Yangi dars bayoni:
Tarkibida bitta π bog’ saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarni etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Bu qatorga kirgan har bir uglevodorod molekulasini tarkibida tegishli to’yingan uglevodorod tarkibidan ikkita vodorod atomiga kam bo’ladi. Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n bo’lib, ularning birinchi vakili etilen hisoblanadi. Etilenning bir valentli radikali (CH2=CH-) vinil radikali deb ataladi.
Nomenklaturasi.Alkenlarni sistematik nomenklatura muvogq nomlashda tegishli alkan
nomidagi “-an” qo‘shimchasini “-en” yoki “–ilen “ qo‘shimchasiga almashtiriladi.
Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlashAlkenlarni galogenli hosilalarini nomlash, alkenni nomlash kabi bo`lib, faqat galogenlarni nomi, galogen bog`langan asosiy zanjirdagi uglerod atomini raqami ko`rsatilgan holda alifbo tartibida yon zanjirdagi uglerod radikallari bilan bir qatorda aytib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |