4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1) Qanday ikkita teng uchburchakdan romb tuzish mumkin? 2) Qanday to'rtta teng uchburchakdan romb tuzish mumkin?
Rombning hamma balandliklari o'zaro teng ekanini isbot qiling.
Isbot qiling: 1) hamma tomonlari teng to'rtburchak rombdir; 2) ikkita qo'shni tomoni teng parallelogramm rombdir.
Parallelogrammning diagonallari o'zaro perpendikular bo'lganda va faqat shunda, uning romb bo'lishini isbot qiling.
Rombning diagonallari bilan tomonlari orasida hosil bo'lgan burchaklarning nisbati 2 : 7 kabi. Rombning burchaklarini toping.
Burchaklaridan biri 60°, kichik diagonalining uzunligi 16 sm bo'lgan rombning perimetrini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |