Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Rasmiy uslubda olmoshlarning qoʻllanishi



Download 70,35 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi70,35 Kb.
#245869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HOZIRGI O'ZBEK TILI KURS ISHI

Rasmiy uslubda olmoshlarning qoʻllanishi
Oʻzbek tili funksional uslublarining biri sifatida qaraladigan rasmiy uslub davlat-maʼmuriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarda qoʻllaniladi va unda adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilinadi. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy soʻzlashuvga xos soʻzlar, emotsional-ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlarning ishlatilishi meʼyor sanalmasligi ham uni boshqa uslublardan keskin farqlaydi. U “...rasmiy (ish-idoraga xos) leksika va frazeologiyaga egaligi, soʻzlarning toʻgʻri, nomlovchi maʼnosida qoʻllanishi, bir qolipdagi iboralarning, amal-mansab atamalarining keng ishlatilishi, ekspressiv nutq vositalarining deyarli yoʻqligi kabi belgilari bilan ajralib turadi”7. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qogʻozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning ogʻzaki va yozma koʻrinishlari hamda bu koʻrinishlarning har biri uchun alohida ifoda-bayon meʼyorlari amal qiladi. Аriza, qaror, bildirishnoma, maʼlumotnoma, shartnoma, tabriknoma va boshqa koʻplab rasmiy hujjatlarning har birining oʻziga xos bayon etish qolipi, shuningdek, ularning har birining alohida soʻz va turgʻun birikmalari ham mavjud boʻladi. Rasmiy uslubga xos boʻlgan aniqlik, tushunarli boʻlishlik, fikrlarning bir qolipda bayon etilishi kabi xususiyatlar unda til materialidan foydalanishga, jumladan, rasmiy matnlarda olmoshlarni qoʻllashga ham muayyan talablar qoʻyadi. Rasmiy uslubda olmoshlarning ishlatilishi rasmiy mazmundagi matnlarda bu olmoshlar qaysi soʻz turkumiga oid birliklarning oʻrnida kelishi bilan bogʻliq boʻladi. Koʻrsatish olmoshlari sirasidagi u, bu, shu, oʻsha; bundoq, bunaqa, buncha, shundoq, shunaqa, shundaqangi, shunaqangi, u-bu, shuncha; mana…, ana… kabi elementlarning Rasmiy uslub doirasida qoʻllanish imkoniyatlari chegaralangan. Jumladan, bundoq, bunaqa, shundoq, shunaqa, shundaqangi, shunaqangi, u-bu kabi maʼlum darajada ekspressivlik xususiyati boʻlgan olmoshlar rasmiy uslub tabiatiga mos kelmaydi, shuning uchun rasmiy-ish hujjatlarida bunday koʻrsatish olmoshlari ishlatilmaydi.

U olmoshi birlik va koʻplikda qoʻllaniladi: Oʻzbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikadagi davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. Maʼlumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish, eng zarurlarini ajratib olish va tartibga solish, konspektlashtirish, oʻz fikrini aniq va yorqin ifodalash, oʻz vaqtlarini toʻgʻri taqsimlash, oʻzlarining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini toʻgʻri baholash ular uchun katta muammo boʻladi.

Bu olmoshi aksariyat hollarda birlikda qoʻllanadi: Bu huquqdan nosiyosiy jinoyat sodir etish uchun yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va printsiplariga zid xatti-harakat tufayli taʼqib paytida foydalanish mumkin emas (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi).

Shu olmoshi: Xuddi shu masala boshqa xalqaro muhokama yoki bartaraf etish taomiliga koʻra qarab chiqilmayotgan boʻlishi kerak. Bu olmoshlarning birontasi ham rasmiy uslub uchun xoslangan emas. Masalan: Har bir inson dam olish va boʻsh vaqtga ega boʻlish, shu jumladan ish kunini oqilona cheklash huquqi va haq toʻlanadigan mehnat taʼtili olish huquqiga ega; Har bir inson oʻzining va oilasining salomatligi va farovonligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan turmush darajasiga ega boʻlish, jumladan, kiyim- kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmat huquqiga ega (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi). Koʻrsatish olmoshlari orasida ushbuning rasmiylik xususiyati kuchlidir. Shu sababli u rasmiy munosabatlarda faol qoʻllaniladi: Ushbu Protokolda nazarda tutilayotgan xabarlarni koʻrib chiqayotganda Komitet majlisi yopiq boʻladi. (Fakultativ protokol). Ushbu Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir. (Mustaqillik Deklaratsiyasi).

Mazkur olmoshini rasmiy uslubga xoslangan deb ayta olamiz: Mazkur Paketda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paketning shu qismiga muvofiq mazkur Paketda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish borasida koʻrilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida maʼruzalar taqdim etish majburiyatini oladi (Xalqaro Pakt).

Rasmiy munosabatlarning informatsion xarakteri, gapning darak mazmunida boʻlishi, soʻroq gaplarning qoʻllanilmasligi kim, nima, ne/na, qaysi, qanday, necha, qancha, qachon, nega, nimaga, nechuk, nima uchun, qani kabi soʻroq olmoshlarning imkoniyatlarini jiddiy ravishda cheklab qoʻyadi. Shuning uchun ularning birontasining rasmiy uslub uchun xoslanganligi haqida gapirib boʻlmaydi.



Oʻz olmoshi rasmiy matnlarda oʻzining denotativ maʼnosi bilan ishtirok etadi va alohida xususiyatlari bilan ajralib turmaydi: Belgilab qoʻyilsinki, Аmaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yuridik shaxs boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori). Аmmo uning ariza matnida qoʻllanilishini hujjat mantigʻi taqozo keladi: Oʻz ixtiyorimga koʻra... Oʻz xohishim bilan… Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman kabi. Bu gaplarda ular til tejamkorligi nuqtai nazaridan ortiqcha element sifatida koʻzga tashlansa-da, ariza beruvchining kim haqida gap ketayotganligini taʼkidlash zarurati ushbu olmoshning ishtirokini taqozo etadi.

Belgilash olmoshlari tizimidagi hamma, bari, barcha, butun, yalpi; har bir, har kim, har narsa, har nima, har qanday, har qaysi, har qancha, har qachon olmoshlarning asosiy qismida qoʻllanish imkoniyatlari kam.




Download 70,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish