Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 8,52 Mb.
bet73/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Nazorat savollari.

  1. FO’Uning ilmiy izlanish uslubi?

  2. FO’Uning falsafa fani bilan o’zaro aloqasi?

  3. FO’Uning pedagogika fani bilan aloqasi?

  4. FO’Uning psixologiya fani bilan aloqasi?

  5. O’quvchilarda ko’nikma va malakani shakllantirishda FO’Uning ahamiyati?

  6. O’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda fizika fani bilan islom dinining mushtarakligi nimadan iborat?



4. Ma’ruza. Oliy, o’rta maxsuc va umumta’lim maktablarida fizika fanining mazmuni va o’quv yillari bo’yicha rejalashtirilishi
Reja: Fizika fanining mazmunini belgilovchi omillar. Davlat ta’lim standartlari (DTS), darsliklar, o’quv qo’llanmalar va O’TV ning tahlili. Fizika fanini o’quv yillari bo’yicha rejallatirilishining chiziqli, doiraviy va bosqichli usullari. Fizika fanini boshqa fanlar bilan aloqasining didaktik asoslari.
Tayanch iboralar: Differinsasiya, integrasiya, didaktik tamoyillar, radial, konsentr, bosqichli.

Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda fizika fani yildan-yilga rivojlanib, kengayib borayapti. Hozirda fizikada differensasiya, jarayoni tugallanib, integrasiya jarayoni ketayapti. Fizika fanida 1960 yillarda lazerlarning ixtiro qilinishi bilan yangi fan sohalari: kvant elektronikasi, nochiziqli optika va h.k yuzaga keldi. Integrasiya jarayoni natijasida biofizika, kosmofizika, radiobiologiya, fizximiya, astrofizika, kibernetika fanlari paydo bo’ldi. Bu jarayon yana davom etib boraveradi. Yuqorida qayd etilgan mulohazalardan shu narsa ayon bo’ladiki, fizika fani umumta’lim maktablarida o’qitilishi majburiy hisoblanishi didaktik asosga ega. Chunki fizika fani tabiiy fanlarning va zamonaviy texnikaning nazariy asosi sanaladi. Ikkinchi tomondan umumta’lim maktablarini tugatib chiqayotgan yoshlarimiz, kelajakda sanoat korxonalarida, ishlab chiqarishda yoki kasb hunar kollejlarida yoki akademik liseylarda o’qishni davom ettirishadi. Shu sababli umum ta’lim maktablarida fizika fanini mazmuni zamona talabiga javob bera olishi kerak, ya’ni fizika fanini ilmiyligi saqlanishi zarur. Uchinchidan, fizika fani o’quv predmeti ekanligini e’tiborga olsak, elementarlik prinsipi saqlanishi lozim. Demak, umumta’lim maktablarida fizika fani ilmiy va elementar bo’lishi kerak. Bu muammo bilan fizikani o’qitish uslubiyati shug’ullanadi. Fizika fanidan nimalarni umumta’lim maktablarining dasturiga kiritish kerak? Bu muammo jamiyatning iqtisodiy va siyosiy salohiyoti bilan aniqlanadi. Respublikamiz iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarni boshidan kechirayotgan bir paytda bu muammo yanada dolzarb davlat siyosatiga aylandi. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi (1997 yil avgust, Oliy majlisning IX sessiyasida) bu muammoning yechimi bo’ldi. Ushbu hujjatlarda “Barkamol avlod” konsepsiyasi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish chora va tadbirlari ko’rsatib berildi.


O’rta ta’lim sistemasida fizika kursi zamonaviy bo’lmog’i shu bilan birga u elementarligini saqlab qolmog’i kerak. Zamonaviyligi shundan iboratki fan va texnikaning rivojlanishi yoshlarni ishlab chiqarishga, fan va texnika sohalarida ishlashga tayyorlashdan iborat bo’ladi.
Fizika kursini o’rta maktablarda hajmi va mazmuni (Davlat ta’lim standartlarida) DTS qayd eiladi. Bu davlat hujjati hisoblanib, barcha maktablar uchun uni bajarish majburiy hisoblanadi. Shuningdek, u o’qituvchilar uchun ham, darsliklar yozuvchi mualliflar uchun ham asosiy qo’llanma hisoblanadi. Zamonaning o’zgarishi, fan va texnikaning taraqqiy etib borishi bilan fizika kursini mazmuni ham o’zgarib boradi. Shuning uchun fizika fanining mazmuni quyidagi didaktik tamoyillar asosida aniqlanadi.

  1. Fizika kursining ilmiyligi, (zamonaviyligi) va elementarligi.

  2. O’quvchilarning yoshiga mos keladigan darajada sistematikligi.

  3. Nazariya va amaliyotning birligi.

  4. Fizika kursining hayot bilan bog’liqligi va uning tarbiyani amalga oshirishdagi o’rni

  5. Fizika kursini boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.

Fizika fanining mazmuni tanlab olingach, uni o’quv yillari bo’yicha taqsimlash muammosi turadi. Fizika fanini o’qitish uslubiyati tarixida o’quv materiallarini o’quv yillari bo’yicha taqsimlashning uchta yo’li ishlab chiqilgan.

  1. Radial (chiziqli) usul. Bu usulda fizika kursidagi o’quv materiallari sistematik tarzda faqat bir marta o’tiladi. Bu usul bir qator kamchiliklarga ega ekanligi ravshan bo’ldi. Bu usul o’quvchilarning balog’at yoshiga monand fikrlashini ya’ni yosh psixologiyasini hisobga olmaydi. O’quvchilarning ongi yetarli darajada rivojlanmagan va matematikadan kerakli tushunchalar o’tib ulgurmagan paytda murakkab qonuniyatlarni o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Yuqori sinflarda esa nisbatan osonroq mavzularni o’qitishga to’g’ri keladi. Bu kamchiliklarga barham berish uchun doiraviy usul ishlab chiqildi.

  2. Doiraviy (konsentr) usuli. Bu usulda barcha o’quv materiali ikki konsentr (doira)ga bo’linadi. Birinchi doirada fizikaning barcha bo’limlari to’g’risida elementar tushunchalar beriladi, ikkinchi doirada esa, birinchi doiradagi mavzular yana qayta o’qitiladi, ammo endi u to’liq matematik qoidalar asosida, nazariya bilan boyitilgan holda mukammal o’tiladi. Bu usulda o’quv materiali o’quvchining yoshiga munosib bo’lib, sekin-asta murakkablashib boradi. Uning kamchiligi: 1) O’quvchilarning ko’p vaqtini oladi, 2) Mavzular qayta o’tilganligi uchun o’quvchilarning qiziqishini pasaytiradi.

  3. Bosqichli usul. Bu usulda radial va doiraviy usullarning ijobiy tomonlari olingan. Radial usuldan ketma-ketlikni, konsentrik usuldan o’quvchilar yoshini hisobga olishni o’zida mujassamlashtirgan. Bu usulda fizika kursi ikki bosqichga bo’lib o’tiladi. Birinchi bosqichda VI-VII sinflarda o’tilgan ko’pchilik mavzular ikkinchi bosqich ( VIII-IX sinf) da o’tilmaydi. Masalan, gidrostatika VI sinfda o’tilib, qaytib o’tilmaydi. Gidrodinamika VIII sinfda, zanjirning bir qismi uchun Om qonuni VII sinfda, berk zanjir uchun Om qonuni IX sinfda o’tiladi va h.k. Hozirgi paytda bu usul o’zini to’la oqladi, uni chet el uslubiyatchilari ham tan olishgan. Umumta’lim maktablarimizda ushbu usulda fizika fani o’quv yillari bo’yicha rejalashtirilgan.

Birinchi bosqich. Bu bosqichda fizika fani moddalarning molekulyar tuzilishidan va ularning harakatidan boshlanadi. So’ngra, mexanik harakat, tezlik, massa, inersiya, moddalarning o’zaro ta’siri, moddalarning og’irligi, jismlar deformasiyasi o’tilgandan keyin, kuch tushunchasi va uni o’lchash usullari bilan tanishtiriladi. Gaz bosimi molekulalarining o’zaro ta’siri asosida tushuntiriladi. Atmosfera bosimi, gidro va aerostatika – Paskal qonuni, Arximed qonuni, VI sinf oxirida esa oddiy mexanizmlar, mexanik ish va energiya tushunchalari o’tiladi.
VII sinfda o’quvchilar issiqlik va elektr hodisalari bilan tanishtiriladi. Energiya va ichki energiya to’g’risida ma’lumot beriladi. Elektr hodisalarini o’rganish atom tuzilishi bilan bog’liq ravishda olib boriladi. Tok kuchi, kuchlanish, o’tkazgichlar qarshiligi to’g’risida ma’lumot beriladi. Elektr bo’limi e/m hodisalari bilan tugallanadi, e/m induksiya hodisasi, elektr toki generatorlari va boshqalar faqat sifat jihatidan tushuntiriladi. Bu mavzularni birinchi bosqichda o’tilishidan maqsad o’quvchilarga elektrotexnikadan boshlang’ich ma’lumot berish bilan ularni mehnat darslariga tayyorlash kuzda tutiladi. 1997 yildan boshlab umumiy o’rta ma’lumotga o’tish munosabati bilan optika, tebranishlar, yadro tuzilishi bo’limlari birinchi bosqichda o’tilmaydi.
Ikkinchi bosqich. Fizika kursi sistematik ravishda o’tiladi. VIII sinfda mexanika bo’limi moddiy nuqta harakatini o’rganishdan boshlanadi. Vektor kattaliklar, koordinata sistemasi, egri chiziqli va to’g’ri chiziqli harakat kinematikasi, dinamika o’tiladi. Dinamika qonunlarining qo’llanilishi: a) doimiy kuch ta’sirida, v) ishqalanish kuchi ta’sirida, s) yuqoriga tik otilgan, gorizontga burchak ostida otilgan jismlar harakati, d) og’irlik kuchi hamda elastiklik kuchi ta’sirida aylana bo’ylab harakat o’rganiladi.
IX sinfdan molekulyar fizika bo’limi molekulyar - kinetik nazariya asosida to’liq o’tiladi. IX sinfda elektrodinamika bo’limi elektrostatikadan boshlanadi. Turli muhitlarda elektr toki metallar tuzilishining elektron nazariyasi asosida tushuntiriladi.
Ikkinchi bosqichda magnit maydoni miqdor jihatdan tushunitiriladi. Magnit maydonining harakatlanayotgan zaryadga ta’siri (Lornes kuchi), moddalarning magnit xususiyati o’tiladi. Elektrodinamika bo’limida elektr va magnit maydonlarining vaqt bo’yicha o’zgarishi va ular o’rtasidagi aloqa o’rnatiladi.
IX sinfda birinchi bosqichda o’tilmagan mavzular o’rganiladi: tebranish va to’lqinlar, optika, nisbiylik nazariyasi, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish