Hayol turlari va tavsifi. Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |