S i m p o d i a l yoki soxta dixotamik shoxlanishga ega bo‘lgan to‘pgullar s i m o z
(yunon. kyuma-to‘qin) to‘pgul deb ataladi. Bunday to‘pgulning novda uchi gul bilan
tugallanadigan to‘pgul. Ularda avvalo bosh o‘qdagi tepa gul birinchi bo‘lib ochiladi (kartoshka,
nezabudka, faseliya va boshqalar).
4. To‘pgulni bosh o‘qidagi meristemasi gulga aylansa bunday to‘pgul yopiq yoki aniq
to‘pgul deb ataladi. Ba’zi o‘simliklarda apikal meristema vegetativ bo‘lib, o‘sishni davom etadi
va yon gullarni hosil qiladi. Bunday gullar o ch i q yoki n o a n i q to‘pgul deb ataladi.
Murakkab to‘pgullarning markaziy o‘qi monopodial va simpodial shoxlanadi, bunday
to‘pgullarni t i r s deb ataladi, tirs shaklidagi to‘pgullar yalpizdoshlar, kampirchapondoshlar,
chinniguldoshlar, sigirquyruqdoshlar va boshqa oilalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |