Sana “ ” 201 yil



Download 388,77 Kb.
bet25/141
Sana31.12.2021
Hajmi388,77 Kb.
#253668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
10 sinf ozbekiston tarixi konspekt

Yangi dars bayoni:

Turkistonda istiqlolchilik harakati vujudga kelishining bosh sababi sovet hokimiyatining o‘lkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati bo‘ldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi, xususiy mulkning bekor qilinishi, oziq-ovqat razvyorstkasi va g‘alla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targ‘iboti, masjid, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va b.) hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchiliklari istiqlolchilik harakatiga alohida keskinlik va ko‘lam bag‘ishladi, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.

Harakatning mohiyati, maqsadlari va ijtimoiy tarkibi. Istiqlolchilik harakatining o‘ziga xos milliy ko‘rinishi va Turkistonga mos xususiyatlari bo‘lgan. Harakatning boshdan oxirigacha ustuvor bo‘lgan fikr bu butun Tur-kistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g‘oyasidir. Istiqlolchilik harakati goh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtirok etganlarning tarkibi almashib turganligi va ikkilamchi manfaatlar o‘zgarib turishiga, obyektiv va subyektiv omillar kuchlar muvozanatiga turlicha ta’sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi uchun kurash bo‘lib qolaverdi.

Harakatning mohiyatini sovet qo‘mondonligi vakillari ham e’tirof etishga majbur bo‘ldilar. Turkiston frontining qo‘mondoni M.Frunze: “Bosmachilikka qarshi kurash tamomila yangi, ayricha xususiyati bo‘lgan, o‘ziga xos dushman bilan kurash demakdir”, deb yozgan edi. Uning gapiga ko‘ra “Yo‘qolsin sovet hokimiyati!” va “Mustaqil bir musulmon davlatini tuzamiz!” iboralari harakatning lo‘nda g‘oyasini ifodalardi.Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va ziyolilar edi. Turkiston ASSR rahbarlaridan biri Turor Risqulovning e’tirocha, harakatga “asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo‘shilardi”. Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi –o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. O‘zbeklarning miqdori ko‘pchilikni tashkil qilgan. Biroq harakat safarida ba’zi yevropalik millatlar vakillari, hatto ruslar ham bo‘lib, ular sovet rejimiga qarshi kurashganlar. Kurashga qo‘zg‘algan xalq harakatini uyushtirishda qo‘rboshilarning xizmati katta bo‘lgan.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8000 nafar askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar. Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‘shimc ha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi.

Katta Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i N.Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920-yil 6-martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay sovet qo‘mondonligi tomonidan qo‘rboshilar o‘rdasiga yuborilgan Madaminbek noaniq vaziyatda 1920-yil mayda o‘ldirildi.Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi. 1920-yil 3-mayda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi. Shermuhammadbek istiqlolchilik harakatiga bosh bo‘ldi.

Download 388,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish