Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 8,52 Mb.
bet69/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

FO’U ning ilmiy izlanish uslubi.
FO’U fanining ilmiy izlanish uslubi sistemali tahlil hisoblanadi. FO’U ning foydalanish manbalari bo’lib, davlat ta’lim standartlari (DTS), hukumat qarorlari va qonunlari, o’rta maktablar uchun mo’ljallangan darsliklar, uslubiy ko’rsatmalar, fizika o’qitish uslubiyati bo’yicha bo’lib o’tadigan syezd va konferensiya materiallari, ilmiy uslubiy jurnallar va ro’znomalar hisoblanadi. FO’U fani o’zining ilmiy izlanishlari uchun dialektika, psixologiya va pedagogika fanlarining asosiy qonunlaridan va zamonaviy yutuqlaridan foydalanadi. Pedagogik tajriba. Fizikani o’qitish uslubiyatiga biror bir yangilik kiritilishidan oldin u pedogogik tajribadan o’tkaziladi. Pedagogik tajribani o’tkazish uchun ikkita bir xil o’zlashtirishdagi sinflar tanlab olinib, birinchisida odatdagi usulda mavzu bayon qilinsa, ikkinchisida esa yangi usulda o’tiladi. So’ngra o’quvchilarning o’zlashtirishlari ikkala sinfda taqqoslanib yangilikning samaradorligi haqida xulosa chiqariladi.


FO’U ning falsafa fani bilan aloqasi.
FO’U fani falsafa ya’ni dialektika qonunlariga asoslanadi. Dialektika FO’Uning metodologik asosi hisoblanadi. Fizika fani va uni o’qitish uslubiyati dialektika qonunlaridan foydalanadi. Bu qonuniyatlar quyidagilar hisoblanadi.

  1. Qarama-qarshiliklar kurashi va birligi.

  2. Miqdor o’zgarishini sifat o’zgarishga olib kelish.

  3. Inkorni-inkor.

Dialektika kategoriyalari: hodisa va mohiyat, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif. Falsafaning ushbu qonun va kategoriyalari FO’U fanining metodologik asosi hisoblanadi.


FO’U ning psixologiya fani bilan aloqasi.
Psixologiya fani turmushning turli jabhalariga kirib bormoqda, psixologiya negizida yangi-yangi fanlar paydo bo’lmoqda. Fizikani o’qitish murakkab pedagogik jarayon bo’lib, uning ishtirokchilari o’qituvchi va o’quvchilar hisoblanadi. Darsni samarali tashkil etish uchun o’qituvchi fizika fanini chuqur tushunishi zarur, aks holda unga hyech qanday uslubiyat yordam bera olmaydi. O’quvchi ham o’z navbatida murakkab sistema bo’lib, uning ruhiy holati darsning o’zlashtirish darajasini belgilaydi. Inson ruhiyatini psixologiya fani o’rganadi. Psixologiya fani shug’ullanish sohasi bo’yicha bir necha tarkibiy qismlarga, turlarga bo’linadi: ijtimoiy-siyosiy oila psixologiyasi va hokazo. Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning yoshini e’tiborga oluvchi yoshlik davri psixologiyasidan foydalanish zarurati tug’iladi.O’quv jarayonini ilmiy tarzda tashkil etish uchun o’qituvchidan nafaqat fizika asoslari hamda uslubiyatidan chuqur bilim, shuningdek, o’quvchilar ruhiyatini qonunlarini bilishni ham taqoza etadi.O’quvchilarda mustaqil fikrlash, ko’nikma va malakani shakllantirish yo’llarini psixologiya fani ko’rsatib beradi. Shuningdek har bir fanni o’qitishdan uning tarbiyaviy tomoni ham ko’zda tutiladi. O’quvchini his-tuyg’usi, qiziqishi, mehnatga, do’stlariga bo’lgan munosabati, tashabbuskorlik, sabr-toqat kabi xislatlarini shakllantirish uchun uning psixologik va fiziologik rivojlanish darajasini bilishni taqoza etadi. Psixologiya fani asoslariga ko’ra, insonning psixik rivojlanishi nerv sistemasining tug’ma anatom-fiziologik xususiyatlarga asoslansada, inson tashqi muhit bilan o’zaro aloqada bo’lib uning psixik holati qiyomiga yetadi. Bu jarayon inson tug’ulgan kundan boshlanib vafot etgunicha davom etadi. Shu o’rinda haqli bir mulohazani keltirish lozim. Insonning tug’ma xususiyati, bilan, tashqi muhit o’rtasida dialektik munosabat mavjud. Masalan, istalgan shaxsga har qancha ta’lim va tarbiya bersak ham u Eynshteyin, Galiley, Navoiy, imom Buxoriy bo’lib yetisha olmaydi.
Inson psixologisining rivojlanishi tashqi muhit ta’siriga ham bog’liq ekan. Buni isboti uchun tabiatdan misol olaylik. Agar har qanday saralangan bug’doy urug’i uchun yetarli harorat va namlik bo’lmasa u tuproqdan unib chiqmaydi. Xuddi shuningdek, inson bolasi har qanday tug’ma qobilyatga ega bo’lsa ham, agar unga yetarli shart-sharoit yaratilmasa u buyuk inson bo’lib yetisha olmaydi. Ushbu mulohazalarga asoslanib fizikani o’qitish jarayonini psixologik jihatlarini e’tiborga olmasdan ta’lim va tarbiyani to’laqonliligini, samaradorligini ta’minlay olmaymiz. Hozirda zamonaviy psixologiya fanining xulosalariga ko’ra, o’qitish jarayonida o’quvchilarga bilimlar sistemasini o’zini berish yetarli emas, balki o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, aqliy faoliyat usullari sistemasini ham shakllantirish zarur ekan. Shunday qilib, fizikani o’qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizikani o’qitishning o’zigi xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish lozim ekan. Bu psixologik jarayon avvalo fizika predmetini mazmuni bilan aniqlanadi. O’rganilayotgan fizik jarayonlarni mohiyatiga kirib borish uchun o’quvchilarda abstraksiyalash, ideal modellar tuzish, xayoliy operasiyalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu xildagi psixologik holat o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va o’quvchilar yoshi ulg’ayib borgan sari u ham rivojlanib takomillashib boradi. Shu sababli umumta’lim maktablarida fizika predmeti ikki bosqichda, 4 yil davomida o’qitiladi.
Fizika fanini o’qitishning o’ziga xos yana bir psixologik tomoni shundan iboratki, o’quvchilar fizik hodisalarni o’rganishda turli-tuman abs-rakt modellar, formulalar, sxemalar, grafiklar bilan ish ko’radi. O’quvchilardan abstrakt tushunchalarini real obyektlarga ko’chirish mahorati talab qilinadi. Bu kabi psixologik jarayonlar tufayli fizik tushunchalar va bilimlar sistemasi yuzaga keladi.
Fizika fanini o’qitishning yana bir muhim tomoni shundan iboratki fizik jarayonlarni, obyektlarni, o’rganayotganda iloji boricha insonda mujassamlashgan 5 ta sezgi a’zolarining hammasi ishtirok etsin, o’shanda talaba to’laqonli mustahkam bilim olishi mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani yutuqlariga ko’ra o’quvchi biror axborotni eshitsa, uni 10% ni esida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa ham ko’rsa u axborotni 50% ni xotirasida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa, ham ko’rsa va o’zi ham shu axborotni yuzaga kelishida ishtirok etsa, u axborotni 90% ni xotirasida saqlab qolar ekan. Shuning uchun milliy ta’lim konsepsiyasida yoshlarning mustaqil bilim olishlariga keng e’tibor qaratilgan.
Ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishi yana bir psixologik jarayon, ya’ni o’qishning maqsadi (motiv) ni aniqlashga bog’liq. Psixologiyada motiv deganda, o’quvchilarni xati-harakatlarga undaydigan sabablar majmuasi tushuniladi. Motivlarni shakllanishida, talablar, mayllar, instinklar, emosiyalar, g’oyalar, qiziqishlar muhim omil hisoblanadi. Masalan, ma’lumot olishga undovchi sabablar: ota-onaning talabi, boshqalardan orqada qolmaslik, institutga kirish, Vatanga sadoqatli, foydali fuqoro bo’lishi va hokazolar. Eng yuqori motiv mustaqil Respublikamizning kelajagi uchun fidokor, zahmatkash, sodiq, bilimdon, komil inson darajasiga ko’tarilish his-tuyg’ulari hisoblanadi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarda oliy darajali motivlarni shakllantirish, ya’ni Ona Vatanimizga foydali inson bo’lish uchun bilim olish lozimligini tarbiyalashdan iborat. O’qishdan maqsad aniq bo’lgandagina o’qitish jarayoni samarali bo’lishi mumkin. O’qishga qiziqish uyg’otish ta’lim-tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Har bir o’quvchi qalbida yashirin tarzda ma’lum bir fan sohasini egallash imkoniyatlari mavjud bo’ladi. O’qituvchining vazifasi o’quvchidagi ana shu yashirin imkoniyatni ochishdan iborat, ya’ni o’quvchi qalbidagi qo’ng’iroqni chala bilish zarur. Ana shundan keyingina o’quvchining mustaqil ijodiy ishlari uchun imkoniyat tug’iladi, u bilim olish yo’lida turli qiyinchiliklarni yengishga intiladi.
O’qishga bo’lgan qiziqish tufayli o’quvchida intellektual aktivlik oshadi, xotira takomillashadi, tasavvur etish, qabul qilish jarayonlari kuchayadi, fikrni bir nuqtaga to’plash, abstrakt fikrlash kabi xislatlar shakllana boshlaydi. Bilimga qiziqish tufayli, o’quvchida u yoki bu sohaga nisbatan qiziqish uyg’onadi va unda kelajakda kim bo’lish orzusi shakllana boshlaydi.
O’quvchilarga «Fizikani o’rganish qiziqarli bo’lishi uchun nima qilish kerak»? degan savol berilganga ular: “Fanni qiziqarli o’tish”, “O’qituvchining shaxsiy xislatlari” degan javobni berishgan. Darsni qiziqarli bo’lishi o’qituvchi qo’llaydigan uslubiyatga bog’liq. Bu muammo darsni didaktik tamoyilar asosida olib borish orqali yechiladi, ya’ni darsning ilmiylik darajasi bilan soddalik darajasi, fikr bayon etishda sistemalilik, ko’rgazmalilik tamoyillariga amal qilish, darsni muommoli tarzda tashkil etish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
FO’U fani zamonaviy psixologiya fani yutuqlaridan samarali foydalanadi. Oliy, umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim, akademik liseylarda fizika fanini o’qitish samardorligi quyidagi psixologik qoidalarga bog’liq:
1. Bolani necha yoshdan boshlab maktabga berish lozim? Yoki nechanchi sinfdan boshlab fizikani o’qitish maqsadga muvofiq? Degan savollarga psixologiya fani quyidagicha javob beradi. Bolaning aqliy rivojlanishida 6-7 yoshdan boshlab bilim olishga imkoniyat vujudga kelar ekan. Shuning uchun fizika fanini 6-sinfdan boshlab o’rgatish maqsadga muvofiq ekan.
Har bir o’quvchi individ hisoblanadi, ya’ni uning o’ziga yarasha psixologik tomonlari mavjud bo’ladi. Ta’lim va tarbiyani samarali bo’lishi uchun o’quvchilarning ruhiy kechinmalarini ham hisobga olish lozim.
2. Psixologiya fanida kompensasiya degan tushuncha bor. Agar insonning biror a’zosi sust ishlasa, boshqa a’zosi kuchli rivojlanar ekan. Masalan ko’zi ojizlarning eshitish qobilyati yuqori bo’lar ekan. Yoki abstarakt mushohada kuchli bo’lgan bolada amaliy ishlarga layoqat kuchsiz bo’lar ekan. Ba’zi bolalarda ikkala xususiyat ham namayon bo’lar ekan.
3. O’quvchilar taqlidchan bo’lishadi, ya’ni o’zlarining xatti-harakatlarida kattalarga o’xshagisi keladi.
4. Psixologik baryer. O’quvchilarni o’z imkoniyatlariga ishonchini yuzaga keltirish lozim. Psixolog olimlari tomonidan shunday bir psixologik tajriba o’tkazilgan. Ikkita bir xil sichqondan bittasi suv solingan idishga tushurilganda u 3-4 minut suzib so’ngra suvga g’arq bo’lgan. Ikkinchi sichqon esa 15-20 minut suvda suzib cho’kib ketmagan. Xo’sh, buning siri nimada? Ikkinchi sichqon 3-4 minut o’tgach cho’kaman deganda uni ko’tarib cho’kishdan saqlab qolishgan va yana u suzib yurib 4-5 minutdan keyin cho’ka boshlaganda uni yana ko’tarib cho’kishdan saqlab qolishgan. Ana shu tarzda ikkinchi sichqonda psixologik jihatdan g’arq bo’lmaslik instinkti hosil qilingan ekan. Inson psixologiyasi juda ham murakkab sistema hisoblanadi, uning hamma qirralarini biz hali yaxshi bilib olganimiz yo’q. Ushbu misoldan ko’rinadiki o’quvchilarda o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Fizikadan u yoki bu mavzuni o’zlashtirishda, amaliy mashg’ulotlarni o’tishda oddiydan murakkabga degan tamoyilga amal qilish lozim. O’quvchilarga avvalo soddaroq masalalarni yechishni o’rgatish va sekin astalik bilan mavzuni murakkablashtirib borish zarur.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish