodiyotimizni zaiflashtirib, nochor ahvolga solib qo`ygan edi.

Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham berish, xalqimizning bunyodkorlik, ijodkorlik dahosini qayta uyg`otish, uni o`z taqdiri, o`z hayotining torn ma`nodagi egasiga aylantirish uchun yangicha taraqqiyot yo`li taqozo etilardi. Bu yo`l hayotning hamma sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatga olgan holda isloh etishning umumiy yo`nalishlarini belgilab berishi lozim edi. Prezident Islom Kari-inov ana shu o`ta muhim masa-lalarning barchasini chuqur tahlil ctgan holda, mustaqillikning clastlabki yillarida jamiyat hayo-lini isloh etish tamoyillarini ish-lab chiqdi. Bu tamoyillar yurti­miz hayotining hamma sohala­rini tubdan o`zgartirish va yangi jamiyat qurishning strategik yo`li sifatida o`zini oqladi va «taraq-qiyotning o`zbek modeli» degan nom bilan butun dunyoda tan olindi.

Buni bilib oling!

Strategik yo`l - uzoqqa mo`ljallangan umumiy maqsadni ifoda etadi.

O`zbekistonning strategik yo`li bozor iqtisodiyotiga asoslangan liuquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo`lidir. Ayni paytda bu yo`l o`z unirini o`tab boigan eski sovet tuzumidan mutlaqo yangi, demo­kratik tuzumga o`tishni ta`minlab beradigan taraqqiyot modelidir. Bu modelning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiy yo`l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivojlanish ko`zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog`onama-pog`ona borishni anglatadi.

Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo`l bilan amalga oshirishning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok terapiyasi» deb ataladi. Jamiyatda yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o`zgartirishga urinish, islohotlarni bosqichma-bosqich tarzda emas, balki eski tuzumni butunlay buzib tashlab, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriy etish «shok terapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Eski jarohatni bir urinishda bartaraf etishni da`vo qilgani uchun bu yo`l aynan shunday nom bilan ataladi.

Bu yo`l bizning yurtimizga mutlaqo to`g`ri kelmas edi. Buning sabablarini Prezidentimiz Mom Karimov bunday izohlaydi: «Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so`ng bosqichma-bosqich rivojlanish yoiini emas, balki «shok terapiyasi» deb nom olgan inqilobiy sakrash yo`lini tanlasak, eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga tushib qolgan boiar edi? Hech shubhasiz, stixiyali tarzda yuz beradigan shiddatli o`zgarishlar to`fonida odamlarning moddiy turmush sharoiti keskin yomonlashib, ularning hayot tarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma`naviy qiyofasi butunlay izdan chiqib ketishi hech gap emas edi. Bir so`z bilan aytganda, bunday biryoqlama siyosat hech kutilmagan oqibatlarga, o`rnini yuz yillarda ham toidirib, qoplab boimaydigan og`ir yo`qotishlarga olib kelishi mumkin edi».

Yurtimiz aholisining yarmidan ko`pini bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar tashkil qilgani, milliy qadriyatlarimiz har qanday yangilikka ham bosqichma-bosqich, vazminlik bilan borishni taqozo etgani tufayli ham «shok terapiyasi» kabi inqilobiy yo`l biz uchun nomaqbul edi. Shuning uchun taraqqiyotning o`zbek modeli degan nom bilan dunyoda tan olingan bizning rivojlanish yo`limizning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya`ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Prezident Islom Karimov asoslab bergan jamiyatni isloh etishning besh tamoyili bu modelning negizini tashkil etadi. «Bu modelning asosiy tamoyillari - ya`ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi boiishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon»2, deb ta`kidlaydi Yurtboshimiz.

Iqtisodning siyosatdan xoli bo`lishi iqtisodiyotning o`z qonu-niyatlari asosida rivojlanishini, uni turli siyosiy maqsadlarga qaram qilib qo`ymaslikni bildiradi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar hukmron bo`lgan sovet mafkurasi o`z siyosati bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. Ya`ni, u «xususiy mulk zararli», «bozor munosabatlari bo`lmasligi kerak», «mulkdorlar bo`lmasligi kerak» degan siyosiy qarashlar bilan odamlarning erkin mehnat qilishi, mulk egasi bo`lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishini taqiqlab qo`ygan edi. Bulling oqibatida siyosat iqtisodiyotning ustidan hukmron bo`lib olgan edi. Bunday holatga barham berish, iqtisodiyotni`bozor munosabatlariga o`tkazishda uni siyosatdan xoli etish haqidagi tamoyil muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida tengligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydevor yaratilmoqda va ularning ijrosi ta`minlanmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyatimiz a`zolarining huquqiy ongi va tafakkuri yuksalib borishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilining ma`no-mazmuni va ahamiyati haqida so`z borganda, yuqorida zikr etilgan jihatlarni, ya`ni yurtimiz aholisining yarmini bolalar tashkil etishi, keksalar, ko`mak va yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yon-atromizdagi odamlarga e`tibor, mehr va saxovat ko`rsatib yashash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan ekanini yana bir bor esga olishimiz lozim. Bularning barchasi mamlakatimizda yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, kam ta`min-langan, yosh oilalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, jamiyatning bir qismi o`ta boyib, boshqa qismi esa o`ta qashshoqlashib ketishiga yo`l qo`ymaslikni nazarda tutadi. Ana shu asosda mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofaza tizimi shakllandi. Siz keksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahalla orqali yordam ko`rsatilayotgani, davlat tomonidan pensiya yoki nafaqalar berilayotgani, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan aka-opalaringizning o`qish joyidan stipendiya olayotgani haqida eshitgan bo`lsangiz kerak. Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko`ri-nishidir.

O`zbek modelining negizini belgilab beradigan beshinchi tamoyil - islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yuritdik.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish