Tafakkurning bilish jarayoni sifatidagi mohiyati va shaxs shakllanishida tutgan o’rni.Tafakkurning mantiqiy shakllari va turlari.
Inson o‘z tafakkuri, ongi bilan hayvonot olamidan ajralib chiqqan hamda jahonning hukumdoriga aylangan. Tafakkur inson bilish faoliyatining yuksak bosqichi hisoblanib, uning yordami bilan atrof-muhitga aloqador qonuniyatlar ochiladi, bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqariladi, jamiyatning istiqbol rejalari yaratiladi, tabiatga nisbatan munosabat o‘rnatiladi. Ma’lumki, olamdagi barcha narsalarning yaratilishi, loyihasi, tuzilishi, yaqqol ijrosi, g‘oyalar ishlab chiqilishining barchasi tafakkur mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyot (progress), madaniyat, jamiyat, shaxs kamoloti negizida salohiyat majmuasi tarzida yuzaga keluvchi, rivojlanishning harakatlantiruvchisi - tafakkur yotadi. Inson o‘z tafakkuri, nutqi, ongi mavjudligi tufayli dunyodagi, borliqdagi mavjudotlardan ham mazmun, ham miqdor jihatidan yuksak kamolot darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu bois inson tafakkurini rivojlantirish, takomillashtirish, ichki imkoniyatlari, mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish taraqqiyotni belgilovchi omil sifatida gavdalanadi. Bugungi kunda biz insonlar butun yer yuzidagi o‘ta murakkab J -J telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdan iborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarini bir vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun guruhlab, keyin esa ulardan qayta yorqin rangli obrazlarni yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishimizga ishonch hosil qildik. Shuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil va kompyutemi ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan, kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholarning mavjudligi ajablanarli hoi emas.Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir.Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalami ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog‘lanish hamda qonuniyatlami biz tafakkur orqali bilib olamiz.Demak, tafakkur deb, narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Psixologiya fani nimadan bahs etadi,degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasining predmeti nima degan savol tug‘ilmoqda. Malumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.Tafakkur - bizning olamimizni tashkil etuvchi, ongimizni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, muammolami hal qilish va samarali yechim topishni ta’minlovchi deganidir.Biz muammoni yechish jarayonida qanday tipik usul hamda strategiyadan foydalanamiz?Qanday noto‘g‘ri, yanglish tushunchalar bizning oldimizda xato qilish xavfi borligini keltirib chiqaradi?Muammolami hal qilishda sun’iy aqldan insoniy aqlning afzalligi qanday?Shu kabi ko‘plab savollami yechishda inson tafakkuri ishga tushadi. Tafakkur yoki bilim - bu ma’lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, ularni tushunish va uzatish bilan bog‘liq aqliy faoliyatdir.Tafakkur psixologiyasi sohasini o‘rganish bilan kognitiv psixologlar shug‘ullanadilar, ular obrazlar yaratish, muammolami hal qilish, qaror qabul qilish va mulohazalami shakllantirishning mantiqiy, ba’zida esa nomantiqiy yo‘llarini tadqiq etadilar36. Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalaming barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo‘ladi.Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan tanash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi.Ya’ni, biz ko‘rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi mа’noli, kerak bo‘lsa, ma’nili bo‘lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan mа’no har bir alohida
shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |