Yangi dars bayoni:
Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fi krni bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev,
P. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A.Toynbi, S. Xantington kabilar ushbu oqim g‘oyalari rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Garvard universiteti professori S. Xantingtonning 1993-yil chop etilgan “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobida XXI asrning asosiy munozarali
to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsiyalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klauzes, X. I. Moltke, A. Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlatlarining tarixi geografik o‘rni, qirg‘oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida shakllanadi degan fikrni bildirganlar.
Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlatlarining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb hisoblash mumkin. Geografi k determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Bu fi krlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy, Aristotel kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik uning rivojlanishida J. Baden, Sh. Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning xizmatlari katta bo‘lgan. Ular tomonidan ko‘rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni yuzaga kelishida sababchi bo‘lgan asosiy omil sifatida qaralgan.
Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1648-yil O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan imzolangan Vestfal shartnomasi Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya keyinchalik Angliya, Shvetsiya va Fransiya kabi markazlashgan kuchli davlatlarning jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga kirishishiga sababchi bo‘lgan. Bu bosqich XIX asrning boshlarigacha davom etgan.1814-yil sentabr – 1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga sababchi bo‘lgan. Rossiya, Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar imperiyasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan rivojlanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi natijasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va Rossiyaning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi bu davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |