Xotiraning dastlabki ko‘rinishlari. Tafakkur va nutqning o‘sishi. 6-7 oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo‘ladi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli katta, bola juda ko‘p harakatlarni va nutqni asosan taqlid orqali egallaydi. Go‘daklarda katta yoshdagi kishilarning faoliyatini tashqil qilish asosida unga atrofdagi olam haqida dastlabki tafakkur qilishning oddiy formalari vujudga keladi. 6-7 oylik bola ismi aytilgan narsani ko‘rsatadi. Ya’ni harakat xotirasi paydo bo‘ladi. Xotiraning dastlabki ko‘rinishlari asta –sekinlik bilan paydo bo‘ladi. Masalan, go‘dak o‘yinchoqni o‘ynayapti, o‘yinchoq ovoz chiqaruvchi moslamaga biriktirilgan bo‘ladi. Go‘dak o‘yinchoqni qo‘llari yordamida ezsa undan ovoz chiqadi. Bola oradan ancha o‘tsa ham o‘sha o‘yinchoqni olib ezadi. Chunki undan tovush chiqishi mumkinligini biladi. Demak, xotirasida o‘yinchoqni bosish harakati qolgan va u shu tufayli ham ezish harakatini bajaradi. Go‘dak shu tariqa kichik harakatlarni eslab qoladi va keyingi gal shu harakat orqali natijaga erishishi mumkinligini biladi. Masalan boladan “Qo‘lingiz qani” deb so‘ralsa, unga qo‘l a’zosi qaysiligini tushuntirilsa va uni xotirasida qolishi uchun bir necha marta shu mashq takrorlanilsa, u qo‘l a’zosi qaysiligini tushunadi. Kun sayin ham takrorlab beradi. Agar 10-11 oylik go‘dak qizcha qo‘liga qo‘g‘irchoq olsa albatta uni “tebratib” uxlatishga harakat qiladi. Bola harakatlanganda o‘z xotirasida saqlab qolgan ko‘nikmalardan foydalanadi. Uning harakati asosan xotiraning kuchli ishlashi orqali rivojlanadi. Masalan, bola issiq pechga bexosdan qo‘lini tekkizib oldi va og‘riq sezdi keyingi safar u pechga umuman yaqinlashmaydi. Chunki u avval pechga qo‘l tekkanda, og‘riq bo‘lishini tushunadi. Bo‘lardan ko‘rinib turibdiki, bolada tafakkur rivojlanadi. Go‘dak 5-6 oyligidan “sermahsul” harakat natijasida ya’ni 2 ta jismdan foydalanish 7 oylikda uyg‘unlikda fikrlashni yuzaga keltiradi. Emaklash orqali atrofda to‘rgan o‘yinchoqqa intiladi va uni olib o‘ynaydi. Go‘dakning jismlar bilan bevosita aloqaga kirishuvi ular yordamida harakatlanish narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib olishga imkon yaratadi. Hayotining ikkinchi yarim yilligida bolaning predmetlar bilan har xil harakatlarning amalga oshirishdagi ildamligi faoliyatining murakkablashuvi fazoda o‘rin almashtirishning yangi shakllari vujudga kelishi uni katta yoshdagi odamlarga bog‘laydi. U o‘yin orqali fikrlagan narsalarini tashqariga chiqarishga harakat qiladi.