15-rasm. Kameliya bargining sxemasi:
Asosiy tomir (A) uning ko‘ndalang kesmasi (B): 1 - ustki epiderma; 2 – ustunsimon
parenxima; 3 - g‘ovak parenxima; 4 – hujayra tuzi bilan; 5 – tosh hujayralar; 6 – sklerenxima;
7 – ksilema; 8 – floema; 6-8 - yopiq kollateral o‘tkazuvchi boylam; 9 - pastki epiderma;
10 - og‘izcha apparati; 11 – kollenxima.
Xlorenxima hujayralari xlorofilga boy bo‘lgan ustunsimon va g‘ovaksimon parenxima
to‘qimalar bo‘lib, ular yashil barglar va yosh novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan.
Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi cho‘ziq hujayralardan, g‘ovaksimon xlorenxima
esa yumaloq hujayralardan iborat. G‘ovaksimon xlorenxima hujayralari, orasida bo‘shliqlar
bo‘ladi. Bu boshliqlarning vazifasi hujayrada gaz almashinishi engillashtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |