Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


Ma’ruza. 10. Fizikadan o’quv mashg’ulotlari va uni tashkil etish usullari



Download 8,52 Mb.
bet92/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Ma’ruza. 10. Fizikadan o’quv mashg’ulotlari va uni tashkil etish usullari.
1.Dars-o’quv mashg’ulotining asosiy shakli. Fizikadan zamonaviy dars turlari.
Reja: Milliy ta’lim modeli. Fizikani o’qitish jarayoniga sistemali yondashuv. Fizikani o’qitish jarayoni modeli. Muammoli va dasturli dars turlari va ularni tashkil etish usullari.
Tayanch iboralar: Yangi pedagogik texnologiya, innovasiya muammoli, va dasturli dars.


1. Dars-o’quv mashg’ulotini asosiy shakli va uni tashkil etish uslubiyati

Ta’lim jarayoni deb, o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadni ko’zlab birgalikdagi faoliyatiga aytiladi. Ta’lim jarayonining metodik asosi dialektika hisoblanadi. Dialektikada bilim nazariyasi quyidagi qoidaga amal qiladi. Tabiatni va unda kechadigan jarayonlarni bilish quyidagi yo’l bilan amalga oshadi: jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tiladi.


Fizika fanini umumta’lim, o’rta maxsus va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish dialektika qoidalari asosida amalga oshiriladi. Mashg’lotlarning asosiy shakli – dars hisoblanadi. Mazmuni jihatdan dars quyidagi turlarga bo’linadi.
a) Yangi mavzuni o’tish darsi.
b) Laboratoriya darsi.
v) Yangi mavzuni mustahkamlash va takrorlash darsi.
g) Bilim va malakani nazorat qilish darsi.
ye) Takrorlash darsi.
Ushbu bo’linish ham shartli hisoblanadi, ba’zan barcha dars usullari birgalikda ham qo’llanilishi mumkin. Faqat laboratoriya va yozma nazoratlar alohida dars shaklida o’tiladi.
Yangi mavzuni bayon etish darsi so’z va namayish tajribasi, ko’rgazmali qurollar yordamida olib borilishi mumkin.
So’z orqali dars: suhbat, hikoya va ma’ruza shakllarida olib borilishi mumkin. Bu usullardan qaysi birini qo’llash o’tiladigan mavzuga bog’liq.
Dars quyidagi qismlardan tashkil topadi:

        1. Darsning tashkiliy qismi; navbatchi axboroti.

        2. O’tilgan mavzuni so’rash va uni mustahkamlash.

        3. Yangi mavzuni o’tishdan avval tayyorgarlik suhbati.

        4. O’tilgan mavzu bilan yangi mavzuni bog’lab, yangi mavzuni doskaga yozish.

        5. Yangi mavzuga tegishli hodisaga misollar keltirish.

        6. Yangi mavzuni bayon etishdan avval namoyish tajribasini o’tkazish.

        7. Tajriba sxemasini doskaga chizish.

        8. Tajribadan olingan natijalar asosida xulosa chiqarish.

        9. Hodisani ifodalovchi munosabatni (formulani) keltirib chiqarish.

        10. Xulosa yasash.

        11. O’quvchilarning o’zlashtirish darajasini tekshirish.

        12. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun mashq va masalalar yechish.

        13. fizik jarayonni texnikada qo’llanilishini izohlash.

        14. Uy vazifasi va uni qanday bajarish haqida tavsiyalar berish.

Ba’zan bir dars davomida darsning 12 va 13 chi qismlarini o’tib ulgurmaslik mumkin. U holda ular kelasi darsga qoldirilishi ham mumkin.
O’tilgan mavzuni takrorlashga 8-10 minut ajratish lozim, aks holda yangi mavzuni bayoni va uni mustahkamlashga vaqt yetmay qoladi.
Umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida suhbat va hikoya darslaridan tashqari ma’ruza darsi ham qo’llaniladi. Ma’ruza darsida o’qituvchi mavzuni uzluksiz tarzda bayon etib, lozim bo’lsa namoyish tajribasi bilan birgalikda olib boradi. Ma’ruza darslarini tashkil etishdan maqsad o’quvchilarni oliy o’quv yurtlaridagi leksiyaga tayyorlashdan iborat. Ma’ruza darsida o’quvchilarni konspekt yozish tartibini tushuntirish zarur, ma’ruzada aytilgan barcha o’quv materialini konspekt qilish shart emas. Kerakli qoida va munosabatlarni o’qituvchini o’zi doskaga yozib beradi va o’quvchilar konspektini tekshirib, yaxshi yozilgan konspektlarni namuna sifatida ko’rsatib o’quvchilarni rag’batlantirish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Yaxshi tashkil etilgan va mahorat bilan o’tilgan ma’ruza darslari o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Ma’ruza darsida o’qituvchining nutqi, dunyoqarashi, pedagogik mahorati ham takomillashib boradi.
Umumta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri o’quvchilarga politexnik ta’lim berish hisoblanadi. Politexnik ta’lim laboratoriya, masala yechish darslaridan tashqari sanoat korxonalariga sayohatlarni uyushtirish orqali amalga oshiriladi. Ekskursiyalar oldindan rejalashtirilib fizika dasturiga mos bo’lishi talab etiladi. Ekskursiyaga chiqishdan oldin uning maqsadi, qaysi sanoat korxonasiga chiqish, nimalarga e’tiborni qaratish va qanday savollarga javob izlash to’g’risida suhbat o’taziladi. Ekskursiyadan so’ng unga yakun yasaladi, yakunlash suhbatida o’quvchilarga o’z taassurotlari bo’yicha yozma hisobot, chizmalar, eskizlar chizish topshiriladi va ular albatta baholanishi lozim.
Fizika jarayonlarining ba’zilari ko’zga ko’rinmas va juda tez kechadi. Shu sababli ularni chizmasi, grafigi yoki modeli orqali namoyish etish ehtiyoji tug’iladi. Fizika darsida ko’rgazmali plakatlar, chizmalar, grafiklar muhim didaktik ahamiyatga ega. O’quvchilar fizik jarayonlarni chuqur o’zlashtirishga va mustahkam bilim egallashlariga erishiladi. Ba’zi chizmalar va grafiklarni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashlari ham muhim didaktik ahamiyatga ega.
O’quvchilarni darslik bilan ishlashini tashkil etish, konspekt yozishga o’rgatish dars jarayonining muhim qismi hisoblanadi. O’quvchilar daftarga nimalarni yozishi kerak? Eng avvalo doskada yozilganlarni: dars mavzusi, chizmalar va grafiklar, formulalarni keltirib chiqarish, sonlar, namuna sifatida yozilgan masalalar, olimlar nomi, ularning hayot davri, yangi fizik atamalar, chet tilidan kirgan so’zlar va atamalar izohi. So’ngra o’tilgan mavzuga tegishli qonuniyat va xulosa. Imkon boricha o’quvchilar chorxonali daftar tutgani ma’qul, chunki chizmalar va grafiklar chizish osonlashadi. o’quvchilar daftari vaqti-vaqti bilan o’qituvchi tomonidan tekshirib boriladi.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish