Sana “ ” 201 yil



Download 1,46 Mb.
bet76/141
Sana22.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#399098
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Yangi dars bayoni:

Ma’lumki, urbanizatsiya (lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qiladi. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi davrlarda shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq, ma’muriy boshqaruv, mudofaa ishlari, diniy ibodatxona va ziyoratgohlar negizida vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, bir necha ming yillar avval Yer yuzida Fiva, Bobil (Vavilon), Ur, Afi na, Rim, Iskandariya, Karfagen, Moxenjo-Daro, Samarqand (Marokand) kabi yirik shaharlar mav-jud bo‘lgan. Ammo haqiqiy shaharlashuv jarayoni qizg‘in sur’atlar bilan faqat XIX asrda, dastlab Yevropada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada boshlandi. Bu hodisa G‘arb davlatlarida o‘sha paytda ro‘y bergan sanoat inqilobining natijasi bo‘ldi. Dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida esa urbanizatsiya jarayonlari XX asrning o‘rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli boshlandi va hozirgi kungacha yuqori sur’atlar bilan davom etmoq da. Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o‘sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko‘tarildi. Yarim asrdan so‘ng, 1950-yilda jahon urbanizatsiya darajasi 29 % ni tashkil etdi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 45 %, 2001- yilda – 47 % ga yetadi. 2010-yilga kelib shaharliklarning jahon aholisi tarkibidagi ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda u 54 % ga teng.Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi. I. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi.Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 70 foizdan oshgan (9-jadval). Bu borada, ayniqsa, Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar ko‘zga tashlanadi.Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50 foiz atro] da bo‘lib, o‘sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40 foizdan sal ko‘proq. Lekin har ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo‘ltig‘i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JARkabi davlatlar ajralib turibdi. Shu bilan birga, Butan, Burundi, Malavi, Uganda, Chad, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25 foizga ham yetmaydi. Ammo oxirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko‘paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilano‘sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.Jahon urbanizatsiyasining hozirgi bosqichida xalqaro savdo-iqtisodiy va bank-moliya munosabatlari rivojlanishi, transmilliy korporatsiyalar faoliyati doirasining kengayishi, zamonaviy transport va aloqa tarmoq lari vujudga kelganligi hisobiga ayrim juda yirik shaharlarning ta’sir doirasi joylashgan davlati bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa mamlakat va mintaqalar, ba’zan esa jahonni qamrab olmoqda. Bunday shaharlarning aholisi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyodagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashganligi bilan boshqa shaharlardan ajralib turadilar. Shu toifadagi shaharlarga nisbatan global (yoki jahon) shaharlari atamasi qo‘llaniladi. Global shaharlar qatoriga, eng avvalo, Nyu-York, London, Tokio, Shanxay, Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta katta shaharlar kiritiladi.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish