Ayrim mavzular bo’yicha laboratoriya ishlari uy-ro’zg’or buyumlari bilan uyda o’tkazilishi ham mumkin. O’quvchilarning darsdan tashqari olib boradigan kuzatishlarini uy-ro’zg’or asboblari (radio, televizor, elektr schyotchigi, gaz plitasi, xolodilnik va h.k.), tabiat hodisalari, sanoat korxonalari, qishloq xo’jalik ishlari va h.k.bo’lishi mumkin. O’quvchilarning mustaqil ravishda bajaradigan kuzatish va o’lchashlari o’qituvchi tamonidan boshqariladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari. O’quvchilarga tavsiya etiladigan laboratoriya ishlari va kuzatish mavzulari sifatida quyidagilarni olish mumkin: Jismlarning og’irlik markazini aniqlash.
Jismlar o’rtasidagi ishqalanish kuchini aniqlash.
Matematik mayatnikning tebranish davrini aniqlash.
Sham yoki chiroq yordamida havoda konveksiya hodisasini o’rganish.
Elektr schyotchigini nagruzkaga qarab aylanish tezligini kuzatish.
Turli jismlarni tirqishda, linzada tasvirini kuzatish.
Nazorat savollari. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarining turlari va uni tashkil etish usullari?
Laboratoriya mashg’ulotlaridan ko’zda tutulgan maqsad nimalardan iborat?
Frontal laboratoriya darsi qanday tashkil etiladi?
Fizpraktikum darsi va undan ko’zda tutilgan maqsad?
O’quvchilarning sinfdan tashqari amaliy va uyda bajariladigan mashg’ulotlarining turlari?
Tajribada yo’l qo’yilgan xatoliklarni hisoblash va hisobot tuzish tartibi?
13-Ma’ruza. O’TV. Uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va qo’llash uslubiyati. Namoyish tajribasini o’tkazish uslubiyati Reja: O’TV va ularning turlari. O’TV ni qo’llashning didaktik ahamiyati. Fizika darsida o’quv texnika vositalari (O’TV) qo’llash uslubiyati. Fizika darsida namoyish tajribasini o’tkazish usullari. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish va uning istiqbollari. Tayanch iboralar: O’TV, demonstrasiya, tajriba, statik, va dinamik O’TV, diafilm, epiproyektor, kinofilm, kinofragment, kinokolsovka. Fizikani o’qitish uslubiyatining kelajakda rivojlanishi o’quv jarayoniga texnika vositalarini qo’llash bilan uzviy bog’liqdir. Texnika vositalarini qo’llashdan quyidagi didaktik maqsadlar ko’zga tutiladi.
1) O’quvchilar bilimini tekshirib borish orqali o’qitish samaradorligiga erishish.
2) O’qituvchini vaqtini tejash orqali ko’proq vaqtini ijodkorlikka bag’ishlash shuningdek:
a) hodisa va voqyealar to’g’risida to’la va aniq ma’lumot berish(tez kechadigan jarrayonlar, vaznsizlik), magnetiklarning domenli sturukturasini, o’rganish va h.k.
b) Ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirish.
v) Ko’zga ko’rinmas, hamda murakkab jarayonlarni modeli orqali namoyish etish .
g) Fundamental tajribalar modeli orqali o’quvchilarda hodisalar to’g’risida tasavvurni hosil qilish. (Rezerford, Milleken, Ioffe va h.k. tajribalar) d) Politexnik ta’limni amalga oshirish.
ye) Tarbiyaviy ahamiyati.
Barcha texnik vositalarni shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin.
1) Statik texnik ko’rgazmalar bularga turli xil jadvallar, diapozitiv, diafilmlar, epiproyektor va h.k. kiradi. Bularning asosiy kamchiligi: o’lchamining kattaligi, saqlash uchun noqulay, uzoq chidamasligi, Yutug’i: ishlatish oson, maxsus qorong’i xona talab etmaydi.
Diafilmlar. Bularning afzalligi shundaki o’qituvchi ularni istagan sur’at bilan namoyish etishi mumkin. Ba’zan kinofilmdan keyin diapozitiv yoki diafilm orqali hodisaning ma’lum bir bo’lagini qayta namoyish etish imkoniyati tug’iladi.
Epiproyektorlar yordamida kichik narsalarning ekranda kattalashtirib ko’rsatish uchun hamda o’quvchilar yozma ishidagi kamchiliklarni namoyish etish, jadvallarni ko’rsatish, sxemalarni chizib ko’rsatish mumkin.
2) Dinamik texnik vositalari: bularga o’quv kinofilmlari, teleko’rsatuvlar kiradi.
O’quv yili boshida o’qituvchi kinofilmlar mazmuni bilan tanishib ularni ish rejasiga kiritadi.
Kinofilmlar o’quv materialining bir qismini o’qituvchi o’rniga izohlab beradi, yoki uni texnikada qo’llanilishini namoyish etishi mumkin, yoki biror bo’limni yakunlashda xotima yasashda qo’llaniladi. Kinofilmlar turlicha bo’ladi.
1) Bir butun film. U hodisalar to’g’risida to’la ma’lumot beradi. Masalan: «Nyuton qonunlari», “Butun olam tortilish qonuni”, va h.k.
2) Qisqa muddatli (15-20 min) fragment filmlar. Masalan: “Molekulalar va molekulalar harakati”, “Ultratovush va uning texnikada qo’llanilishi”.
3) Kinofragment (4-5min), unchalik katta bo’lmagan savolga javob beradi.
4) Kinokolsovka: juda kichik fragment bo’lib, faqat biror hodisani namoyish etadi yoki bir necha fragment tushirilgan plenkalar o’zaro kleylanib namoyish etilishi ham mumkin.
Kinofilmlarni namoyish etish quyidagi hollarda maqsadga muvofiqdir:
1) Yangi mavzu o’tishdan avval o’quvchilarning darsga qiziqishini oshirish uchun
2) Ekskursiyaga chiqishdan avval.
3) Takrorlash, xotima va mavzuni umumlashtirish maqsadida.